www. kokanduni.uz O‘rta va yuqori s
inflarda talaffuzni
shakllanishi bir qator talablar asosida o‘t
-kaziladi.
Bunda daktil nutq qisqartirilib, yaxshi eshitadigan bolalarga xos og‘zaki muloqot qilish
talablariga yaqinlashtiriladi. Bu davrda talaffuz ustidagi ish o‘quvchilarning umumiy
rivojlanishi darajasi va
ularning talaffuz qilish ko‘nikmalarining rivojlanish darajasi bilan
bog‘lan
-gan holda amalga oshiriladi.
Taqlid – birinchi talaffuz ko‘nikmalarini hosil qilishning asosiy yo‘llaridan biri bo‘lib,
o‘qitishning boshlang‘ich davrida asosiy o‘rinni egallaydi.
Avtomatizatsiya davrida ham taqlid
o‘zining mohiyatini saqlaydi, lekin bu bilan birga eng katta shrinni artikulyatsiyani
tushunishni egallaydi. Bu davrda so‘zlashuv bilimiga tayangan holda o‘z
-
o‘zini tekshirish
imkoniy
ati paydo bo‘ladi. Talaffuzni korreks
iyalashda tak-
liflar o‘quvchi tomonidan
artikulyatsion harakatlarni tushunishi bilan birga olib boriladi.
Avtomatizatsiya va talaffuz ko‘nikmalarini mukammallashtirish davrida yosh xususiyati,
umumiy va nutqiy rivoj-lan
ish darajasi hisobga olingan holda o‘
quvchilarning mustaqil
ishlarning mohiyati oshadi. Ishning hamma sanab o‘tilgan shakllari o‘zaro bir
-biri bilan
bog‘liq. O‘quvchilar eshitishga keng tayangan holda va nutqiy amaliyot shartlarida karlarning
talaffuz ko‘n
ikmalarini mukammallashtirish ishlari amalga oshiriladi.
O'qitish usullarini quyidagilarga bo'lish mumkin:
1.
Tafakkur, xotira, diqqat va hayolning aloxida operatsiyalarini tarkib toptiradigan va
faollashtiradigan usullar;
2.
O'qituvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirish bilan bog'liq kechinmalari va
hissiyotlarini faollash-tiradigan usullar;
3.
Nazorat va o'quvchilarni o'z-o'zini nazorat usullari;
4.
o'qitish jarayonida o'quvchilarning jamoaviy va shahsiy o'zaro munosabatlarini
boshqarish usullari.