Yangi mavzu bayoni. Qo’g’irchoqning ko’ylagi tayyor bo’lgach unga oxirgi ishlov beriladi. Ko’ylak tirli iplardan tozalanadi. Orqa bo’lak o’rta chizig’idagi taqilmasiga ishlov beriladi,ya’ni ip va ignadan foydalanib havoyi ikkita petliya kertim bo’yicha orqa bo’lakning bir tomoniga tikiladi va petlyalarga mo’ljallab kichik tugmalarni orqa bo’lakning ikkinchi tomoniga chatib qo’yiladi. Ko’ylak qo’g’irchoqning tana qismiga kiydiriladi.lozimning bel qismiga tasma kiritiladi, pocha qismiga jiyak o’rniga gulli tasma tikiladi. Iplar qirqib tashlanadi va lozim qo’g’ir choqqa kiydiriladi. Qo’g’irchoqning sochlarini o’rib qoyib unga to’rt burchak yoki dumaloq shakldagi do’ppini kiydirish yoki ro’mol o’ra tib qo’yish ham mumkin. Qo’g’ichoqqa oxirgi ishlov berishda har bajarilgan ishlarga alohida e’tibor berib ko’zdan kechirish kerak. Ortiqcha iplarni qirqiladi kerakli bezaklarni tikib yoki yopishtirib bajariladi.Har bir jarayonni bajarishda xavfsizlik texnikasi qoida lariga va san.gig.talablariga amal qilishlikni eslatib o’tiladi. Oxirgi ishlov berilgan so’ng har bir o’quvchi o’zini yonidagi o’quvchini amaliy ishini tekshiradi va hato kamchiliklarini muhokama qilamiz.
Darsni mustahkamlash. Qo’g’irchoqning tana qismi uchun qanday gazlama bo’laklari kerak bo’ladi? 2) Qo’g’irchoqning tana qismi qanday detallardan iborat? 3) Har bir detal qanday nomlanadi va nechtadan bichiladi?
Baholash: faol qatnashgan o’quvchilarni rag’bartlantirish.
Uyga vazifa : qo’g’irchoq andozasini tayyorlab kelish.
Tanishdim: _________ _________________
Sana___________ 5 – a b sinf
Mavzu: To’qishning murakkab usullari.Ko’zoynak g’ilofini to’qish. Maqsad : a) ta'limiymaqsadi – to’qish choklarni va turlarini o’rgatish. b) tarbiyaviymaqsadi – hunarga qiziqishini oshirish, har bir ishni mukammal qilishga va oxiriga yetkazishga o’rgatish
v)rivojlantiruvchimaqsadi – vatanni ardoqlashga , ustozlarni e’zozlashga, hurmat qilishga o’rgatish.