Xatolikni kompensasiyalash usuli - bu ikki takroriy o‘lchashlarni
o‘tkazishdan iborat bo'lib, shunday tashkil qilinadiki, bunda hosil bo'lgan
xatoliklar tabiati bo'yicha aniq, lekin qiymati bo'yicha rioaniq va teskari
ishorali bo'ladi. Xatolik bunda o'lchashlar natijalarini o'rtacha arifmetik
qiymatini hisoblashda bartaraf eti ladi.
Agar дг. va jc2- takror o'lchashlar natijasi desak, /±x muntazam
xatolik bo'lib, u tabiati bo'yicha aniq, qiymati bo'yicha noaniq; л„
o'lchanadigan kattalikning qiymati bu xatolikdan^xg^li. U holda,
x, =.х0+Ддс, x, = х0-Лх, x0= “Shuni ta'kidlash kerakki, bu usul, asosan, *fashqi ta’sirlar magnit
maydoni, harorat ta’siridan kelib chiqadigan xatoliklarni bartaraf etishda
qo'llaniladi.
Masalan, ko'rsatilgan usul bilan Eming magnit maydoni ta’siridan
hosil bo'ladigan xatolikni bartaraf etish mumkin. Agarda ishlatiladigan
o'lchash vositasi shunday maydon ta’sirida qo'llanilsa, bu holda birinchi
o'lchashni, o'lchash vositasining istalgan holatida o'tkaziladi. Ikkinchi
o'lchashdan oldin o'lchash vositasini gorizontal tekislikda 180° burib
o'matiladi. Agar birinchi o'lchashda Eming magnit maydoni, masalan,
o'lchash vositasining xususiy magnit maydonini birmuncha kuchaytirgan
bo'isa (musbat xatolikni keltirgan), ikkinchi o'lchashda xuddi shu magnit
maydon teskari yo'nalishda ta’sir etadi.
Kompensatsiyalash usuli lokal (mahalliy) xarakterga ega bo'lgan
tashqi maydon ta’sirida vujudga keluvchi xatoliklarni bartaraf etishda ham ishlatiladi.
Lekin bunda xatolikni keltirib chiqaruvchi tashqi maydon bir maromli
xarakterda taqsimlanganligiga ishonch bo'lishi kerak. Aks holda, o'lchash
vositasining tekislikdagi holatining o'zgarishi xatolikning nafaqat
ishorasini, uning qiymatini ham o'zgartirib yuborishi, hatto xatolik to'la
kompensatsiyalanmasligi ham mumkin.
Xatolikni kompensatsiyalash usuli elektr kattaliklarni o'lchashda keng
qo'llaniladi. Masalan, elektr zanjirlarning o'tish kontaktlaridagi
termoelektr yurituvchi kuch ta’siridan hosil bo'ladigan xatolikni bartaraf
etishda ishlatiladi. Ayniqsa, bu xatolik o'zgarmas tokda olib borilgan
o'lchashlarda sezilarli darajada bo'ladi.