Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа


Hozirgi o`zbek modern she`riyati uchun juda ko`p xususiyatlar xos



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə50/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а

Hozirgi o`zbek modern she`riyati uchun juda ko`p xususiyatlar xos. Ularning ayrimlariga qisqacha to`xtalsak:
1. Modern she`riyatda insonning ichki dunyosi taftish etishga harakat qilinadi.
Masalan, Faxriyorning «Kayfiyat xulosasi» she`rini tahlil qilib ko`raylik. eng avvalo, sarlavhaning o`zi e`tiborni tortadi. Xulosa fikrda bo`ladi, kayfiyat esa insonning oniy holati, ruhiyatining natijasi:
Bu tunni ichadi ayolning yodi,
Tushlar ijarasi tugamas minba`d
Bu ne uzluksizlik? YAlang xavotir
Manglay mixlar bilan tirnalgan bir xat.
Tun meni sipqorar mayxo`r va diltang
YOlo’izlik atalgan yara bitmaydi
Tunda qolib ketar yurak miltillab
Hech kim tushlariga olib ketmaydi. 
Umidlar axtarar Somon yo`lini
Telbarar tunlarning zulmatin yorib,
Oy – hajr yurakda borar to`linib.
Na gulbor singrarga otini aytib
Na kul bor boshingga sochmoqqa zorli
Na yo`l bor bosh olib ketmoqqa daydib.
Ushbu she`rda yolo’izlik tufayli yuzaga kelgan mahzun kayfiyat xulosasi – yolo’izning suyanchio’i yo`q, degan iqrordir. Bu xulosaga kelguniga qadar lirik qahramon – ayol tunni kimnidir kutib o`tkazadi, axtaradi, topolmaydi. Oir bu holatni tasvirlash uchun juda ko`p timsollar metaforasidan foydalangan. Masalan, ayolning yodi tunni ichadi (chunki u tun bo`yi xayol suradi, kimnidir eslaydi), tushlar ijaraga beriladi (chunki tush insonga kelib ketishi inobatga olinib shunday jumla ishlatilgan), xavotir yalang (chunki u chaqqon, kuchli, tezkeladi), manglay mixlar bilan tirnalgan xat (peshanada yozdio’i ko`p), tun – mayxo`r, diltang, u lirik qahramonni sipqoradi, ya`ni o`z qorono’uligi qa`riga tortadi, uning umrini maydek sipqoradi, yolo’izlik – bitmas yara, yurak – ko`zga xos funktsiyani bajaradi, miltillaydi. Hech kim uni tushlariga olib ketmaydi, ya`ni uni hech kim hatto tushida ham eslamaydi. Ammo lirik qahramonning umidlari so`nmaydi, yaunki oy to`lishayapti, zulmat chekinayapti, tun o`tib boryapti. Biroq lirik qahramon uchun ortda qolib boayotgan tundan keyin ham najotsizlik holati, u qayga bosh urishni bilmaydi.
Ko`rinib turganidek, she`rda yolg’izlik azobi tushunchasi juda ko`plab timsollar vositasida bayon etilgan. Timsollar jonlantirilgan, betakror istioralardan foydalanilgan, hattoki, matal yoki hikmatli so`zlarga o`xshash jumlalar ham o`zgartirilib – metaforalardan foydalanilgan holda betakror ifoda etilgan. Masalan, manglayida yozio’i ko`p - «Manglay mixlar bilan tirnalgan bir xat». Nega mixlar bilan? Bu ta`kid lirik qahramonning ko`p jafo chekkanligiga ham ishora etib turibdi.
Xullas, modern she`riyat bu betakror obrazli ifodalar, nozik fahmni talab etuvchi sirli ishoralar makonidir. YAna bir tomoni borki, modern she`rlarda axloqiy-tarbiyaviy xulosalar aytilmaydi, balki asar mao’zidan ularni topish mumkin. Masalan, yuqoridagi she`rda yolo’izlik yomon, u insonni qaritadi, hatto ko`zlarini emas, yuragini miltillatadi, yio’latidi emas, hatto singratadi, inson uchun hamdard, hamnafas do`st, yor, qarindosh-uruo’ yoki shunga o`xshash bir inson yonma-yon bo`lishi kerak, degan o’oya aytilmaydi, balki shunday tuyo’ular, holat tasviri beriladi, xolos.

  1. Modern she`riyatda yaratilgan kashfiyotlar an`anaviy shakllarga mos tushmaydi.

  2. Modern she`riyatda vazn, qofiya, turoq kabi tushunchalar ko`pincha o`z mohiyatini yo`qotib qolish darajasida namoyon bo`lmoqda.

  3. Modern she`riyatdagi murakkablik, ramzlarga o`ralgan jumboqli fikr aytish usuli

  4. lo`nda fikr orqali chuqur falsafiy ibrat aytishga intilish

Keyingi yillarda adabiy hayotda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar, xususan, tarixiy mavzuga munosabatning yangilanishi doston janriga ham xosdir. A.Oripovning “Sohibqiron” dramatik dostoni, M.Jalilning “Sohibqiron”, A.Suyunning “Sarbadorlar”, U.Azimning “Xalil Sulton” dostonlari, Olimjon Bo‘rievning “Amir Temur” deb atalgan she’riy romani Sohibqiron bobomizning o‘zbek o‘quvchisiga ma’lum bo‘lmagan qirralari to‘g‘risida ma’lumot beradi. SHuningdek, SH.Qurbonning “Temur Malik”, “So‘z yo‘li” (Navoiy haqida), M.YUsufning “Ko‘hna quduq”, “Qora quyosh”, E.Samandarning “ajdodlar qilichi” (J.Manguberdi haqida) singari dostonlari ham ulug‘ ajdodlarimizning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.
NASR
Istiqlol davri o‘zbek nasrida milliatning ruhiyati, qiziqishlari, orzu-intilishlari hamda yangi davr voqeligi yanada teranroq aks etdi. Xalqimizning ma’naviy olami, madaniyati, asriy an’analri, timsollar mohitida jamuljam etilib, madaniyati, qadriyatlari ulug‘landi. Millat kishilarining ma’naviy olami ularning o‘tmish an’analariga sadoqati, qadriyatlarga hurma-e’tibori nuqtai nazardan baholandi. Insonga xos odamiylik fazilati uning zahmatkashligi, mas’uliyati, el-yurt manfaati uchun daxldorlik hissi bilan ulug‘landi. Ijodkorlarimiz umumbashariy va millatparvarlik g‘oyalarini maqbul va betakror shakliy jilolarda, sermazmun ohanglarda ifodalashga intildilar.
Unutilgan qadimiy qadriyatlarning tiklanishi, ma’rifat, ma’naviyatniig asosi bo‘lgan dinga e’tiborning kuchayishi, davlat boshqaruvida demokratik yo‘nalishning yuzaga kelishi, bozor iqtisodining tarkib topishi va hokazolar, Bu o‘zgarish odamlarni boshqacha harakat qilishga undadi. Tabiiyki, bunday harakatning barchasi ong, tafakkur orqali boshqariladi. Zero, shunday ekan, tafakkurdagi rivojlanish, o‘zgarish adabiyotda o‘z ifodasini topishi muqarrar va tabiiydir.Ushbu o‘zgarishlar istiqlol nasrida qator yangilik va tamoyillarni keltirdi. Bulardan quyidagilarni sanash mumkin:
- janrdagi g‘oyaviy-mavzuiy ko‘lam kengaydi;
- ma’rifiy, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy, falsafiy, oilaviy masalaga e’tibor kuchaydi;
- ta’limiy mazmun va ruhiy tahlil avj oldi;
- milliylik va umumbashariy mazmuning uyg‘unlashuvi kuzatildi;
- insonning hayotdagi o‘rni, yashashdan maqsadi kabi masalalar mohiyati falsafiy yo‘nalishda ochib berildi.
2. Istiqlol davri nasrining shakliy-mazmuniy takomilida xalq og‘zaki ijodi, o‘tmish davr adabiyoti, o‘zbek romanchilik maktabi hamda chet el adabiyoti tajribalaridan foydalanish mahsuldor bo‘ldi. O‘zbek hikoyachiligida uslubiy yangilanish, shakliy-mazmuniy takomillashish jarayonlari kechdi. Istiqlol davri hikoyasini endi eski qoliplar bilan baholashning imkoni bo‘lmay qoldi. Hikoyalarimizda o‘tmish adabiy an’analari qatorida jahon adabiyoti tajribalaridan, falsafiy mushohadakorlik, shakliy-rang-baranglik, ramziylik, kabi juda ko‘plab xususiyatlarni kuzatish mumkin.
Davr hikoyachiligida “Maymun etaklagan odam”, “SHamolni tutib bo‘lmaydi”, “Og‘riq lazzati” (Nazar Eshonqul), “Jajman”, “Ibn Mug‘anniy” (Xurshid Do‘stmuhammad) kabi modernistik uslub imkoniyatlaridan foydalanilgan holda yaratilgan betakror badiiyat durdonalarini ham kuzatish mumkin.
Nasrda modernizm yo‘lini boshlab bergan va eng ko‘p asarlar yozgan Nazar Eshonqul bo‘lib, uning bu boradagi hikoyalaridan birinchisi "Maymun etaklagan odam"dir.
Hikoya qahramoni chol (YOzuvchi unga ism qo‘ymagan). Omadsiz, hayot unga kulish u yoqda tursin, jilmayib ham boqmagan, shundan asabiy, alamzada odamday ko‘rinadi. YOzuvchi u haqida shunday yozadi; "U qoboqlari soliq, soqoli qirilmagan, bir paytlar semiz bo‘lgan, ajinlar taram-taram qilib tashlagan ko‘rimsiz yuzi tarix kitoblarida tasvirlangan badjahl ma’budlarning haykaliga o‘xshab ketar, unga Qaragan odamning yuragi orqaga tortardi. Ko‘zlari hissiz va ifodasiz...". Tasvir yanada kuyuqlashib, qora bo‘yoqlar ortib boradi. Bu esa uning qanday shaxs ekanlngini bilishga qizikishni orttiradi. Voqeani hikoya kilayotgan kahramon ijara turgan uy bekasi uni "cholning bir paytlar tuzukkina rassom bo‘lganini va hozir ham surat chizib" turishini aytgach, uning fe’li, tabiati emas, qismatining mohiyati e’tiborini tortadi. Bir kuni kampir ijarachiga cholga ovqat olib chiqib berishini aytadi. YOzuvchi uning nigohi orqali chol uyning ko‘rinishi va u erdagi muhitni shunday tasvirlaydi; "CHol-ning uyi hashamatli, keng, lekin tashlab ketilgan maydonday huvillab yotardi. Ustun va romlar chirigan, umuman, hovlidan chirkin va badbo‘y hid kelardi. CHirkin hid daraxtdan, qor ostida qolib qarovsizlikdai xazonlikka yuz tutgan gulzordan, uyning yog‘ochlaridan va ayvoida qalashib yotgan har xil rasmlar ugomidan kelayotgan edi". Dastlab, o‘qiganda bu ko‘rinish cholning muhiti uning yashash tarzi, tabiatini belgilaydigan asosday tuyuladi. Lekin hikoya finaliga etgach, bu tasvir ijtimomy xarakterga egaligi aniq bo‘ladi. YA’ni chol e’tiqod qo‘ygan, ishongan tuzum qiyofasi ekanligi yaqqol pamoyon bo‘ladi. Bu narsa hikoya syujet chizig‘i tasvirida o‘z tasdig‘ini topadi…
Istiqlol davri nasrining qahramonilari o‘ziga xos olami bilan namoyon bo‘ldi. Davr adabiyotida Said Ahmad, Asqad Muxtor, Omon Muxtor, SHukur Xolmirzaev kabi katta avlod vakillari qatorida ijodi istiqlol davrida gullub-yashnagan Nazar Eshonqul, Xurshid Do‘stmuhammad, Isajon Sulton, Abduqayum Yo‘ldosh, Luqmon Bo‘rixon, Zulfiya Qurolboy qizi kabi ijodkorlarning asarlarini alohida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin. ular asarlarida qahraomnilar turli xarakter-xususiyati, ma’naviy olami bilan namoyon bo‘ldi.

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin