O'rindoshlik usuli asbobiy xatolikni bartaraf etishda eng ratsional va
keng tarqalgan usullardan biridir. Bu usul shundan iboratki, bunda
o'lchanadigan obyekt o‘lchash zanjiridagi aniq o'lchovi bilan o'rin
almashtiriladi. Misol tariqasida massani Borda usuli bo'yicha aniq
о Ichashni keltirish mumkin. Dastavval, m, massaga ega bo'lgan
o'lchanadigan obyekt teng elkali tarozini bir pallasiga qo'vib, uni
qandaydir mT massa (“tara (idish)” massa) biian tenglashtiriladi. Tarozi
pailasidagi massalar muvozanatlashganda,
m, - KmT,
bu yerda, к —tarozi elicalari uzunligining o'zaro teng emasligidan sodir
bc'ladigan koeffitsiyent.
Keyin о Ichash obyektini olib tashlanadi va oldingi muvozanat holati
(arozini birinchi. pallasiga aniq massa m„ qo'yish bilan erishiiadi.
Muvozanat holati qaytarilganda
rrir. - Km,. ga teng bo'ladi.
O'lchashlar (ikkala holda) bir xil sharoitda o'tkazilgani uchun ms =m0
deb hisoblash mumkin.
Shunday qilib, о Ichash natijalaridan tarozi elkalarining teng
emasligidan kelib chiqadigan xatolikni bartaraf etishga erishiiadi.
Teng elkali tarozilaming sezgirligi ularning yuklamasiga bog'liq va
odatda, tarozinxng nominal yuklamasidan katta qiymatga ega bo'ladi.
Farozining to iiqsiz muvozanatlashuvidan hosil bo'ladigan xatolikni
minimallashtirish maqsadida D.[.Mendeleyev bu usulni takomillashtirgan
va bugunda uni takomillashtirilgan o'rin almashlash usuli deyiladi.
T akomillashtirilgan o'rin almashlash usuli shundan iboratki, dastavval
teng elkali tarozining pallalaridan biriga aniq massali ,„o toshning to'la
komplekt) qo'yiladi va bu komplekt o'zgarmas m. massa bilan o'zaro
muvozanatlashtiriladi (tenglashtiriladi); keyin massa qo'yilgan pallaga
qo ohimcha mx massali о lchanadigan massa qo'yiladi, undan keyin,
dastlabki muvozanat holatga keltirish uchun aniq massali toshning bir
qismi olib tashlanadi. Bu bilan aniq massa o‘lchanadigan obyekt
rnassaga teng qiymatga kamaytiriladi.
O'rindoshlik usuii elektr zanjirining ko'rsatkichlaririi — elektr
qarshiligini, sig'imni, induktivlikni o'lchashda keng qo'llaniladi.
Odatda, bu usul yuqorida ko‘rsatilgan ko'rsatkichlami solishtirish
asboblari yordamida o'lchashda qo‘llaniladi.