24-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Ajralmaydigan(payvand, parchin mixli) birikmalarni hisobi.
Parchin mixli birikmalar ajralmaydigan birikma turiga kiradi. Parchin mixli birikmalar ikkita detalni sterjenni parchinlab tayyorlanadi. Parchin mixlar po‘lat, alyumin, mis metallardan parchinlab tayyorlanadi.
Konstruksiyasi bo‘yicha yarim doiraviy, yarim yashirin, yashirin, quvursimon parchin mixlar (2.1 – rasm) va h.k. bo‘ladi.
2.1 – rasm. Parchin mix konstruksiyalari: a) yarim doiraviy; b) tekis yarim doiraviy; d) quvursimon; e) yarim yashirin kallakli; f) yashirin kallakli; g) tekis kallakli
Vazifasi bo‘yicha mustahkam, mustahkam-jips, jips parchin mixli birikmalar bo‘ladi. Bu yerda faqat mustahkam parchin mixlarning hisobi ko‘riladi,ular konstruktiv belgisi bo‘yicha uchma-uch, ustma-ust; bir qatorli va ko‘p qatorli; bir kesimli va ko‘p kesilishli bo‘ladi.
2.2-rasm. Bir qatorli (a), bir kesilishli ustma -ust (b) va ikki kesilishli uchma-uch (d) parchin mixli birikmalar
Parchin mixli birikmalarning asosiy o‘lchamlari
Parchin mixli birikmalarda quyidagi o‘lchamlarni ko‘rsatish mumkin:
d-parchin mix diametri;
t-parchim mix qadami, ;
-biriktirilayotgan detallar qalinligi, ;
-parchin mixdan detal chetlarigacha bo‘lgan masofa; .
Parchin mixli birikmalarni hisoblash
Parchin mixli birikma mixlarida va chokda quyidagi kuchlanishlar hosil bo‘ladi:
kesuvchi kuchlanish
; (2.1)
cho‘zuvchi kuchlanish
; (2.2)
qirqilishdagi kuchlanish
. (2.3)
Bu formulalarda - bir parchin mixga to‘g‘ri keluvchi kuch ; -parchin mixli birikmaga ta‘sir qiluvchi kuch; z -parchin mixlar soni; -kuchlanishlarning ruxsat etilgan qiymatlari.
Parchin mixli birikmada chokning mustahkamlik koeffisienti
. (2.4)
Bu koeffisient-mustahkamlik koeffisienti bo‘lib, parchin mix kuchsizlangan kesimi ning uning to‘la kesimi ga nisbatini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |