Mantiq. Reja



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Falsafa 4 mavzu

to’plovchi tushuncha
sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning to’plamiga 
nisbatan bildirilgan. 
MAZMUNI BO’YICHA 
tushunchalar, avvalam bor, 
abstrakt va konkret tushunchalarga
bo’linadilar.
KONKRETTUShUNChAlar
da predmet o’zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi.
ABSTRAKT TUSHUNCHALAR
DA esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, 
alohida aks ettiriladi. 
Masalan
«Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «qaxramonlik» 
(insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go’zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) 
tushunchalari abstrakt tushunchalardir. 
Mazmuni bo’yicha
yana 
nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni
ham ajratish mumkin.
NISBATSIZ TUSHUNCHALAR
nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo’lgan predmetlarni 
aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. 
NISBATDOSH TUSHUNCHALAR
esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo’lishini 
taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. 
Masalan
, «O’qituvchi» va «O’quvchi», «Ijobiy 
qaxramon» va «Salbiy qaxramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar 
qatoriga kiradi. 
Ba’zi hollarda 
ijobiy va salbiy tushunchalar
ham farq qilinadi.
Ijobiy tushunchalarning
mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa,
Salbiy tushunchalarning
mazmunida predmet unga xos bo’lmagan belgilar orqali fikr 
qilinadi. 
Masalan
, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», 
«Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir. 
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu 
tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif 
berish demakdir.
Masalan,
«Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy 
tushuncha;
«A. Navoiy nomli O’zbekiston davlat kutubxonasi»-yakka, to’plovchi, chegaralangan, 
konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir. 
Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o’zaro aloqada bo’lganligi uchun, ularni aks 
ettiruvchi tushunchalar ham o’zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli 
xil bo’lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq 
qilish lozim. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin