Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə51/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а

Iymon masalasi insoniy masaladir. CHunki insotshing bar-cha xatgi-harakati, ya’ni ezgulik yo‘lida qilgan yaxshi a’mollari iymonga borib taqaladi. O‘zbekiston qahramoni, adibimiz Said Ahmadning "Qorako‘z majnun" hikoyasida Hikoyaga Qur’oni karimdan va Hadisi sharifdan epigraf olingan. Bular quyidagilar: "Sizlardan qaysi biringiz o‘z dinidan qaytsa va shu kofirligicha o‘lsa, bas, ana o‘shalarning (qilgan savobi) amallari xabati (be-kor) bo‘lur, ular do‘zax ahlidurlar va u srda mangu qolurlar" ("Bakara" surasi, 217-oyat) YAna "Jannatga kiradigan o‘n nafar hayvondan biri bu "Ashoba qahf"nipg vafodor itidir" (Al-joma-al-Kabir). YOzuvchi bu epigraflarni bejizga keltirmagan, unda hikoyaning leytmotivi mujassam. Bu hikoya qahramonlari Saodat aya va Qorako‘z majnun timsolida ochib berilgan.
Saodat ayaga Rossiyada qolib ketgan o‘gli Bo‘rixon ko‘rsatmagan mehr, vafodorlikni it - Qorako‘z majnun ko‘rsatadi. CHunki mehr, shafqat, vafo, sadoqat tuygusi o‘z-o‘zidai shakllanmaydi va rivojlanmaydi. U muhit va sharoit, tarbiya ta’sirida yuzaga keladi. Ma’lumki, birinchi muhit bu insonning o‘zi, keyin boshqa omillardir. Bo‘rixon esa shundan, ya’li ona mehri, millat tuyg‘usini ta’miilab turuvchi, ona zaminga borlovchi rishtadan, o‘zini anglashga imkon beruvchi bilim, tarbiyadan mahrumdir.
O‘zbek qissachiligida tarixiy, zamonaviy mavzularda modern, detektiv, hajviy yo‘nalishlarida qissalar yartib adabiyotmiz xazinasini boyitgan ijodkorlar qatorida Tohir Malik, SHukur Xolmirzaev, Tog‘ay Murod, Erkin A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Qo‘chqor Norqobil, Normurod Norqobilov, Abbos Said, Asad Dilmurod, Alisher Ibodinov, Luqmon Bo‘rixon kabi bir qator qisanavislar nomlarini tilga olish mumkin. Istiqlol davri adabiyotida qissachilik rivojini o‘ziga xos bosqichga olib chiqqan ijodkorlardan biri sifatida Tog‘ay Murod nomini alohida tilga olish mumkin. Uning faoliyati orqali o‘zbek qissachiligida milliy xarakter yaratish an’anasi o‘ziga xos bosqichga ko‘tarildi. Erkin A’zam ijodi orqali hajviy ruh o‘ziga xos tarzda ifoda etildi. Alisher Ibodinov ijodi orqali detektiv mavzu yangicha bosqichga ko‘tarildi. Nazar Eshonqul ijodi orqali inson ruhiyati tasvirga alohida diqqat qaratildi. Tohir Malik ijodi qissachilikning janriy xususiyatlarini o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos bosqichga olib chiqdi. Yangi davr qissalarining tahlil va talqin etish orqali adabiyotimizdagi yangicha taraqqiyot tamoyillari to‘g‘risidagi kengroq xulosalar chiqarish mumkin.

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin