Xatolikni atrof-muhit haroratining o'zgarishi ta'siridan bartaraf etish
laboratoriya xonalarini, o'lchash vositalarini yoki uning termosezgir
qismlarini butunlay termostatlash va havo haroratini, namligini bir xilda
saqiash bilan amalga osniriladi.
Tashqi elektromagnit maydon ta ’sirini bartaraf etish uchun bti maydon
manbalari chiqarib tashlanadi yoki o'lchash vositalari. ba’zi hollarda
butunlay ish xonalari ekraniashtiriladi.
Silkinish, tebranishlar ta ’siriniyo'qotish uchun maxsus amortizatorlar
ishlatiladi yoki o'lchash vositasi massiv fundamentga mahkamlanadi.
O'lchash vositalarining noto'g'ri o ’rnatilishidan kelib chiqadigan xatoliklami ham o'lchashni boshlashdan oldin bartaraf etish kerak.
Buning uchun ba’zi hollarda o'lchash vositaiarini aniq bir normal holatda o'rnatish va, albatta, o'lchash vositalarini ishlatishda ularning kirish
va chiqishidagi qarshiligini moslash bo'yicha talablami hisobga olish kerak
bo'ladi.
O'lchashni boshlashdan oldin ko'pgina subyektiv xatoliklar ham
bartaraf etilishi mumkin. Buning uchun ba’zida operatorning malakasiga
ycki operatorning ba’zi fiziologik ko'rsatkichlari bo'yicha muayyan
talablar qo'yiladi.
Shunga o'xshash uslub va tavsiyalarni ko'plab keltirish mumkin.
O'lchashni boshlashdan oldin xatolikni bartaraf etishning asosiy qoidasi,
har xil tashqi omillar ta’siridan hosil bo‘ladigan xatolikni tashkil
etuvchilari eng kichik qiymatda bo'lishi kerak.
Muntazam xatolikni o'lchash jarayonida bartaraf etishning eng
samaraliysi eksperimental usuldir. Bu usulda asosan tashqi ta’sirlardan
hosil bo'ladigan xatoliklar va asbobiy xatoliklar bartaraf etiladi. Xatolikni
о Ichash jarayonida bartaraf etish maxsus o‘!chash usuliarini qo‘llash bilan amalga oshii iladi. Bu usullardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
.vitolikni kompensasiyalash usuli, o ‘rindoshlik usuli, simmetrik kuzatuvlar.qarama-qarshi qo'yish. Qator takroriy o'lchashlami o'tkazish zarurligi yuqorida ko'rsatilgan usullar uchun xosdir. Shuning uchun ham ular asosanmuqobil hodisalar va ko‘rsatkichlarni o'lchashda qo'llaniladi. Bundan tashqari, qayd qilingan usullarn: qo'llanilishi o'lchash jarayonining davomiyligini ko'paytiradi va uning narxini oshiradi.