Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа


N.Eshonqulning “Momoqo‘shiq” qissasi an’anaviy uslubda yozilgan asar



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə52/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а

N.Eshonqulning “Momoqo‘shiq” qissasi an’anaviy uslubda yozilgan asar. Unda SHukur Xolmirzaev, Tog‘ay Murod kabi yozuvchilarimiz ijodiga xos milliylik ifodasining quyuqlashtirib berilishi holati kuzatiladi. Asar mag‘ziga o‘zbek xalqi, uning xarakteri, qiyofasi, qalbi, ma’naviy olami haqida so‘z boradi. Qissaning bosh qahramoni Muazzam o‘zbek ayollarining tipik timsoli. U nihoyatda go‘zal, sadoqatli, mehnatkash, oriyatli, yuksak iste’dod egasi. U o‘zidagi mukammallikni biladi, insoniy bir hissi bilan his etadi, hatto uni namoyoish etish istagi ham qalbining qaysidir bir burchagida yotadi, biroq bu istakdan o‘zini tiyib yurishga ham atonati etadi, ayollik oriyati, mas’uliyati, majburiyatini ham chuqur anglaydi. Unga insbatan ishlatilgan soddalik, ko‘ngli bo‘shlik belgilari ham o‘zbek ayollariga xos sifatlardir. Qolaversa, adib unga nisbatan hisobsiz ta’rifu tavsiflarga qaramay, undan “Qishloq kesagining isi kelib turadi” ifodasini qo‘llaydi. SHu birgina jumlaning o‘zi asar sarlavhasini – “Momoqo‘shiq”, momoer iboralarini eslatadi. Qishloq momomlarining ona zaminday bag‘ri kengligi, fidoyiligiga ishora qiladi. Iqtisodiy turmush tarzi qishloqxo‘jaliliga asoslangan o‘zbek qishloqlarida hayot kechirayotgan odamlardan momoerdek zahmatkashlik, momoerdek kamtarlik, momerdek fidoyilik, momerdek sabr-bardosh talab etilishini qissa orqali teran anglab olish mumkin.
Nazar Eshonqulning “Tun panjaralari”, “Qora kitob” qissalari adabiyotimiz olamida o‘ziga xos yangilik bo‘ldi. Adib ramzlarga o‘ralgan tasvir, tafakkur va ifoda, bayon bari-barisi orqali insoniyat va uning taqdiri haqida qayg‘uradi. “Qora kitob” qissasida odamzod taqdiriga bitilgan bitik, ayanchli qismatiga o‘qilgan hukm va buning oldida ojiz inson haqida yoziladi.asarda ifoda etilgan qarashlarga ko‘ra Odam Ato va Momo Havo bilan boshlangan tavqi la’nat, ularning nasliga ham kelib tekkanligiga ishora qilinadi, la’natga mahkum etilganlar, yana o‘sha la’natning urug‘ini ekishda davom etmoqdalar, to odamzod nafas olar ekan, uni ekmay iloji yo‘q, qahramon ta’kidlaganidek, “Hayot tavqi la’nat to‘shagidir”. Asar qahraomni nafaqat taqdiri azal qismatini engib o‘ta olmaydi, balki u nafs qutqusiga ham o‘z vaqtida qarshi chiqishga qurbi etmaydi. Nafs xuruji uni goh cho‘qqi soqol, goh sirli va ayni paytda jirkanch, ovloq, tashlandiq uy ko‘rinishida o‘ziga jalb etaveradi. Qahramon unga qarshi kelib, ortiga qaytib keta olmaydi, balki qora kitobni olib qochadi. Ammo o‘zi qilgan aybni tushunib etib, pushaymon eganida, o‘z yurgan yo‘lining noto‘g‘ri ekanligini anglab tursa ham qaytolmagindek, o‘g‘illari va qizi ham u qilgan gunohlarni takrorlashni boshlashadi. YOmonlik ildizi chuqur ketib bo‘lgan, unga qarshi kurashish imkonsiz va u endi qahramon naslini quritishga qarab bormoqda edi. qora kitob, cho‘qqi soqol va ularning timsolidagi nafs balosi qahramonning ko‘zlarini ko‘r, quloqlarini kar qilib qo‘ygan edi. uni na xotinining latofati, na bolalarining sho‘x-shaddot qiliqlari, na olamning ajoyibligi qiziqtirar edi, balki o‘z bolalarini ham shunga jalb qilar, paytda, cho‘qqi soqol bilan tinimsiz olishuvda umr kechirardi. Ammo ularning har ikkalasidan ham o‘zini xalos eta olmadi, oilasini ham o‘zini ham shu yo‘lda parokanda qildi, umri elga sovrildi. Biroq olishishdan natija yo‘q: o‘z qizini o‘zi bo‘g‘ib o‘ldiradi; o‘g‘illarining ahvoli ham marhumlarnikidan ayanchliroq. Asar ijodkorning o‘tkir falsafasi, behad keng tafakkur tarzi, o‘lmas g‘oyalarini ifoda etgan. Qissa orqali kitobxon o‘zi, o‘zligi, qilayotgan amallari haqida fikrlashga majbur bo‘ladi. Nega asarda qahramonning bolalari tasviriga keng o‘rin beriladi? CHunki inson nimaiki ish qilmasin, u uning faqat o‘zigagagina tegishli bo‘lib qolmaydi. Har bir qilingan yovuz yoki ezgu harakat uning kelajagiga daxldor bo‘lishi, ta’sir etishi, farzandlari qiyofasida, taqdirida yana o‘ziga qaytib kelishi muqarrarligini unutmasligi kerakligini eslatadi. Gunoh ishlarni asar qahramoni yomg‘irga o‘xshatadi: “...taqsirim, gunoh yomg‘irlari, bu yomg‘ir har kecha meni bir marta cho‘ktirib o‘ldiradi va men yaratgan oldida tavba qila boshlayman”, deydi u. Asar davomida qora ranglar cholning o‘zi, cho‘qqisoqol va uning farzandlarini hatto ajratib olish qiyinlashadi. Hammasining ko‘rinishi bir – yovuzlik namoyishi. Ular qalbiga shayton o‘rmalab, yo‘rg‘alab hunar ko‘rsatayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Bunda na insoniy qiyofa, na insoniy kayfiyat, na insonga xos ishonch, ezgulik qoladi, balki uning o‘rnida aql-idrokdan mahrum, telba mavhumlik, hayvoniy belgilar qoladi, xolos.
Asar orqali inson dunyoga o‘ylab, rejalashtirib, idrok kuchni ishlatib, o‘zligini va kelajagini unutmasdan har bir ishga qo‘l urishi kerak, aks holda qilingan birgina xato, o‘ylanmay bosilgan birgina qadam, oziri surishtirilmay uzatilgan qo‘l insoniyat taqdiriga tanazzul bo‘lib yopishishishi muqarrarligi haqidagi g‘oyani ilg‘aydi. Aks holda asarda tasvirlangan choldek o‘zini qaytara olmagan odam, qora amaldan farzandlarini chegaralab qola olmasligi tabiiy ekanligi anglashiladi. Aks holda taqdir qora kitobi sahifalari yana bir yovuzlikka la’nat o‘quvchi duolar bilan to‘laveradi. Asardan kelib chiqadigan xulosa ana shunday umumbashariy, odamzod taqdiri uchun zarur ibrat bilan yo‘g‘rilgandir.
O‘tgan asrning 80-yillaridan o‘zbek qissachiligi ham shakl, ham mazmun jihatdan yangilandi. Agar O‘.Hoshimov qissa janriga yuksak badiiylik va chuqur lirizm fazilatlarini olib kirgan bo‘lsa, E.A’zam bilan M.M.Do‘stlar yangi qahramon konsepsiyasini olib kirish bilan yanada yuqori bosqichga ko‘tardilar. E.A’zam “Otoyining tug‘ilgan yili” qissasidagi beg‘araz betgachopar, shartaki talaba Asqar, M.M.Do‘stning “Galatepaga qaytish” qissasidagi dinshunos Toshpo‘lat G‘aybarov, N.Jaloliddinning “Bolalar” asaridagi o‘qituvchi Otajon aka ana shunday yangicha qiyofadagi insonlardir.
O‘zbek qissachiligida lirizmning kuchayishida T.Murodning xizmati beqiyosdir. Uning “Momo er qo‘shig‘i”, “YUlduzlar mangu yonadi”, “Ot kishnagan oqshom” qissalarining nomlanishi ham, ohangi ham, bayon usuli ham lirikdir. U yozmaydi, balki kuylaydi.
Qissa ham romanlar singari mavzu va muammosi, yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi turlarda yoziladi:

  1. Avtobiografik (M.Muhammadjonov, S.Ayniy, Oybek, N.Safarov, I.Rahim).

  2. Biografik (G‘.G‘ulom, A.Qahhor, H.G‘ulom).

  3. Tarixiy (M.Osim, J.Ilyosov, Mirmuxsin, X.Sultonov).

  4. Fantastik (T.Malik, H.Islom shayx, M.Mahmudov).

  5. Axloqiy (X.Do‘stmuhammad, A.Yo‘ldosh, N.Jaloliddin).

  6. Hujjatli qissalar.

Mustaqillik yillarida G‘arbiy Evropa adabiyoti ta’sirida talay qissalar yaratildi. Bular orasida N.Eshonqulning “Urush odamlari”, “Tun panjaralari”, “Qora kitob”, U.Hamdamning “YOlg‘izlik”, T.Jo‘raevning “Yiqilgan oy” qissalari xarakterlidir. Mavzu jihatdan yangilanish kechagi kunimizga qarashda ham ayon bo‘ldi. Sovet davrida 20-yillardagi o‘zaro fuqarolar urushida milliy – ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ota-bobolarimiz “bosmachi” deb ataldi. Bunday nomunosib qarashlarga ham badiiy adabiyot, xususan, qissa janri birinchi bo‘lib javob berdi. M.Alining “Ko‘k to‘nlilar”, M.Mahmudovning “Bog‘don qashqiri”, T.Malikning “So‘nggi o‘q”, “CHorrahada qolgan odamlar” nomli qissalarida o‘sha davr kishilari faoliyati haqqoniy tasvirlandi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida yaratilgan romanlarda ijtimoiy, mafkuraviy cheklovlar davridagi xalq kechmishi asosga olingan syujet chizig‘iga ega bo‘lgan asarlar adabiyot sahifalarida ko‘rinib, kitobxonlar jamoasining diqqatini tortdi. Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi”, “Omon Muxtorning “Ming bir qiyofa”, U.Nazarovning “Chayon yili”, Shukrulloning “Kafansiz ko‘milganlar”, O‘.Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” kabi romanlari shular jumlasidandir.
Yil o‘tgan sayin romanlar son jihatdan ham sifat jihatdan ham takomillasha bordi, janr namunalari mazmuniy va shakliy-uslubiy rang-barangligi bilan diqqatni tortdi. Shunga ko‘ra hozirgi davr romanchiligi namunalarini bir qancha xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilish mumkin.
Mavzusiga ko‘ra romanlarni badiiy voqeligida qaysi davr aks etganaligiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilish va javdalda ifodalash mumkin:

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin