Matematika o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma Yangi nashr



Yüklə 29,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/191
tarix21.12.2023
ölçüsü29,85 Kb.
#188217
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191
M 2-sinf met qo\'llanma

“Impuls – plakat” metodi
. Bu metodda ham yozma, ham og‘za-
ki shakl da topshiriqlar beriladi, darslarning mustahkamlash qismiga 
ko‘proq to‘g‘ri keladi. “Impuls – plakat” metodini qo‘llashda o‘qituvchi har 
bir o‘quvchiga vatman varaqlari va markerlar tarqatadi.
Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar 
qo‘
yilgan:
“Ushbu mavzuda meni hammasidan ko‘proq ... qiziqtiradi”.
“Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, ...”.
“Men orttirgan bilimlarimni ... qo‘llayman”.
“Ushbu mavzuni o‘
rganish jarayonida men
... erishdim”.
Taxminan 20 daqiqa ushbu savollarni sarlavha qilib olish asosida 
@edurtm_uz


A
b
D
156
o‘quv chilar o‘z loyihalarini yaratishadi, buni guruhlar shaklida ham olib 
borish mumkin. Har bir loyiha kamida 10 so‘zdan iborat bo‘lishi, ixtiyoriy 
manbalardan foydalanishi tushuntiriladi. Loyihalar yaratilgandan s
o‘ng 
plakatlar ilib qo‘yiladi. O‘quvchilarning aylanib o‘qib chiqishi asosida 
mav zu mustahkamlanadi. Ular ilg‘amagan narsasini vatman varaqdan 
o‘qishi mumkin. Metoddagi anonimlik o‘quvchilar boshqa vaziyatda su-
kut saqlashni afzal k
o‘
rib aytmagan fikrlarini bayon etishga yordam bera
-
di. Bu metodda umidlar va istaklar o‘qituvchiga kelgusida mashg‘ulotlar-
ni rejalashtirish va 
o‘tkazish vaqtida o‘z harakatlarini to‘g‘rilashga imkon 
beradi.
 “Rotatsiya” metodi.
Bu metodni ko‘proq 3-4-sinflarda qo‘llash tavsiya 
etiladi. Bu metoddan (lotincha “rotatio” – “aylanma harakat”) afzal bilgan 
narsasini tanlash, ifodalilikni izlash, o‘zaro bir-birlarining bajargan ishlari
-
ni tekshirib ko‘rish maqsadida foydalaniladi. O‘qituvchi o‘quv chilarga oq 
qog‘ozlar tarqatadi. Oq qog‘ozga mavzu ( “To‘rtburchaklar”, “Kasrlar”) yo
-
zilgan bo‘ladi. Mavzu asosida o‘quvchilar harakatda har biriga borib o‘zi 
bilgan mavzuga tegishli so‘zlarini yozishadi. Rotatsiya o‘quv chilarning 
og‘zaki va yozma savodxonligi, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivoj
-
lantiradi.

Yüklə 29,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin