Matematika o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma Yangi nashr



Yüklə 29,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/191
tarix21.12.2023
ölçüsü29,85 Kb.
#188217
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   191
M 2-sinf met qo\'llanma

D
41
13-DARS: 
AYIRISHGA DOIR MASALALAR
Maqsad:
100 ichida xonadan o‘tib, ikki xonali sondan bir xonali sonni 
ayirish va ikki xonali sondan ikki xonali sonni ayirishga doir masalalarni 
yechadi.
46
Ayirishga doir masalalar
13-dars
1. 
Noma’lumlarni topamiz.
Bor edi
Sotildi
Qoldi
96 ta
29 ta
? ta
? ta
29 ta
67 ta
96 ta
? ta
67 ta
2.
Sonlar qatorini davom ettiramiz.
3.
Hisoblaymiz va natijalarni taqqoslaymiz.
4.
Bugun juma bo‘lsa, 2 kun oldin haftaning qaysi ku ni 
bo‘ladi? 5 kun oldin-chi? Bugun seshanba bo‘lsa-chi?
5.
Quyidagi mashinani 
ya sagach, Asilbekda bo‘l-
gan 51 ta geometrik 
shakldan nechtasi qoldi?
65 60
40
25
51 54
60
75
84
1. 
Jadvalni plakat qog‘ozga chizib, xattaxtaga osib qo‘yiladi. Jadval yor-
damida masalalarni yechamiz. 
O‘qituvchi o‘quvchilar topshiriqni bajarayotganda quyidagilarga e’tibor 
qaratadi: amallarning tarkibiy qismlari to‘g‘ri aytilishi va yozilishiga.
1) Jadvalning 1-qatoriga qaraymiz. Savollarga javob beramiz. 
Nechta kulolchilik buyumlari bor edi?
96 ta.
Nechta kulolchilik buyumlari sotildi?
29 ta. 
Do‘konda nechta kulolchilik buyumlari qoldi?
96 – 29 = 67 (ta). 
Masala yechimini qaysi amalni bajarish yordamida topdik? 
Qaysi tarkibiy qismni topdik? 
Berilgan savollarga o‘quvchilardan javob olamiz. 
Jadvalning 2-va 3-qatoridagi tarkibiy qismlarni ham shunday tartibda to
-
pamiz.
2. 
Sonlar qatorini davom ettiramiz. 
1) 65 va 60 sonlariga e’tibor qaratamiz. 5 tadan kamayib boryapti. Keyingi 
sonlarni topish uchun undan oldingi sondan 5 ni ayiramiz: 65, 60, 55, 50, 45, 
40, 35, 30, 25. 
2) Bu qator ham shunday tarti
-
bda to‘ldiriladi. Bunda 3 tadan ortib 
borayotganini ko‘rishimiz mumkin.
4. 
O‘qituvchi o‘quvchilar top-
shiriqni bajarayotganda quyidagi
-
larga e’tibor qaratadi: hafta kunlari
-
ning to‘g‘ri aytilishi va yozilishiga. 
5. 
Ushbu mashina maketini ya-
sash uchun 13 shakldan foydala-
nilgan. Rangini va shaklini ayta-
miz. Quyidagi mashinani yasagach, 
Asilbekda bo‘lgan 51 ta geometrik 
shakl dan nechtasi qoldi?
Bor edi: 51 ta shakl.
Ishlatildi: 13 ta shakl.
Qoldi: ? ta shakl.
Yechish: 
51 – 13 = 38.
Javob: 38 ta geometrik shakl qol
-
gan. 
@edurtm_uz


A
b

Yüklə 29,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin