4
1. UMUMIY TUSHUNCHALAR
1 .1 . De fo r ma t s i y a l a n u v ch i ji s m h i s o b mo d eli
Elastiklik nazaryasida tashqi ta’sir faktorlari: kuchlar, temperaturaning
o‘zgarishi, namlik, radiatsiya, bog‘lanishlarning siljishi va boshqalar
ta’siridagi qattiq elastik jism kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik
holati
o‘rganiladi. Buning uchun quyidagilarga imkon beruvchi matematik appa-
rat qo‘llaniladi: qaralayotgan masala yechimini baholash; balka-devor,
plastinkalar, qobiqlar, hajmiy jismlar hisobi va hokazo.
Hisoblashlarda
haqiqiy jism tuzilishining barcha xususiyatlarini e’tiborga olishning im-
koniyati mavjud emas. Shuning uchun deformatsiyalanuvchi jismni
hisoblash modelini qurishda bir qancha cheklanishlar va talablar qo‘yiladi:
1.
Tutashlik
– jismlarning atom tuzilmasi hisobga olinmaydi. Bu jismni
uning xossalarini o‘zida saqlab qolgan
cheksiz kichik elementar
bo‘laklarga bo‘lish mumkin degani.
2.
Bir jinslilik
- jismning barcha nuqtalarida mexanik xossalari bir xil.
3.
Izotroplik
– barcha yo‘nalishlari bo‘yicha jismning mexanik xossalari
bir xil. Agar har xil bo‘lsa, bu jism anizotrop deyiladi (masalan, daraxt).
4.
Ideal elastiklik
- tashqi kuchlar olib tashlangandan keyin jism o‘zining
boshlang‘ich shakli va hajmini to‘liq tiklash xususiyatiga ega.
5.
Chiziqli deformatsiyalanuvchi
– jism nuqtalarining ko‘chishlari tashqi
kuchga to‘g‘ri proporsional.
6.
Tabiiy holatda qolish
– boshlang‘ich holatda kuchlanish va defor-
matsiyalar nolga teng.
1 .2 . As o s iy q o id a l a r
Chiziqli elastiklik nazariyasida quyidagi qoidalar qabul qilingan:
1.
Jismning nisbiy bikrligi qoidasi
– jism nuqtalarning ko‘chishlari uning
o‘lchamlariga nisbatan kichik, nisbiy chiziqli va burchak deformatsiya-
lari birga nisbatan kichik (masalan, balka kesimlarining egilishlari va
burilish burchaklari uning o‘lchamlariga nisbatan kichik.
5
2.
Kuchlar ta’sirlarining o‘zaro bog‘liqmaslik qoidasi
– bir nechta
kuchlarning bir vaqtdagi ta’siridan hosil bo‘luvchi
izlanayotgan natija
(masalan, ko‘chishlar, kuchlanishlar, deformatsiyalar va hokazo), har
bir kuch ta’sirining qanday tartibda qaralayotganligidan qatiy, nazar
ularning har birining ta’siridan hosil bo‘lgan natijalar yig‘indisiga teng.
3.
Sen-Venan qoidasi
– jismning kichik bo‘lagiga qo‘yilgan o‘zaro
tenglashgan kuchlar sistemasi kuch qo‘yilga
nuqtadan uzoqlashgan
sayin kuchlanishning miqdori tez kamayob borishiga olib keladi (masa-
lan, ombur yoki qisqich simni uzadi). Bu qoidani Sen-Venan 1855-
yilda uzun prizmatik bruslarning egilishi va buralishi haqidagi tadqiqot-
lari natijasida yaratdi. Sen-Venan prinsipini boshqacharoq qilib
quyidagicha ifodalash foydali:
Agar jism sirtining uncha katta
bo‘lmagan qismiga bosh vektori va bosh momenti nolga teng kuchlar
sistemasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda bunday kuchlar sistemasi kuchlar
qo‘yilgan qismdan uzoqlashib borish bilan juda tez kamayuvchi mahal-
liy (lokal) kuchlangan-deformatsialangan holatni vujudga keltiriladi.
Sen-Venan qoidasi chegaraviy shartlarni integral qanoatlantirishga,
ya’ni sirt kuchlari taqsimlanishining konkret qonunini emas,
balki
ularning bosh vektori va bosh momentini qanoatlantirishga imkon be-
radi. Aytilganlardan ko‘rinadiki, bu qoida asosida chegaraviy shartlarni
ancha yumshatish mumkin: elastik jismning uncha katta bo‘lmagan
qismiga qo‘yilgan berilgan kuchlar sistemasi boshqa masalani yechish
uchun qulay bo‘lgan va jism sirtining oldingi kuchlar qo‘yilgan qismi-
ga qo‘yilgan statik ekvivalent kuchlar sistemasi bilan almashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: