Mavzu: 1-sinfda o'tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish. 60+40, 90-50 ko'rinishidagi misol va masa­lalarni yechish,yog`indi va qoldiqni topishga doir soda misollar



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə36/43
tarix30.11.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#71372
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
2 sinf matematika konspekt

Dam olish daqiqasida sonli maqollardan toptirish.
Yetti o'lchab, bir kesish, Yetti yulduz, yetti iqlim,
Asli mening odatim. Bu - mening saodatim.
2-misolni tushuntirib yechish (yozma).
80-(38+22)=80-60=20 (50-23): 3=27:3=9
60:(39-29)=60:10=6 (40-3 8) -4=2 -4=8
3-masala (yozma).
Olib kelindi - ? yashik pomidor
Sotildi - 37 ta yashik pomidor
Qoldi - 13 ta yashik pomidor
Yechish: 13+37=50 ta yashik
Javob: Dastlab 50 ta yashikda pomidor keltirilgan.
4-misol (yozma).
V.Yangi mavzuni mustahkamlash: «Zanjir» o'yini.O`quvchilar bilan o`ynaladi.
6-3=18; 18:2=9; 9-3=27; 27+23=50
VI. Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni baholab rag'batlantiriladi.
VII Uyga vazifa: 5-masala, 6-misol.
MRO’TIBO’ _________________________

Sana
Mavzu: Doira. Aylana markazi va radiusi. Misol va masalalar yechish


Darsning maqsadlari :


Ta'limiy: o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash; doira, aylana markazi va radiusi haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilar-
ning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida didaktik materiallar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism
II. Uy vazifasini tekshirish. 5, 6-misol, masala.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash. Test.

  1. 10 bilan 9 ning ko'paytmasini belgilang. a) 90 b) 80 d) 70

  2. 80 bilan 8 ning bo'linmasini belgilang. a) 8 b)10 d)20

  3. 27 bilan 1 ning ko'paytmasini belgilang. a) 29 b) 28 d) 27

  4. 0 bilan 96 ning bo'linmasini belgilang. a) 96 b) 0 d) 69

III.Yangi mavzu bayoni. 1-misol (og'zaki).




Rasmda tasvirlangan - doira. NL - doira radiusi,
KM - doiraning diametri bo'ladi.
Aylana sirkul yordamidayasaladi. Sirkulning ignasi
joylashgan O nuqtani aylana markazi deyiladi.
OC - aylana radiusi
BC - aylana diametri bo'ladi.

2-misol. Doiraga doir topshiriqni bajarish.



Odatda nuqtalar lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi.

D

Masalan: A va B doiraning ichida, C va D esa uning tashqarisida yotadi.
3-masalani tushuntirib yechish (yozma).
Masalaning qisqacha yozuvi.
Bor edi - 40 m chit
Qirqib olindi - 20 m, 10m chit
Qoldi - ? m chit Yechish: 1) 20+10=30 m qirqib olingan chit.
2) 40-30=10 m qolgan chit. Javob: To'pda 10 metr chit qolgan. 4-misol (yozma). Tenglamalarni yechish va ularni tekshirishga o'rgatish.
12:x=2 20:x=2
x=12:2 x=20:2
x=6 x=10
Tekshirish: Tekshirish:
12:6=2 20:10=2
2=2 2=2
IV. O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «0'ylab top!» o'yinidan foydalanish.
Yechish: 5 bilan 10 ning ko'paytmasi 50, 50 bilan 30 ning yig'ndisi 80, 80 bilan 8 ning bo'linmasi 10, 10 bilan 4 ning ko'paytmasi 40.
V.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni baholab rag'batlantiriladi.
VI Uyga vazifa: 5-masala, 6-misol.
MRO’TIBO’ _________________________
Sana :
Mavzu: 12 nazorat ishi .

Darsning maqsadlari :




Ta'limiy: O'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash;

Tarbiyaviy: Har bir misoni ahillik,hamjihatlik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.


Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Metod: Suhbat, savol-javob, didaktik o'yinlar.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar, jadval.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

Davomiyligi

7

30

5

3

I.Darsni tashkil etish .
Davomatni aniqlash . O`quvchilar daftarlari tarqatiladi
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II.Nazorat ishi bayoni

  1. Qator 2- qator

1. Misollarni yeching.
(27+3)- 10 = (36-24)-10=
40+(17+9) = 75- (30+40)=
(33-3) – 24= (65+15)-70=
65+ (25-20) = 10+(18+22)=
2.Masalani yeching.
1 ta karam – 10 kg 1 ta olma – 5 so`m
5 ta karam - ? kg 10 ta olma - ? so`m
3.Tenglamani yeching
10:X = 2 12:X =2 18:X=2 20:X=2
X=10:2 X=12:2 X=18:2 X=20:2
X=5 X=6 X=9 X=10
10:5 =2 12:6=2 18:9=2 20:10=2
2=2 2=2 2=2 2=2
O'tilgan mavzuni mustahkamlash
Nazorat ishlarini yozib bo`lishgach
O`quvchilar nazorat ishlarini tekshirishga vaqt beriladi. Tekshirib bo`lishgach nazorat ishi daftarlari yig`ib olinadi.
III.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni baholab, rag'batlantirish. O`quvchilarning darsdagi ishtiroklariga ko`ra ballar qo`yib boriladi. Dars yakunida ballar umumlashtirilib, natijalari e`lon qilinadi.
IV.Uyga vazifa: 7,8-misollar.
MRO’TIBO`______________________
Sana :
Mavzu: O`tilganlarni mustahkamlash.
Darsning maqsadlari :
Ta'limiy: O'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash;
Tarbiyaviy: Har bir misoni ahillik,hamjihatlik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Metod: Suhbat, savol-javob, didaktik o'yinlar.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar, jadval.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil etish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II. Uy vazifasini tekshirish. 5, 6-misol, masala.
III.O'tilgan mavzuni mustahkamlash

Ta`mirlashga topshirildi

T`amirlandi

Ta`mirlanishi kerak

60ta kitob

2-sinf-22 ta kitob
3-sinf – 28 ta kitob

?ta

2.Tenglamalarni yeching:
40:x=10 40:x=4 20:x=20

  1. Do'konda 48 ta qandil bor edi.

Tushgacha 20 ta, tushlikdan keyin 16 ta qandil sotildi.
Do'konda nechta qandil qoldi?
Yechish: 20+16=36
48-36=12
Javob: Do'konda 12 ta qandil qoldi?

  1. Radiusi 2 sm 7 mm ga teng bo'lgan aylana chizing.

Aylana markazini harf bilan belgilang.
4.Jadvalni o`quvchilar kesma raqamlar yordamida to`ldiradilar.

Bo`linuvchi

30

40

50

60

70

80

90

Bo`luvchi

3

4

5

6

7

8

9

Bo`linma






















V.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni baholab rag'batlantiriladi.


VI Uyga vazifa: 6-masala, 7-misol.
MRO’TIBO’ _________________________


Sana
Mavzu: 2 ni ko'paytirish va 2 ga bo'lishga doir misol va masalalar yechish
Darsning maqsadlari
Ta'limiy: o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash; 2 ni ko'paytirish va 2 ga bo'lishga doir misol va masalalar yechish haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihat-
lik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilar-
ning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, o'yin.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil etish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II. Uy vazifasini tekshirish. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. Nuqtalar o`rniga amal ishoralarini shunday qo'yingki, tengliklar to'g'ri bo'lsin.
10… 8=80 5…lO=50 40…4=10
90…9=10 7… 10=70 30…10=3

III.Yangi mavzu bayoni. Ko`rgazmalar asosida tushuntiriladi.


1-misol (og'zaki). 2+2+2=6 2-3=6
2+2+2+2=8 2-4=8 2+2+2+2+2=10 2-5=10
Ko'paytirish jadvalini yodda tilting:
2*2=4 2*4= 8
2*3 = 6 2*5 = 10
2-misolni yechish (yozma).
2-2+2=4+2=6 2-3+2 = 6+2 = 8
2-4+2 = 8+2=10 2-5+2 = 10+2 = 12
3-masalani tushuntirib yechish (yozma).
2 • 3 = 6 m gazlama.
Javob: Uchta ko'ylakka 6 metr gazlama ketadi. 4-misol (yozma). Tenglamalarni yechib, ularni tekshirishga o'rgatish.
x-2=4 x-2 = 6 x-2 = 8 x + 2=10
x=4:2 x=6:2 x = 8:2 x=10-2
x=2 x=3 x=4 x=8
Tek.: 2-2=4 3-2 = 6 4-2 = 8 8 + 2=10
4=4 6=6 8 = 8 10=10
5-misol (yozma). Qo'shishga doir misollarni ko'paytirish bilan almash-
lirib yechish. Namuna: 2+2=2-2
2 + 2+2 = 2-3 = 6 2 + 2 + 2 + 2 = 2-4 = 8 2+2+2+2+2=2-5 = 10
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: «Sehrli kvadrat­chalarni to'ldir!» o'yini.



Kataklar ichidagi sonlarni eniga va bo'yiga hisoblab yozganingizda bir xil natija hosil bo'lishi kerak.

V.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilar baholab rag'batlantiriladi.


VI.Uyga vazifa: 6-masala, 7-misol.
MRO’TIBO’ _________________________


Sana
Mavzu: Rasm asosida berilgan misollarni yechish .Jadval bo`yicha masala tuzib,uni yechish.
Darsning maqsadlari
Ta'limiy: a) o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash; b) 2 ni ko'paytirish va 2 ga bo'lishga doir misol va masalalar yechish haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihat-
lik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilar-
ning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, o'yin.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil etish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II. Uy vazifasini tekshirish. 6-7-misol javoblari daftarlardan tekshiriladi.
I II.Mavzu bayoni.1-misol rasm asosida yechiladi.
2 +2+2+2=8 2+2+2+2+2=10
2*4=8 2*5=10
2-masala.Sharti o`qilib,qisqa sharti tuziladi va yechiladi. Bolalar ko'ylagiga 2 m gazlama ketadi. 3 ta shunday ko'ylakka necha metr gazlama ketadi?
Ko`paytirish jadvalini yodda tuting.
2*6=12 2*8=16
2*7=14 2*9=18
Quyidagi misollarni yeching va daftaringizga yozing.
2*6+2= 2*7+3= 2*8+2=
2*9+2= 2*3+4= 2*2+5=
IV.Mustahkamlash.O`quvchilarga ko`paytirish jadvaliga doir misollar yechiladi.


2 kg 2 kg 2 kg 2 kg 2 kg
Har bir xaltachadagi pecheniyning massasi 2 kg. 2*5=10
5 ta xaltachadagi pecheniylarning massasi qancha? Javob:10kg
5-masalada jadval asosida shati tuzilib,yechiladi.
2*8=…litr sharbat 16-11=…litr sharbat
V.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilar baholab rag'batlantiriladi. VI.Uyga vazifa: 6-masala, 7-misol.
MRO’TIBO’ ________________________________ ___________


Sana
Mavzu: O`rganilgan turdagi misol va masalalarni yechish. Masalaga mos rasm chizib uni yechish
Darsning maqsadlari
Ta'limiy: a) o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash; b) 2 ni ko'paytirish va 2 ga bo'lishga doir misol va masalalar yechish haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihat-
lik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilar-
ning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, o'yin.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil etish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II. Uy vazifasini tekshirish.
III.Mavzu bayoni.
1-masalac doskada va daftarda bajariladi.
Beshta kichik akvariumning har birida 2 tadan baliq,
katta akvariumda esa 8 ta baliq bor.
Akvariumlarning hammasida nechta baliq bor?

  1. Beshta kichik akvariumda nechta baliq bor?

5*2=10

  1. Hamma akvariumdagi baliqlar nechta?

10+8=18
2-misol. Misollarning yechilishini tushuntiring:
2-6 + 7 = 3-5-4 =
2-6=12 3-5=15
12+7=19 15-4=11
4-chizma har bir qator uchun alohidadan chizib doskaga ilinadi va musobaqa tarzida bo`sh kataklar kesma raqamlar yordamida to`ldiriladi.



Ko`paytuvchi

2

2

2

2

2

2

2

Ko`paytuvchi

3

4

5

6

7

8

9

Ko`paytma






















5-masala doskada bajariladi va daftarlarga ko`chiriladi. Har bir qovoqning massasi 2 kg. 5 ta qovoqning massasi qancha?


2kg 2kg 2kg 2kg 2kg


V.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilar baholab rag'batlantiriladi.

VI.Uyga vazifa: 6-masala, 7-misol.


MRO’TIBO’ ____________________________________
Sana
Mavzu: 2 ni ko'paytirish va 2 ga bo'lish jadvali.Jadval asosida masala tuzib,uni yechish.
Darsning maqsadlari
Ta'limiy: a) o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash;
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihat-
lik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, o'yin.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil etish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II. Uy vazifasini tekshirish.
III.Yangi mavzu bayoni.Ko`rgazmali qurollar va misollar yordamida tushuntiiladi.
Jadvaldan javobi 8, 12, 14, 16, 18 gateng bo'lgan misollarni o'qing. Bu jadvalni yodda tuting.

2-2 = 4




4:2




2-3 = 6

3-2

6:2

6:3

2-4 = 8

4-2

8:2

8:4

2-5=10

5-2

10:2

10:5

2-6=12

6-2

12:2

12:6

2-7=14

7-2

14:2

14:7

2-8=16

8-2

16:2

16:8

2-9=18

9-2

18:2

18:9

2-Misollarni tushuntirib yeching: 2:2= 8:2= 14:2=
4:2= 10:2= 16:2=
6:2= 12:2= 18:2=
3-masala 1.18 kg guruch 2 ta xaltaga teng bo'lib solindi. Har bir xaltaga necha kilogrammdan guruch solingan? 2.14 kg mosh 7 ta xaltaga teng bo'lib solindi. Har bir xaltaga necha kilogrammdan mosh solingan?
4. Jadval asosida masala tuzing va uni yeching:

Bitta bankadagi olma sharbati

Bankalar soni

Hamma bankadagi olma sharbatining massasi.

2 litr

9 ta

? litr

2 litr

?ta

18 litr

? litr

9 ta

18 litr

V.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilar baholanadi.


VI.Uyga vazifa: 6-masala, 7-misol.
MRO’TIBO’____________


Sana
Mavzu: 3 ni ko'paytirish va 3 ga bo'lishga doir misol va masalalar yechish
Darsning maqsadlari
Ta'limiy: a) o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash; b) 2 ni ko'paytirish va 2 ga bo'lishga doir misol va masalalar yechish haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihat-
lik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilar-
ning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, o'yin.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil etish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II. Uy vazifasini tekshirish.
III.Yangi mavzu bayoni. Ko`rgazmali qurollar va misollar yordamida tushuntiiladi.
1-misol.Rasmla yordamida yechiladi.

3+3=6 3+3+3=9


3*2= 3*3=

Ko`paytirish jadvali esga olinadi.Kartochkalar ko`satilib,o`quvchilardan javoblari olinadi.


2-misol.Daftarlarda va doskada ishlanadi.


3*2+3= 3*3+3= 3*4+3= 3*5+3=


3-masala.Rasm asosida masala tuzing va uni yeching:


B ir banka asal 3kg


3+6=18

Javob:18 kg
4-misol.
Qo'shishga doir misollarni ko'paytirishga doir misollar bilan almashtirib yeching:
Namuna: 3 + 3 = 3-2
3+3+3 3+3+3+3 3+3+3+3+3

V.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilar baholanadi.


VI.Uyga vazifa: 6-masala, 7-misol.
MRO’TIBO’____________
Sana
Mavzu: Rasm asosida berilgan misollarni yechish
Darsning maqsadlari
Ta'limiy: a) o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash; b) 2 ni ko'paytirish va 2 ga bo'lishga doir misol va masalalar yechish haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihat-
lik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilar-
ning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, o'yin.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil etish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish . II. Uy vazifasini tekshirish. III.Mavzu bayoni. 1. Misollarning yechilishini tushuntiring:

3+3+3+3+3+3=18 3+3+3+3+3+3+3=21


3*6= 3*7=



3+3+3+3+3+3+3+3=24 3+3+3+3+3+3+3+3+3=27
3*8= 3*9=
2-masala.Qisqa sharti tuzilib yechiladi.
Bir taqsimchada 3 ta limon bor. 3*6=18
Shunday 6 ta taqsimchada nechta limon bor? Javob:18 ta limon bor.
3-misol.
3*6+3= 3*7+3= 3*8+3= 3*9+3=
4-masala.O`quvchilar bilan birgalaikda doskada bajariladi.
Bitta bankaga 3 litr olcha sharbat ketadi. 8 ta bankaga sharbat quyilgandan so'ng yana 16 litr sharbat ortib qoldi. Dastlab necha litr olcha sharbat bo'lgan?
Masalaning yechilishini tushuntiring:
1) 3-8 = 24litr 2) 24+16=…litr
V.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: 6-masala, 7-misol.
MRO’TIBO’____________

Sana
Mavzu: 3 ni ko'paytirish va 3 ga bo'lish jadvali.


Darsning maqsadlari
Ta'limiy: 3 ni ko'paytirish va 3 ga bo'lish jadvali, a • b ifodaning qiymatini topish yuzasidan bilim berish.
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning
mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, jadval

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism
IIO'tilgan mavzuni mustahkamlash. Mustaqil ish.
Sinf doskasida yozilgan taqqoslashga doir misollarni birinchi bo'lib bajargan o'quvchi g'olib deb topilishi tushuntiriladi.
2*6…6*2 15:3…12:4 4*4…4*5
3*7…2*9 18:2…21:3 7*2…3*8
III.Yangi mavzu bayoni. 1 -misol.
Jadvaldan javobi 15, 18, 21,24,27 ga teng bo'lgan misollarni topish.




9:3




4-3

12:3

12:4

5-3

15:3

15:5

6-3

18:3

18:6

7-3

21:3

21:7

8-3

24:3

24:8

9-3

27:3

27:9

2-misollarni tushuntirib yechish (yozma).


3:3 = 1 12:3 = 4 21
6:3 = 2 15:3 = 5 24:
9:3 = 3 18:3 = 6 27:3 = 9
3-masala (yozma). Masala shartining rasmini chizib, uni yechish.

  1. Bakda 27 litr benzin bor edi.

Bu benzin 3 ta idishga baravardan solindi.
Har bir idishga necha litrdan benzin quyildi?
27:3 = 9lbenzin
Javob: Har bir idishga 9 litrdan benzin solingan.
2)21 kg shakar bor edi.
Bu shakarni 3 kg dan qilib xaltachalarga solindi.
Nechta xaltacha kerak bo'lgan?
21:3 = 7 ta xaltacha
Javob: 7 ta xaltacha kerak bo'lgan.
4-misol (yozma). Jadvaldagi ifodalarning qiymatini topish.

Namuna: 3 • 3 = 9 va hokazo.



Ko`paytuvchi

3

3

3

3

3

3

3

Ko`paytuvchi

3

4

5

6

7

8

9

Ko`paytma






















V.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: 5-masala, 6-misol. MRO’TIBO’ _________________________


Sana
Mavzu: Masalalar yechilishini tushuntirish .Juft va toq sonlar..
Darsning maqsadlari
Ta'limiy: o'tiladigan mavzu yuzasidan bilim berish;
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihat-
lik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Jihoz: Darslik, mavzu asosida didaktik materiallar, o'yin.



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Darsni tashkil etish .
Davomatni aniqlash .
O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish .
II. Uy vazifasini tekshirish.
III.Yangi mavzu bayoni.Ko`rgazmali qurollar va misollar yordamida tushuntiiladi.
1-Masalalarning yechilishini tushuntiring:
1) Har qaysi likopchaga 2 tadan nok qo'yildi. 10 ta nok nechta likopchaga qo'yildi? Ortib qolgan, nok bormi?

  1. Oldingi masaladagi 10 sonini 7, 8, 9 sonlari bilan almashtiring va rasmdan foydalanib, o'zingiz yangi masala tuzib yeching.

3, 4, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarining qaysilari 2 ga bo'linadi
Ko`rgazma yordanida juft va toq sonlar haqida tushuncha beriladi.
2 ga bo'linadigan sonlar juft sonlar, 2 ga bo'linmaydigan sonlar toq sonlar deyiladi.
2-misol o`quvchilar bilan doskada bajariladi.
13, 15, 16,8, 12,6, 18, 21,23, 24 sonlar qatoridan oldin hamma juft sonlarni, keyin hamma toq sonlarni ko'chirib yozing.

3-masalaning qisqa sharti tuzilib,yechiladi.


Maktabga 27 ta kompyuter keltirildi 27:3=9
uni 3 ta sinfga teng bo'lib berildi.
Har bir sinfga nechtadan kompyuter berilgan? Javob:9 tadan
4-chizma kattalashtirilgan holatda kesma raqamlar yordamida to`ldiriladi.

Bo`linuvchi

6

9

12

15

18

21

24

Bo`linuvchi

3

3

3

3

3

3

3

Bo`linma






















5-misol.Ifodalarning qiymatini toping:

  1. 2 va 8, 3 va 4, 3 va 9 sonlarining ko'paytmasi;

  2. 18 va 2, 24 va 3, 15 va 3 sonlarining bo'linmasi.

V.Baholash. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: 5-masala, 6-misol.
MRO’TIBO’ _________________________

Sana
Mavzu: Masalalarni tushuntirib yechish, qavsli va qavssiz misollarni yechish


Darsning maqsadlari
Ta'limiy: masalalarni tushuntirib yechish, qavsli va qavssiz misollarni yechish yuzasidan bilim berish.
Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o'quvchilar ning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini riyojlantirish. Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism
II. Uy vazifasini tekshirish. 7-misol.
IIIYangi mavzu bayoni. 1-masala. «Baliq ovlash» didaktik o'yini. O'yin qoidasi bilan tanishtiriladi. Buning uchun dengiz maketi, unda suzib yurgan baliqlar, baliqlar yoniga misollar yozilgan kartochkalar magnit doskaga yopishtirib qo'yiladi. Undan tashqari Hasan, Husanning maketi ham taxtachaga yopishtirilgan bo'ladi.

Kunlardan bir kuni Hasan va Husan baliq oviga chiqishibdi. Hasan, Husan qarmoqni dengizga tashlab, baliq ovlay boshlabdilar. Bir payt Husanning qarmog'iga katta baliq ilinibdi. Baliqni qo'liga olib qarasa, uning yon boshida 5 :5 misoli yozilgan ekan. Bu degani darslikning 161-betidagi 1-masalani yechish kerakligi yozilgan.
Chunki, 5:5 = 1 ga teng. Husan undagi topshiriqni quyidagicha bajaribdi.
Baliqchalardagi misollarning javobini o'sib borish tartibida joylashtirish:


21:3=7; 24:3 = 8; 18:2 = 9; 3 *4=12; 3 *6 = 18.
Yana qarmoqni dengizga tashlagan ekanlar, Hasanning qarmog'iga katta baliq ilinibdi. Baliq yonboshidagi kartochkada 8:4 misoli yozilgan ekan. Bu degani darslikning
162-betidagi 2-masalani yechish kerakligi yozilgan.
Masala o`qilib,qisqa sharti tuziladi.
27 nafar o`quvchi musiqa to`garagiga 3 tadan bo`lib guruhlarga bo`linishdi.
Nechta guruh hosil bo`ldi.
Hasan 2-masalaning birinchisini quyidagicha bajardi:
27:3 = 9
Javob: 9 ta guruh hosil bo'ldi.
Husan esa shu masalaning ikkinchisinio`qib ,qisqa shartini tuzib, quyidagicha bajardi:
Bir to`p gazlamadab 3 nafar xaridorga 6 m dan sotilgandan keyin,12 m gazlama qoldi.Dastlab necha metr gazlama bo`lgan.
1)6-3 = 18 metr sotilgan gazlama
2) 18 + 12 = 30 metr gazlama
Javob: dastlab 30 metr gazlama bo'lgan.
Misolni to'g'ri bajarganliklari uchun baliqni yeyishga muyassar bo'lishibdi.
Hasan, Husan qarmoqni dengizga tashlab yana baliq ovlay boshlabdilar. Hasanning qo'liga 9:3 misoli yozilgan baliq ilinibdi. U javobi 3 hosil bo'lganligi uchun 3-misolni yechish kerakligini aniqlabdi.
Bu misolni yechish uchun sinfdagi do'stlarini yordamga chaqiribdi, na'munada ko'rsatilgandek bajarishadi.
(38-26):3=4 (16 + 11):3=9 3*6+12 = 30
(70 - 49):3= (10 + 10):2= 2*9+12=
Har bir matematik muammoni do'stona hal etishning o'ziga xos xislati bor. Shu bois, dam olish daqiqasida she'r, qo'shiqlar aytishib baliqdan o'rtoqlari bilan birgalikda baham ko'rishdi.Dam olish daqiqasini o 'tkazish.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin