Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə40/45
tarix28.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#168377
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati

25-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Detallarni tebranishga hisoblash
2.4. Detallarni tebranishga hisoblash Muvozanat holatidagi erkin detalga qisqa vaqt kuch omili ta’sir qilganida detal oldin qayishqoq deformatsiyaga uchraydi va unda deformatsiya potensial energiyasi hosil boʻladi. Ta’sir toʻxtaganidan keyin detal qaytaruvchi kuch omili boʻlgan qayishqoq deformatsiya ta’sirida orqaga, oldingi muvozanat holati tomon harakatlanadi. Oldingi muvozanat holatiga yetib kelganida muayyan chiziqli yoki burchak tezlik va unga mos kinetik energiyaga ega boʻlgani sababli muvozanat holatida toʻxtamay oldingiga qarshi ishorali qayishqoq deformatsiya va u bilan bogʻliq deformatsiya potentsial energiyasi hosil qilib harakatlanib, keyin toʻxtaydi. Undan keyin esa yana qayishqoq deformatsiya ta’sirida oldingi yoʻnalishda harakat boshlanadi va shu tariqa chastotasi, ya’ni qaytarilish tez–tezligi detalning bikrligi va massasi bilan belgilanadigan davriy erkin tebranma harakat hosil boʻladi. Bunday tebranishlar erkin yoki xususiy tebranishlar, ularning sodir boʻlish tezligi ya’ni chastotalari erkin yoki xususiy tebranishlar chastotalari deb ataladi. Bunday harakat potensial va kinetik energiya ishqalanish va boshqa qarshilik kuchlarini yengishga toʻla sarf boʻlib, tugaguncha davom etadi. Umuman erkin tebranish harakatlari qarshilik kuchlari ta’sirida toʻxtab qolishi sababli xavfli hisoblanmaydi. Lekin qoʻzgʻatuvchi kuch va erkin tebranish chastotalari teng yoki juda yaqin boʻlganida tebranishlar qulochi - amplitudasi 49 keskin kattalashadi. Bu hodisa rezonans deb ataladi va rezonans boʻladigan tezlik (chastota) kritik tezlik (chastota) deb ataladi. Davriy qoʻzgʻatuvchi kuchi ta’sirida sodir boʻladigan va oʻzi toʻxtab qolmaydigan majburiy tebranishlar esa xavfli hisoblanadi. Davriy qoʻzgʻatuvchi kuchlarning sabablari juda koʻp boʻlib eng muhimlari: ilgarilanma - qaytma harakat mavjudligi; aylanuvchi detallarning shakl nuqsonlari va disbalansi, tishli ilashmalar va kinematik juftliklardagi tirqishlar va ulardagi yeyilish oqibatlari v.h. Qayishqoq jismlar quyidagi turdagi deformatsiyalar bilan tebranishlari mumkin: a) choʻzilish va siqilish - boʻylama tebranishlar; b) egilish - koʻndalang tebranishlar; v) buralish - buralish tebranishlari. Rezonans hodisasi asosiy (eng past) kritik tezlikdan tashqari unga karrali boʻlgan tezliklarda ham sodir boʻlishi mumkin. Bunda eng past kritik tezlik birinchi, unga karrali boʻlgan kritik tezliklar ikkinchi, uchinchi v.h. kritik tezliklar deb ataladi. Kritik va ularga yaqin tezliklarda rezonans yuz berishi sababidan ishlash mumkin emas va bu sohalar xavfli soha deb ataladi (2.1 rasm)

Zamonaviy paxta tozalash jihozlarining asosiy koʻpchiligi birinchi, va qisman ikkinchi kritik tezlikdan past tezliklarda ishlaydi. Birinchi kritik tezlikdan past tezlikda ishlaydigan vallar bikr vallar, undan yuqori tezliklarda ishlovchi vallar, egiluvchan vallar deb ataladi. Ishchi tezliklarining kritik tezliklarga nisbatan maqbul kattaliklari sohalari quyidagicha:

    1. bikr val uchun n1k ≥1.3 ni

    2. b) egiluvchan val uchun 1.4 n1k < ni<0.7 n2k

bu yerda: n - valning ishchi tezligi;
n1k - valning birinchi kritik tezligi;
n2k - valning ikkinchi kritik tezligi.
Detalning tebranishga hisoblash asosan ularning erkin yoki xususiy tebranish chastotalarini topishdan iborat boʻladi. Amaliyotda eng koʻp uchraydigan hisob sxemalari uchun birinchi va ikkinchi kritik tezliklarga mos xususiy tebranish chastotalarini hisoblash formulalari 2.1 jadvalda keltirilgan.




Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin