Baholash: faol qatnashgan o’quvchilarni rag’bartlantirish.
Uyga vazifa :to’qishni o’rganib kelish.
Tanishdim: _________ _________________
Sana _________5 – a b sinf
Mavzu: Uyni yig’ishtirish va tartibga solish qoidalari. Kiyimlarni tozalash va saqlash qoidalari. Maqsad : a) ta'limiymaqsadi –turli choki so’kilgan buyumlarni tikishni o’rgatish.
b) tarbiyaviymaqsadi – hunarga qiziqishini oshirish,turli ta’mirlashlarni o’rgatish.
v)rivojlantiruvchimaqsadi – vatanni ardoqlashga , ustozlar mehnatini qadriga yetishga va e’zozlashga o’rgatish
d) Shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Tk1, Tk4,Tk5,Fk1
Dars turi: nazariy,amaliy
Dars metodi: gurhlarga bo’lib
Dars jihozi: 1) metodik qo’llanmalar.
ip, qaychi, ta’mirlanadigan buyumlar.
Darsni borishi: 1) Tashkiliy qism. a) salomlashish , davomat, tozalik, darsga tayyor ligini tekshirish.
b) o’tilgan mavzularni yodga solish:
1) uyda bichib, tikib kelgan amaliy ishlarni tekshirish.
2) amaliy ish uchun jihozlarni tekshirish.
Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzuni tushuntirishda o’quvchilarga turli buyumlarni biror yeri yirtilsa yoki boshqa hodisalarda darrov tashlab yubormasdan uni ta’mirlab ishlatishga yoki kiyishga yaraydigan qilishliklarni tushun tirib so’ngra amaliy ish jarayoniga o’tamiz.
Kiyimlarni tuzatishda ish o’rnini to’g’ri tashkil qilish kerak. Bajariladigan ishga qarab ish o’rni tayyorlanadi. Bajariladigan ishlar qo’lda tikish, tugma qadash,petlya tikish,yamoq solish,kiyimning so’kilgan choklarini tikish, ilgak chatishdan iborat bo’lishi mumkin.bu ishlar uchun stol va stul ,tikuv mashinasi,dazmol, ish qutichasi va kerakli asboblar tayyorlanadi.ish joyiga yorug’lik yaxshi tushib turishi kerak.
Ayrim hollarda kiyimning choki so’kilib ketadi.keskin qilingan harakat ,juda katta qadam tashlash , kiyim tikilgan iplarning sifatsizligi choklarning so’kilishiga sabab bo’ladi.
Kiyimning so’kilgan joyini tikish qo’lda yoki mashinada bajariladi. Buning uchun gazlama rangidagi g’altak ipiva igna kerak bo’ladi .igna gazlamaning qalinligiga mos bo’lishi lozim.