Mavzu: Mikroorgonizmlar bilan ishlashning texnik talablari



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə12/14
tarix16.04.2022
ölçüsü1,45 Mb.
#55530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mavzu Mikroorgonizmlar bilan ishlashning texnik talablari

Ishni bajarish tartibi: Go`sht-peptonli sho`rva (G’Sh). 100 ml go`sht seliga 1 g pepton va 0,5 g natriy xlorid qo`shib, 10 daqiqa davomida qaynatiladi. So`ngra 0,05 ml natriy gidroksidni 7,4 pH gacha qo`shiladi va yana 30 daqiqa davomida idish ichida bug` tomchilari hosil bo`lguniga qadar qaynatiladi. Qaynatma filtrlab tozalangandan so`ng suv miqdori avvalgi holiga keltiriladi va 30 min davomida 120°C haroratda sterillanadi. Bu muhit sa’rofit bakteriyalarni ko`paytirish va o`stirishda ishlatiladi.

Go`sht-’eltonli agar (GPA). Tayyor G’Sh ga 2 % agar qo`shib, 30 daqiqa bo`ktirib qo`yiladi. Keyin agar butunlay eriguncha qaynatiladi va 120°C haroratda 30 daqiqa davomida sterillanadi. Bu muhit ko`’gina sa’rofit bakteriyalarni o`stirishda qo`llaniladi.

Endo muhiti (bevosita ishlatishdan avval tayyorlanadi). 100 ml GPA ga (pH 7,6) ni 70°C temperaturada sterillash mobaynida 5 ml 20% li laktoza eritmasi va 0,5 ml to`yingan asosli fuksin eritmasi bilan 1,25 ml yangi tayyorlangan 10 % li sulfat natriy aralashmasi qo`shiladi. Differensial-diagnostika muhitda ichak gruppasiga mansub bakteriyalar o`stiriladi.

Gissning uglevodli muhiti. pepton – 10 g, natriy xlorid – 5 g, uglevod – 10 g, Andrede reaktivi—10 ml, 1000 ml gacha distillangan suv, sterillangandan keyingi pH—7,2-7,4. Bu ham differensial-diagnostika muhiti bo`lib, unda mikroorganizmlar bilan uglevodlarning ajralib chiqishi aniqlanadi.

Andrede reaktivi. 0,5 g kislotali fuksinni 100 ml distillangan suvda eritib, natriy gidroksidning 1 N eritmasidan 16,4 ml qo`shiladi va 100°C tem’eraturada sterillanadi. Shundan keyin hosila burab mahkam qilinadigan probkali (tiqin) li flakonda qorong`i joyda saqlanadi. Tayyor reaktiv och sariq yoki sariq tusli bo`lishi kerak.

Yig`ma muhit (pseudomonas. Sp. Staphylococcus sp. uchun). Achitqi ekstrakti — 5 l, kazeinli gidrolizat (kislotali) — 20 g, natriy xlorid — 5 g, pepton—10 g, glukoza — 2 g, ikki asosli kaliy fosfat — 2,5 g, 1000 ml gacha distillangan suv.

Mannit qo`shilgan tuzli agar (QQQQ aniqlash uchun). pepton—10g, natriy xlorid — 75 g, mannit—10 g, fenol qizili — 0,025 g, agar — 20 g, 1000 ml gacha distillangan suv, pH ning sterillashdan keyingi holati fenol qizili 20% li etanol (1000 ml muhitga 25 ml dan) ning 0,1% li eritmasi tarzida qo`shiladi.

Pseudomonas aeriginosa ‘igmentini aniqlashda qo`llaniladigan muhit. pepton — 20 g, glitserin—10g, ikki asosli kaliy fosfat — 1,5 g, magniy sulfat MgSO4 • 7H2O — 1,5 g, agar — 20 g, 1000 ml gacha distillantan suv. Sterillashdan keyin pH — 7,2 bo`lishi kerak.

Saburo muhiti (achitqilar va mitseliyali zamburug`larni ko`paytirish va o`stirish uchun). pepton—10 g, glukoza—40 g, agar—20 g, distillangan suv—1000 ml gacha.

Qonli agar (gemoliz kasalligini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarni aniqlash uchun). Eritib, 45°C gacha sovutilgan MPA (2% li agar) ga ot, quyon yoki qo`yning 5-10 % tozalangan qonidan sterillash jarayonida qo`shiladi.

Levin muhiti (ichak bakteriyalari uchun differensial-diagnostik ozuqa muhiti). 100 ml eritilgan GMPA (pH 7,2-7,4) ga 2 ml metilsn ko`kining 0,5 % li suvli eritmasi, 1,5 ml eozin sarig`ining 2 % li eritmasi, 2 g laktoza va 0,2 g ikki asosli kaliy fosfat qo`shiladi. Bo`yoq eritmalarn distillangan suvda tayyoelanadi va bug` oqimi bilan 1 soat davomida sterillanadi. Ikki asosli kaliy fosfatning agarga qo`shishdan avval ozgina miqdordagi distillab tozalangai suvda eritib, ‘robirkada qaynatiladi. Yuqorida nomi tilga olingan barcha mahsulotlar solingandan keyin qizil-binafsha rangli muhit hosil bo`ladi.

Boyitilgan muhit (Enterobacteraceae oilasiga kiruvchi bakteriyalar uchun). pepton —10 g, ikki asosli natriyfosfat — Na2HPO4. 2H2O – 7,5 g, bir asosli kaliy fosfat - 2,5 g, glukoza – 10 g, laktoza – 5 g, fenol qizili - 0,08 g, yashil malahit (yashiltosh) – 0,005 g., 1000 ml go`sht suvi (1:2 nisbatda), sterillashdan keyin ‘H 7,3± 0,2. pepton, tuzlar va glukozani go`sht suviga solib, asta-sekin isitish jarayonida eritiladi: laktoza qo`shilgandan so`ng fenol qizilining 1% li eritmasidan 8 ml va malaxit yashilining 0,5 % li eritmasidan 3 ml aralashtirib, ‘H ning holati aniqlanadi, keyin 1 daqiqa davomida qaynatilib, filtrda tozalanadi. Bu muhit 121°C tem’eraturada 5 daqiqa davomida sterillanadi.

Enterobacteriaceae oilasiga mansub bakteriyalarni bir-biriga taqqoslashda ishlatiladigan muhit. pepton—10 g, natriy xlorid—5 g, glukoza – 40 g, fenol qizili - 0,08 g, 1000 ml go`sht suvi (1:2 nisbatda) olinadi. Sterillashdan keyingi pH 7,2-0,2. bo`lishi kerak. Muhitni poplavok (suyuqlikning baland-pastligini birdek saqlash uchun xizmat qiladigan asbob) li ‘robirkaga solib, 121°C temperaturada 15 daqiqa sterillanadi. Sterillangandai so`ng tayyor muhit darhol sovutiladi.

Kaliy nitratli muhit nitratlarni nitritga aylantiradigan mikroblarni aniqlash uchun). pepton — 5 g. kaliy nitrat—1,5 g, distillangan suv—1000 ml gacha olinadi.

Kitta — Tarottsi muhiti (anaerob mikroorganizmlar uchun). Hayvon jigarini kesib, og`irligi 1-1.5 g bo`lgan bo`lakchalarga ajratiladi. GPSh dan uch hissa qo`shib, 30 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynatmani filtrlab, jigar qoldiqlarq kranda elak yordamida yuvib olinadi. Tozalangan qaynatmani ‘robirkalarga 7-10 ml dan qilib quyiladi va har bir idishga 2—3 dona yuvilgan jigar bo`lakchalari tashlanadi. Bu muhitga ekma o`tkazilgandan keyin unga tozalangan vazelin moyi quyiladi (moy qatlami 0,5 sm).

Tukayev muhiti (anaerob mikroorganizmlar uchun). 1 % li pepton suviga 5—6 % li moyi olingan sut qo`shiladi.

Rozolovo-differentsial agar. 1 l G’Sh ga 10 g agar, 50 ml o`t, 10 g laktoza va 0,5 g glukoza qo`shib, pH 7,4-7,6 ga to`g`rilanadi. So`ngra brom-timol ko`kining 1 % li s’irtdagi eritmasidan 2 ml, rozol kislotannng 5 % li eritmasidan 2 il qo`shiladi. Muhitni ‘robirkaga qo`yib, avtoklavda 111-112°C tem’eratura ostida 20 daqiqa davomida sterillanadi, ‘robirka shunday qiyshaytiriladiki, natijada muhit o`ziga xos ustuncha shakliga kiradi va qiya yuza hosil bo`ladi. Tayyorlangan muhit ekma o`tkazilganga qadar qizg`ish-jigarrang tusda bo`ladi. Unda ichak tayoqchalarining mikroblari o`stirilganda eea sariq rangga kiradi. Muhitdagi kondentsion suyuqlikning ko`’irishi va ustunchaning yorilishi natijasida muhitda gaz hosil bo`ladi.

Vilson-Bler muhiti (anaerob mikroorganizmlar uchun). 100 ml 3 % li GPA bilan 1 % li glukozani suvli hammomda nsitib, natriy sulfitning 20 % li eritmasidan 10 ml, temir xloridining 8 % li eritmasidan 1 ml qo`shiladi. Har ikkala eritma toza distillangan suvda tayyorlanadi va qaynatiladi. Bir nechta ‘robirka tayyorlab, har biriga 7 ml dan muhit quyiladi. Mazkur muhit, anaeroblar olinadigan material ekmasini ekishda 45°C haroratga ega bo`lgan suyuq modda holatida qo`llaniladi.

Kessler muhiti (sanitariya bakteriologiya tadqiqotlari uchun).

pepton 10 g, 50 ml, distillangan suv—1000 ml. Yuqoridagi moddalar aralashmasini 20-30 daqiqa qaynatib, ‘axta bidan filtrlanadi, keyin unga 10 g laktoza qo`shib qaynatmaning umumiy miqdori 1 ml ga yetkaziladi; pH 7,4-7,6 ni to`g`rilab, binafsha gentsianining 1 % li suvdagi eritmasidan 4 ml qo`shiladi. Hosil bo`lgan muhitni poplavkali probirkalarga (har biriga 5 ml dan) quyib, bir yarim atmosfera bosimi ostida 15 daqiqa sterillanadi. Tayyor muhit binafsha rangli bo`ladi.

Mochevinali muhit (mochevinani parchalaydigan mikroorganizmlarii aniqlash uchun). 100 ml G’Sh va 1 g mochevina va qizil krezolnnng 1,6 % li spirtdagi eritmasidan 0,2 g qo`shiladi. Bug` oqimida 15 daqiqa davomida sterillanadi.

Xyu-Leyfson muhiti (glukozaning fermentatsiyasi va oksidlanishini aniqlash uchun). 1 g distillangan suvga 2 g pepton, 5 g natrnn xlorid, 0,3 g ikki asosli kaliy fosfat 3 g agar, 3 ml bromtimol ko`kining 1 % li suvdagi erntmasi qo`shiladi. qo`shilgan mahsulotlar batamom erigunga qadar muhit qaynatiladi, so`ngra ‘H ni 7,1 ga to`g`rilab, ‘robirkalarga 3-4 ml dan quyiladi. 120°C harorat ostida 15 daqiqa sterillanadi. Sterilizatsiyadan keyin har bir ‘robirkaga 0,4-0,5 ml glukozaning 10 % li steril eritmasidan qo`shiladi.

Pepton suvi. peptonning asosiy eritmasi: pepton—100 g, natriy xlorid—50 g, kaliy nitrat - 1 g, natriy karbonat - 25 g, distillangan suv 1 l, ‘H 9,0 . 120°C haroratda 20 daqiqa sterillanadi. 1 % li peptonli suvni olish uchun asosiy eritma suvda 10 barobar suyultiriladi va ‘H 8,8-8,9 ga yetkazilgach sterillanadi. Bunday muhit vabo vibrionlarini o`stirishda ishlatiladi.

Rassyel muhiti. 950 ml distillangan suvga VR (suv bilan aralashtirilgan rozol kislotasi) indikatorli Gissa laktozasidan 40 g, ozuqa agaridan 5 g, glukozasidan 1 g solib qaynatiladi va bir nechta ‘robirkalarga 5—6 ml dan quyiladi. 110°C da 30 daqiqa sterillanadi. Hosil bo`lgan muhit dizenteriya va tifo’aratifoz bakteriyalarni o`stirishda foydalaniladi.

Ishqorli agar. 1 l GPA ga natriy karbonatning 10 % li eritmasidan 30 ml qo`shnb filtrlanadi. Keyin flakonlarga quyib, 110°C haroratda sterillanadi; pH 8,2-8,4 bo`lishi kerak. Bu muhitda vabo vibrionlari va Enterobacteriaceae oilasiga mansub bo`lgan ayrim bakteriyalar o`stiriladi.

Eykmanning glukozali peptonli muhiti (sanitariya bakteriologik tadqiqotlar uchun). a) Eykmanning kontsentrlangan yoki quyuq muhiti. 1 l distillangan suvda 10 g pepton, 50 g natriy xlorid eritiladi va aralashma qaynatiladi, filtrlangach 100 g glukoza qo`shiladi. pH 7,4-7,6 bo`lishi kerak. Shundan so`ng aralashma sig`imi 10 ml bo`lgan kolbalarga yoki sig`imi 250 ml bo`lgan ‘o’lavkali shisha idishga, shuningdek, po`kakli probirkalarga ham (har birnga 1 ml solinadi). Bir soat mobaynida bug` oqimi yordamida uch marta sterillanadi. Sterilizatsiyadan keyin po’lavkalar muhit bilan limmo-lim to`lgan bo`lishi kerak.

b) Eykmanning eritilgan muhiti 1 l distillangan suvga 10 g pepton, 5 g osh tuzini solib, eritma qaynaguncha isitiladi. qaynagandan so`ng unga 10 g glukoza qo`shiladi. pH 7,4-7,6 ga teng bo`ladi. Hosilani po’lavkali probirkalarga solib, bug` oqimi yordamida sterillanadi.

Tuxum sarig`idan bo`lgan tuzli agar (stafilokokklarni ajratib olish uchun). Tarkibida 10 % osh tuzi bo`lgan GPA (pH 7,2-7,4) tayyorlanadi. Flakonlarga 100-120 ml dan solib, avtoklav vositasida 120°C haroratda 20 daqiqa davomida sterillanadi. Foydalanishdan avval isitiladi va 45-50°C gacha tozalangan qum tortmasi (bitta tuxum sarig`ini 150-200 ml osh tuzining tozalangan izotonik eritmasiga aralashtirilgan) dan 20% (hajmiga ko`ra) qo`shiladi. Tayyor bo`lgan muhitni darrov aralashtirib, ‘etri chashkasiga quyiladi.

Maxsus muhit (sfero’last va ‘roto’lastalarni olish uchun). GPSh ga 5% saxaroza, 0,02% sulfat magniy va 1000 TB ‘enitsillin aralashtiriladi. Bu muhit tayyorlangan zahotiyoq darhol unga ekma o`tqazish lozim.

Student Mavzu: Zamburug’larni o’stirish uchun qattiq ozuqa muhiti tayyorlash




Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin