Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа


Davr she’riyatning lirik qahramoni



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə48/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а

Davr she’riyatning lirik qahramoni: goh zamondoshimiz bo‘lsa, goh o‘tmish davrdagi ajdodimiz, goh esa yozuvchining estetik niyatiga ko‘ra ramziy obraz qiyofasi bilan namoyon bo‘ldi. Ammo eng muhimi istiqlol davrining lirik qaharamoni Vatan va istiqlolning shukuhidan shodlangan, milliyligini anglagan, odamiylik fazilatlarini ulug‘lagan, diniy-va dunyoviy ilmlarda tilda ulug‘langan fazilatlarga ega bo‘lgan ma’naviy barkamol insonlarning badiiy tajassumi sifatida yuzaga chiqdi. SHuningdek, istiqlol davri she’riyati iymoni mustahkam, e’tiqodi but, vatanparvar va millatsevar, odamiy insonning ma’naviy qiyofasi, ruhiy olamini tasvirlash orqali adibiyotning komil insonni tarbiyalashdek oliy vazifasini ado etishga intildi.
Mustaqillik davri adabiyotida shoirlarning o‘z nigohini tashqaridagi muammolardan uzib, ichkariga – botinga qaratishi shu davr she’riyatining tub yangiligi hisoblanadi. Bunday sharafga o‘zbek shoiri qariyb chorak kam bir asr mobaynida mustaqillik sharofati tufayli erisha oldi. U o‘zi xohlagancha ko‘ngil rozini to‘kib solishga, u bilan bahslashish, yaqindan suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bunday she’rlarda fuqaroni qandaydir buyuk ishlarga da’vat etadigan otashin chaqiriqlar yo‘q, ijtimoiy masala yo‘q. Biroq ular aynan biz haqimizda, ko‘ngilimizdagi adoqsiz siru sinoat va iztiroblar haqidadir. SHu jihati bilan bizga yaqin va qadrdondir. Masalan, Z.Mirzoning “Nur kukunlari”, H.Ahmedovaning “Umid soyasi”, R.Rahmonning “Xastalik daftari” deb atalgan kitoblarini mutolaa qiling: nuqul hijron, dard, o‘limni kuylaydi. Garchi bular umuminsoniy tuyg‘ular bo‘lsa-da, 20-30 yil oldin ularning dunyoga kelishi dargumon edi. Bunday she’r mualliflari albatta tegishli jazosini olardi.
Biroq shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, istiqlol davri she’riyati faqat ko‘ngilning intim kechinmalarini kuylash bilan cheklanib qolayotgani yo‘q. S.Sayyid, I.Mirzo, M.Mirzo, U.Azim, A.Suyun, Tursun Ali kabi shoirlar ijodida ijtimoiy masalalar ham baland pardalarda kuylanmoqda. Ammo bu ijtimoiy masalalar ayrim shoirlar tomonidan balandparvoz so‘zlar orqali hissiz, quruq holda ifodalanayotgani ham sir emas. Fikrim isbotsiz bo‘lib qolmasligi uchun bitta misol keltiray:
Bu dunyoda millatlar ko‘p, ellar ko‘p,
Ellatlar ko‘p, taqdirlar ko‘p, yo‘llar ko‘p,
Bir yon chaman, bir yon sahro, cho‘llar ko‘p,
O‘zing mening yagonamsan diyorim,
Durlar ichra durdonamsan diyorim.
(K. Sindarov. O‘zing mening yagonamsan. T., 2008. 3-b.).
Endi mavzu va g‘oya birligi masalasini hozirgi o‘zbek she’riyati misolida ko‘rib chiqaylik. SHu narsa quvonchliki, mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida mavzu cheklanmagan, sho‘rolar paytidagidek ta’qiqlangan mavzu yo‘q. Ijodkor xohlagan mavzu bo‘yicha asar yaratishi mumkin. Faqat uning g‘oyasi umumbashariy tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lsin. Insonni yovuzlikka emas, ezgulikka chorlasin. Ijodiy erkinlik berilganligi tufayli hozirgi o‘zbek she’riyatining mavzu ko‘lami keng va rang-barangdir. Adabiyotshunos U.Hamdam “bugungi o‘zbek she’riyati mavzularining ishlanish ko‘lami va darajasiga qarab” quyidagicha tasnif etishni taklif qiladi:
- ishqiy intim mazmundagi she’rlar;
- intim mazmunli she’rlar (bularning farqi shundaki, birida oh-voh, tushkunlik ko‘p; ikkinchisida – umidbaxshlik kuchli; yana ko‘ngilning turfa intilishlari, faqat yor emas, ona, yurt, do‘st va h.k.).
- madhiya – bag‘ishlov she’rlar;
- uhroviy mazmundagi she’rlar (biz buni ruhoniy she’rlar deb ataganmiz, ya’ni dunyoning o‘tkinchiligi. YAratganga iltijo, tavba – tazarru – Y.S.);
- tarixiy mazmundagi she’rlar;
- pand – nasihat she’rlar;
- Vatan va uning mustaqilligi haqidagi she’rlar;
- o‘lim mavzusidagi she’rlar;
- boshqa har xil mavzudagi she’rlar:
Albatta, olimning o‘zi aytganidek, bu tasnif g‘oyat shartli bo‘lib, uni yanada kengaytirish ham, qisqartirish ham, ba’zilarining o‘rnini almashtirish ham mumkin. Bu mavzular orasida ishqiy hamda intim mavzudagi she’rlar salmog‘i juda baland, hatto keyingi 20 yillik o‘zbek she’riyatining asosiy qismini egallaydi. Ammo ularning ko‘pchiligi o‘ta sub’ektivligi, tushkun kayfiyatda yozilganligi, o‘quvchini muhabbatning hayotbaxshligi, kuch-qudratiga ishonchini ottirishga o‘rgatish o‘rniga, nuqul hijron, yolg‘izlik, bevafolik, yo‘qotish, sarsonlikdan iborat ohu-nolalarni ifodalayotgani ham sir emas (bu haqda qarang: Y.Solijonov. Haqiqatning sinchkov ko‘zlari. 158-168-b.). Binobarin, sevgi, vafo va vafosizlik, hijron va o‘lim singari umuminsoniy mavzular hamma davrda ham bo‘lgan, har bir davr kishisi sevish, sevilishga, yig‘lash yoki kulishga, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishga, bular to‘g‘risida o‘ylashga, yozishga haqlidir. Biroq ushbu mangulikka daxldor tuyg‘ular, barqaror fikrlarni bachkanalashtirib, soxtalashtirib, nuqul ko‘z yoshi bilan sug‘orib ifodalashga har doim ham yaxshilikka olib kelavermaydi.
Istiqlol davri she’riyatining bosh maqsadi Vatanga sadoqatli barkamol avlodni tarbiyalash, xalqning milliy ongini shakllantirish, o‘zligini tanitish, erkin ruhni o‘stirishdan iboratdir. Hozirgi paytda she’r haqidagi tasavvur ham, she’riyatga munosabat ham tubdan o‘zgardi. Istiqlol she’riyati ham shakli, ham mazmuni jihatidan boshqacharoq sifat kasb eta bordi. Unda ijtimoiy tafakkur yuki ortdi. Bu borada ijodkorlarning o‘rta avlodiga mansub toifa ibrat ko‘rsatayotir. E.Vohidov, A.Oripov, O.Matjon, R.Parfi, U.Azim, X.Davron, H.Xudoyberdieva, ularning izidan borayotgan S.Sayyid, I.Mirzo, M.Mirzo, A.Qutbiddin, Z.Mirzo, H.Ahmedova, X.Rustamova, G.Begim singari o‘nlab shoirlar ibrat ko‘rsatmoqdalar. SHunisi muhimki, ularning she’rlari zamonning chirsillab turgan voqealaridan xoli emas, ayni chog‘da qadim mumtoz she’riyatimiz an’analaridan ajralib ham qolgan emas.
Biroq shuni ham yashirmaslik joizki, mustaqillik davri adabiyotining ilk bosqichi (1990-2000)da g‘oyadan, g‘oyaparastlikdan uzoqlashish sezildi. Bu adabiy hodisaning ikki tomoni bor: biri foydali, ikkinchisi zararli. G‘oyadan voz kechishning foydali tomoni shunda ediki, o‘zbek she’riyati istiqlol yillarida sovet davridagi singari g‘oyaparastlikdan qutildi. Ma’lumki, o‘zbek “sovet” shoirlari kommunistik partiya siyosatini ulug‘lashga, shiorlarni bayroq qilib olishga, kommunizmni madh etishga majbur edi. Insonning ko‘ngli, tashvishi bilan mutlaqo ishi bo‘lmasdi. Endi she’riyat hukmron g‘oyadan, yagona etakchi mafkuradan qutilgach, bir muddat nimani kuylashni, qanday g‘oyani ilgari surishni bilmay garangsib qoldi. Boisi, adabiyot paydo bo‘lganidan beri, ayniqsa, chorak kam bir asr davom etgan sovet mustamlakachiligi davrida turli darajada, har xil shakllarda zimdan kuylab, intilib kelgan asosiy orzusi (erk mavzusi) – mustaqillik qo‘lga kiritilgan, yurt ozodlikka erishgan, milliy g‘urur tiklangan, xullas, muammolar hal qilingandi. Vatan ozod bo‘ldi, maqsadga erishildi. Xo‘sh, endi nimani kuylash, qanday g‘oyani ilgari surish kerak? G‘oyasizlik shundan kelib chiqdi.
Ular Vatan, millat, yor, inson, er, vafo, baxt, qayg‘u to‘g‘risida bu so‘zlarni ishlatmay ham shu qadar ehtiros bilan yozdilarki, ularni o‘qib, hayajondan o‘zingizni bosolmaysiz, muhabbat iforidan boshingiz aylanadi.
SHunday shoirlardan biri hamyurtimiz Tursun Alidir. Uning she’rlari asosan Vatan mavzuiga bag‘ishlanadi. Ammo ularning aksariyatida “Vatan”, “diyor”, “yurt” degan so‘zlar, odatdagi otashin va yolqinli xitoblar, oh tortish, ko‘ksiga urib baqirish uchramaydi. SHoir bu tuyg‘ularini sekingina, ohista, bosiqlik bilan aytadi (shuning uchun ham kitobning nomi “Sokin hayqiriq” deb qo‘yilgan). Ajabki, mana shu sokinlik bag‘rida Vatanga muhabbatning o‘chmas va qudratli olovi, tuyg‘uni portlatuvchi atom zarrasi, kayfiyatni osmon qadar ko‘taruvchi po‘rtana yashiringan. Masalan:

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin