mt = ------------------ ko‘rinishini oladi.
1-b(1-t)+ m’ Demak soliqlarni bir miqdorga kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi natijasida YaIM hajmining bundan necha marta ko‘p miqdorga o‘zgarishi iste’molga chegaralangan moyillik, chegaraviy soliq stavkasiga va importga chegaralangan moyillik darajalariga bog‘liq
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori va soliq multiplikatorini hisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi modeli quyidagicha bo‘ladi:
Aytaylik hukumat o‘z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini ham shuncha oshirdi.
Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning o‘zida bir xil miqdorda o‘zgarishi natijasida daromadlarning jami o‘zgarishi ΔY miqdori quyidagiga teng bo‘ladi:
1 b
ΔY= -------------------- ΔG - ------------------ ΔTa 1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko‘paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko‘payadi. Buni balanslashgan byujet multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo‘ladi.
Davlat xarajatlari o‘zgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ samara soliqlar pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan kattaroq bo‘ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o‘zgarishi ta’siriga nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o‘z xarajatlarini oshirishi, inflatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‘lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‘tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l hisoblanadi.