Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə42/168
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#41800
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168
ҚХМСваДИТ маруза 2020(4)

Moyli ekinlarning umumiy tavsifi. Ushbu ekinlarning urug‘i va mevasi tarkibida 20-60% moy bo‘lib, oziq-ovqatda, konserva ishlab chiqarishda, qandolat va non mahsulotlari tayyorlashda qo‘llanadi. Bundan tashqari, o‘simlik moyi margarin, sovun, lak, bo‘yoq, alif, steariv, linoleum ishlab chiqarishda, tabobatda, parfyumeriyada, teriga ishlov berishda qo‘llaniladi.

Moy ishlab chiqarilgandan keyin qolgan kunjara va shrot chorva mollariga yuqori to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Ayrim moyli ekinlar silos tayyorlashda qo‘llaniladi.

Er yuzida moyli ekinlar ko‘p tarqalgan, ekin maydoni 140 mln/ga dan ortiqdir. Eng ko‘p tarqalgan ekinlar soya (62,65 mln/ga), kungaboqar (18,33 mln/ga), raps, surepitsa (22,25 mln/ga), eryong‘oq (21,78 mln/ga), moyli zig‘ir (7,5 mln/ga), kunjut (6,75 mln/ga). Moyli ekinlar AQSH, Kanada, Hindiston, Braziliya, Argentina, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Moldova, Ukrainada tarqalgan.

O‘zbekistonda moyli ekinlardan maxsar, kungaboqar, kunjut, eryong‘oq moyli zig‘ir va soya ekilmoqda.

Moyli ekinlar turli botanik oilalarga mansub, ular karamdoshlar, dukkakdoshlar, sutlamaguldoshlar va boshqalardir.

O‘simlik moyi glitserinning moy kislotalari bilan birikishidan vujudga keladigan murakkab efirlardir. Yo‘ tarkibiga uglerod (75-79%), vodorod (11-13%) va kislorod (10-12%) kiradi. Oqsil va uglevodga nisbatan moyning quvvati ikki-uch barobar ortiqdir.

Moyning sifati ularning tarkibidagi kislotalarga, ya’ni to‘yinmagan (olein linoleum, linol) va to‘yingan, (palmitin, stearin) kislotalarga bo‘liq. Moyli ekinlar tarkibidagi moyning miqdori, sifati yetishtirish sharoitiga bo‘liq.

100 g moy qancha yodni qabul qilsa, shunga qarab yod soni aniqlanadi. Yod soni ko‘p bo‘lgan moy tez quriydi. Shunga qarab o‘simlik moyi 3 guruhga bo‘linadi:

- quriydigan moyda (perilla, lyalemantsiya, zig‘ir moyida) yod soni 130 dan ortiq bo‘ladi;

- yarim quriydigan moyda yod soni 85-130 bo‘lib, bu oziq-ovqatda ishlatiladigan moy (kungaboqar, kunjut, soya, raps, xantal, maxsar);

- qurimaydigan moyda (yeryong‘oq va kanakunjut moyida) yod soni 85 dan kam bo‘ladi.

Oziq-ovqatda va texnikada qo‘llaniladigan moy tarkibida bo‘lanmagan moy kislotalar soni kam bo‘lishi kerak. Bu moylarni neytrallashtirish uchun o‘yuvchi kaliy qo‘llaniladi. Bir gramm moy tarkibidagi bo‘lanmagan moy kislotalarini neytrallash uchun sarflanadigan o‘yuvchi kaliy miqdoriga qarab kislota soni aniqlanadi. To‘la pishmagan urug‘da kislota soni yuqori bo‘ladi.

O‘simlik moyi sovun ishlab chiqarishda qo‘llanadi. Shu xususiyatga baho berish uchun sovunlanish soni aniqlanadi. Bir gramm moy tarkibidagi bo‘lanmagan va glitserin bilan birikkan holatdagi hamma moy kislotalarni neytrallash uchun sarflangan o‘yuvchi kaliy miqdoriga qarab sovunlanish soni aniqlanadi. Texnikada qo‘llanadigan moyda kislota soni va sovunlanish soni yuqori bo‘lgani mag‘qul.

Moyli ekinlarning tarkibida yuqori sifatli oqsil bo‘ladi. Tarkibida lizin, triptofan, tsistin, arginin kabi muhim aminokislotalar mavjud. Moyli ekinlar orasida eng ko‘p soya o‘simligidan moy ishlab chiqarilmoqda, undan keyin kungaboqar, yeryong‘oq, chigit, raps, kunjut, maxsar moyi turadi.

Moyli ekinlar orasida efirmoyli ekinlar ajralib turadi. Bu ekinlarning tarkibida (urug‘ida, mevasida, bargida, poyasida) 5-7% efir moyi bo‘ladi. Bu guruhning asosiy vakillari arpabodiyon, kashnich, qora zira, yalpiz, oq ziradir.

Efirmoyli ekinlar tabobatda, parfyumeriya va oziq-ovqatda qo‘llanadi. Chiqindisi chorva mollariga yuqori sifatli oziq bo‘ladi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin