O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI ELASTIKLIK NAZARIYASI FANIDAN MUSTAQIL ISHLAR TOPSHIRIQLARI VA ULARNI BAJARISHGA OID USLUBIY KO‘RSATMALAR 5140300 – Mexanika ta’lim yo‘nalishi bakalavr talabalari uchun Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (2013-yil 25-may, 7-bayonnoma) SAMARQAND – 2014
2
UDK: 531.1
BBK: 22.37
Х-87
Elastiklik nazariyasi fanidan mustaqil ishlar topshiriqlari va ularni bajarishga oid uslubiy ko‘rsatmalar. – Samarqand: SamDU
nashri, 2014. – 44 bet.
Ushbu uslubiy ko‘rsatmalar 5140300 – Mexanika ta’lim yo‘nalishi bakalabr talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu mustaqil ishlarni bajarish jarayonida talaba elastiklik nazariyasining har xil usullarini qo‘llab, murakkab hisob jarayonlari muamolarini hal qilishga qadar tayorgarlik bosqichidan o‘tadi degan umiddamiz. Bu uslubiy ko‘rsatmadan talabalar kafedrada o‘qitiladigan boshqa fanlar amaliy mashg‘ulotlari mustaqil ishlarini bajarishda bevosita foydalanishlari mumkin. Bu uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi Hay’atining 2009-yil 21-fevraldagi №2/7 qaroriga 3-ilova «Fanning o‘quv-metodik majmuasi tarkibi»da ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim olish texnologiyalari, tamoyillari va talablari asosida yaratildi. Bu ish Elastiklik nazariyasi fanidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmuaning bir qismi bo‘lib, uning mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari bo‘limini to‘ldiradi.