www. kokanduni.uz MATEMATIKANI ZAMONAVIY IQTISODIYOTDAGI O‘RNI Xoshimov I.I. Qo‘qon Universiteti Ek -3-21 talabasi, Sultonova Y. K. Qo‘qon Universiteti “Raqamli tex nologiyalar va matematika” kafedrasi o‘ qituvchisi o‘qituvchisi Annotatsiya: Iqtisodiyotdagi tegishli imkoniyatlar turli xil maqsadli funktsiyalarga ega
bo'lgan tizimlarda dinamik optimallashtirish modellari shaklida amalga oshiriladi. Tegishli
teoremalarning natijalari bevosita umumiy shaklda uzluksiz va diskret boshqaruv tizimlari
uchun optimallik belgilari sifatida namoyon bo'ladi. Iqtisodiyotda matematik modellar
ko’proq matematikaning funksiyonal analiz, matematik analiz, differensial tenglamalar,
ch
iziqli tenglamalar, va statistika bo’limlariga bo’ysungan holda ishlab chiqiladi. Shunday
qilib, iqtisodiy-matematik tadqiqotlar sohasi rang-
barang va keng bo‘lib, matematikaning
turli bo‘limlari, tizimli tahlil va natijalaridan faol foydalanishni talab
qiladi.
Kalit so‘zlar: matematik modellar, funksiyonal analiz, matematik analiz, tizimli tahlil,
simulyatsiya, empirik malumot,
Kirish: Bugungi kunga qadar matematikani iqtisodiyotda qo‘llashda ko‘plab muammolar
to‘
plangan. Lekin bu muammolar iqtisodiyotda biron bir muammoni yechimini matematik
modelini ishlab chiqib hal qilishimiz uchun hech qanday to‘siq bo‘la olmaydi. Biz eski
modellardan foydalanishimiz noto‘g‘ri bo‘ladi chunki bugungi sharoitda undan foydalan
ish
tezkor iqtisodiy rivojlanish davrida
kamroq samara beradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki,
iqtisodiy-matematik tadqiqotlar, bir tomondan, iqtisod fanidagi jarayonlar bilan belgilansa,
ikkinchi tomondan ularning darajasini belgilaydi. Biz nazariy va amaliy qarashlarimiz va
matematika fanini o’qis
himiz davomida quyidagi xulosalar chiqarishimiz mumkin:
Birinchidan, iqtisod matematikasiz mavjud emas. Zero, foiz stavkalarining eng oddiy
hisob-kitoblaridan tortib, murakkab bozor holatlarini simulyatsiya qilish
gacha bo‘lgan barcha
ishlar matematik qonunlar va vositalar yordamida amalga oshiriladi. Matematik tafakkur deb
ataladigan narsa o'z-o'zidan iqtisodchilar uchun muhim, chunki u olingan empirik
ma‘lumotlarni tuzishga va iqtisodiy hodisalarni oldindan bashor
at qilish uchun
takrorlanadigan yoki tipik vaziyatlarni tahlil qilishga yordam beradi. [1]
Masalan: Agar investor 40000 dollar mablag‘ni yillik 28% stavka bilan 10 yilga
joylashtirsa, qancha daromad oladi?
Berilgan: PV = 40000; r = 28%; n = 3.
Topish kerak:
FV =?
Yechish:
𝐹𝑉 = 𝑃𝑉 ∗ (1 +
𝑟
100
)
𝑛
= 40000 ∗ (1 +
28%
100
)
10
= 472236,65 𝑑𝑜𝑙𝑙𝑎𝑟
Huddi shu kabi iqtisodiy va moliyaviy masalalarni taxlil qilishimiz mumkin.
Ikkinchidan, matematika fan sifatida iqtisodiyotga kiritilgach, rivojlanish uchun kuchli
turtki oldi. I
qtisodiyotda matematikaning qo‘llanilishi matematikaning matematik
modellashtirish, logistika va boshqa ko‘plab sohalarining paydo bo‘lishiga olib keldi.