Mavzu: Mikroorgonizmlar bilan ishlashning texnik talablari


Mavzu: Zamburug’larni o’stirish uchun suyuq ozuqa muhiti tayyorlash



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə11/14
tarix16.04.2022
ölçüsü1,45 Mb.
#55530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mavzu Mikroorgonizmlar bilan ishlashning texnik talablari

Mavzu: Zamburug’larni o’stirish uchun suyuq ozuqa muhiti tayyorlash

Ishdan maqsad: Zamburug’larni o’stirish uchun suyuq ozuqa muhiti tayyorlashni o`rganish.

Kerakli asbob va uskunalar: Go`sht so`li, pepton, tuz, ishqor, elektr qizdirgich,tarozi, pH metr.

Ishning nazariy qismi:

Ozuqa muhiti va uni tayyorlash usullari. Mikroorganizmlarning toza ekmasini olish, ularning morfologik va fiziologik xususiyatlarini o`rganish, shuningdek, mikroorganizmlarning laboratoriya sharoitida toza ekma sifatida saqlanishi uchun ozuqa muhiti zarurdir.

Ozuqali muhitlar tarkibiga qarab tabiiy, sun'iy va sintetik bo`ladilar. Tabiiy ozuqa muhiti — hayvonot va o`simlik dunyosiga mansub narsalardan (sut, tuxum, sabzavot, jonivorlarning to`qimasi, o`t va qon zardobi) olingan tabiiy mahsulotlardan iborat bo`ladi. Sun'iy ozuqa muhiti esa maxsus retse’tlar asosida hayvonot qoldiqlari yoki turli-tuman qiyomlarga noorganik tuzlar, uglevodlar va azot moddalarini qo`shib tayyorlanadi. Sintetik muhit esa muayyan kimyoviy birikmalar mahsulidir.

Muhitlar konsistentsiyasi, ya'ni suyuqlik va zichlik darajasiga ko`ra suyuq, atalasimon, quyuq, sochiluvchan va quruq ti’larga bo`linadi. Mikroorganizmlarning fiziologik biokimyoviy xususiyatlarini o`rganishda, shuningdek biomassa va almashinuv moddalarini to`’lashda suyuq ozuqa muhitidan foydalaniladi. Atalasimon muhit ekmalarni saqlashga xizmat qilsa, quyuq ozuqa muhiti mikroorganizmlarni ajratib olish, ilmiy maqsadda urchitilgan bakteriyalar turkumi, ya'ni koloniyalarning morfologiyasini o`rganish, diagnostika bakteriyalar hisobini olish va antagonistik xususiyatlarini aniqlashda qo`llaniladi.

Mikrobiologik va tabobat sanoatida ekma ‘rodutsentlarni, shuningdek, urchitiladigan bakteriyalar materiallarini saqlashda sochma muhitdan foydayaniladi. Ozuqa eritmasi shimdirilgan chaqmoqtosh qumi, ‘ishirilgan bug`doy sochma muhit uchun material bo`la oladi. Hozirgi vaqtda zichlovchi modda sifatida agar, ko`’incha yelimshak (mol suyagidan va terisidan tayyorlanadigan yelimsimon modda) va silikagel ishlatiladi. Agar dengiz o`simliklaridan tayyorlanadigan ‘olisaxariddir. U suvda 100°C haroratda eriydigan hamda 45° va undan ‘ast tem’eraturada quyuqlashadigan mikroorganizmlar uchun ozuqa substrati foydalanilmaydigan gel hosil qilish xususiyatiga ega. Erish-quyilish jarayonining bir necha bor qaytarilishi agarning gel hosil qilish qobiliyatini susaytirmaydi, shu bois agar muhitini qayta-qayta sterillasa ham bo`laveradi. Atalasimon muhitga 0,5%, qattiq muhitga esa 1,5-2% agar qo`shib ishlatiladi.

Sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan quruq ozuqa muhiti bir qator fazilatlarga egaligi, ya'ni standartligi, saqlash va tashilishining osonligi bilan ajralib turadi. Namlik darjasi 10% bo`lgan bu gigrosko’ik kukunni havo kirmaydigan qilib mahkamlangan idishda va imkoni boricha qorong`iroq joyda saqlash lozim. Bu muhit suvga solingan xona haroratida yaxshi eriydi.

Ozuqa muhitlari qo`llanilishi maqsadiga ko`ra odatdagi (oddiy), maxsus, elektiv va differensial — diagnostika kabi ti’larga bo`linadi.

Ko`’gina mikroorganizmlarni urchitishda odatdagi muhit qo`llaniladi, bunga go`sht peptonli sho`rva yoki GPSH (Myasopeptonniy bul`on — MPB) va go`sht-peptonli agar — GPA (Myasopeptonniy agar — MPA), shuningdek, quruq shira va shirali agar misol bo`la oladi. Mikroorganizmlarning muayyan guruhlari va turlarini ko`paytirish va ajratib olishda maxsus ozuqa muhitidan foydalaniladi. Masalan, glukozali GPSh da stre’tokokklar o`stirilsa, zambururlarni ko`paytirishda Chapek muhitidan foydalangan ma'qul.

Muayyan turga oid mikroorganizmlarni ularning tabiiy yashash joyidan ajratib olishda va yoki ekmalar hosilasini tayyorlashda elektiv ozuqa muhiti qo`llaniladi. Bir boshqa, yo`ldosh mikroorganizmlar bunday ozuqa muhitida odatda ko`’aymaydi, va o`smaydi yoki ularning rivojlanishida keskin o`zgarish ro`y berib, darhol o`sishdan to`xtaydi.

Muayyan turga oid mikroorganizmlarni fermentativ faolligiga ko`ra boshqalaridan farqlashda (differensiallashda) va ularning biokimyoviy xususiyatlarini o`rganishda differensial-diagnostika muhiti samarali natija beradi. Bu muhit tarkibi muayyan turining o`ziga xos xususiyatlarini nisbatan aniq ko`rsata oladigan moddalardan iborat bo`lishi kerak. Masalan, ichakdagi ‘atogen bakteriyalarni aniqlashda ‘atogen mikroorganizmlarni ichakning doimiy mikroblari — sut qandi ajratib chiqaruvchi mikroorganizmlardan farqlash imkonini beradigan muhitdan foydalaniladi. Tarkibida laktoza (sut qandi) bo`lgan Endo muhiti ana shunday ozuqa manbai hisoblanadi. Endo muhiti tarkibida GPA, sut qandi va natriy sulfit yordamida rangsizlantirilgan asosli fuksin bor. Asosiy ozuqa muhiti och ‘ushti rangga bo`yaladi. Sut qandidan hosil bo`lgan atsetaldegid sulfit bilan reaksiyaga kirishib, mikroorganizmlar turkumini to`q qizil rangga bo`yaydi. Shuning uchun laktoza ‘archalanganda ichak tayoqchalari bu muhitda o`stirilganida metalday yaltirab turuvchi qizil o`sma to`’lamini hosil qiladi, salmonella va shigellalar laktozani ‘archalagani uchun rangsiz bo`ladi.

Muhitni sterillash. Har qanday muhitni (qo`llanilish doirasi va maqsadidan qat’iy nazar) toza idishga solib sterillanadi. Ko`’gina muhitlar tarkibiga qarab turli rejimda avtoklavlash bilan sterillanadi. Sterillashga mo`ljallangan muhitni uning avtoklavdagi idishning yarmigacha og`zini ‘axta tiqin bilan bekitiladi. Qo’qoq qattiq bekitilmasligi kerak, aks holda sterillash ‘aytida idish ichiga bug` kiradi keyinchalik mikroorganizmlarning o`sish jarayonida esa ularning nafas olishi qiyinlashadi. Muhitlarni sterillash tartibi va shart-sharoitlari 1-jadvalda ko`rsatilgan.

Muhitning sterilligini nazorat qilish uchun sterillash jarayoni tugagandan keyin muhit 37°C haroratli termostatda 5 kecha-kunduz saqlanadi. Bu davrda suyuq muhitlar shaffof holatda turishi kerak, qattiq ozuqa muhitining ustida esa mikroorganizmlarning o`sish alomatlari sezilmasligi kerak. Sterillikni nazorat qilishdan tashqari, tayyor muhitlarning kimyoviy holati ham nazorat qilib boriladi. Buning uchun namuna sifatida olingan muhit zarrachasi tarkibida pH, umumiy va amin azoti hamda xloridlar miqdori aniqlanadi.

Muhitlarni biologik nazorat qilish usuli ham bor. Buning uchun tekshirilayotgan muhitga o`sha ozuqa manbai uchun xos bo`lgan mikrobning laboratoriya ekmasi ekiladi va uning o`sishi kuzatib boriladi. Barcha tekshirishlardan muvaffaqiyatli o`tgan muhit foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi.

Har bir ozuqa muhiti quyidagi talablarga javob berishi kerak: mikroorganizmlarning ko`payishi va o`sishi zarur bo`lgan barcha moddalarga ega bo`lishi; namligi yetarli bo`lishi; muhitning reaksiyasiga mos kelishi (pH); sterillangan bo`lishi; mikrob hujayralariga izotonik bo`lishi, ma'lum oksidlash-qaytarilish ‘otentsialiga ega bo`lishi lozim. Muhitlardagi asosiy kom’onentlari nisbati imkoni boricha muvofiqlashgan bo`lishi kerak: aminogruppa aminokislotalardan iborat azot yig`indisi hamda quyi ‘oli’e’tidlarning miqdori 0,8-1,2 g/ml, umumiy azot 2,5-3 g/m,l xloridlar (natriy hisobidan) — 0,5-0,8% bo`lishi kerak.

Mustaqil ish:

Ozuqa muhiti tayyorlashda ishlatiladigan ingredient (biror murakkab birikma yoki qorishmaning tarkibiy qismi) lar, mikroorganizmlarning ozuqa muhitida (asosiy, differensial-diagnostik, sintetik) o`sish va quruq muhitlari bilan tanishib chiqish.

Ayrim elektiv va differensial-diagnostik muhitlarning tarkibi


Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin