II. Zamonaviy mavzudagi romanlar. Bularga Tog`ay Murodning “Bu dunyoda o`lib bo`lmaydi”, Ulug‘bek Hamdamning “Sabo va Samandar” (2011), “Muvozanat” (), “Isyon va itoat” (2003), Ahmad A’zamning “O‘zi uylanmagan sovchi” (2010), Zulfiya Qurolboy qizining “Mashaqqatlar girdobi” (2010), Salomat Vafoning “Ovvoraning ko‘rgan-kechirganlari”, Abbos Said “Ko‘chada qolgan odam” (2004), Tilavoldi Jo‘raev “Bozor dunyo” (2006), Tilavoldi Jo‘raevning “Arvohlar tunda izg‘iydi” (2004), Bahodir Xudoyberganov “Lafz” (2007), Zulfiya Qurolboy qizining “Mashaqqatlar girdobi” kabi romanlarini misol sifatida tilga olish mumkin.
III. Zamon va makon uyg‘unligiga asosida ifoda etilgan romanlar.Shunday xususiyatga ega bo‘lgan romanlar sirasida To‘xtamurod Rustamning “Kapalaklar o‘yini” (2000), Asad Dilmurodning “Fano dashtidagi qush” (2000), “Rang va mehvar” (2012), Nazar Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li” (2012), Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” (2011), Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor”, “Donishmand Sizif”, Isajon Sultonning “Ozod” (2011), Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” (2010), Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor” (2000), Ulug‘bek Hamdamning “Na’matak” (2013), “Yo‘l” (2005) romanlari mansub bo‘la oladi. Yuqorida nomlari tilga olingan birinchi va ikkinchi tasnifga mansub romanlar namunalariga nisbatan an’anaviy, keyingi uchinchi tasnifga mansublarini esa o‘z-o‘zidan modern romanlar degan tushunchani ham ishlatish mumkin. Ushbu tipdagi asarlarda aniq zamon va muayn bir makonning ifoda etilmasligi, ayrim namunalar syujetining yaxlit tarkibga ega emasligi, yana ba’zilarida kompozitsiyasidagi noan’aviylik, qahramonlar xarakterining diqqatni tortuvchanligi, badiiy g‘oyaning ramzlarga o‘ralganligi, asarda ifoda etilgan falsafaning diqqatga sazovorligi xarakerli belgi-xususiyatlardandir.
Romanchilikda ham shakliy, ham mazmuniy yangilanishlar namoyon bo‘ldi. Davr romanlari orasida janriy janriy tuzilishiga ko‘ra:
Roman-dilogiya: Omon Muxtorning “Alisher Navoiy va rassom Abulxayr”, Sa’dulla Siyoyevning “Yassaviyning so`nggi safari”.
Roman-tetralogiya: “Ulug‘ saltanat” namunalari ham uchraydi.
O‘zbek adabiyotida dramaturgiya rivojini XX asr boshlari bilan bog‘laydigan bo‘lsak, istiqlol davrida adabiyotimizda ushbu tur janrlarining ham o‘ziga xos tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligi kuzatiladi.
Istiqlol davri dramaturgiyasi zamonaviyligi, ayni paytda, tarixiy shaxslar qiyofasining betakror tarzda yaratilganligi bilan xarakterlanadi. Tarixiy va zamonaviy mavzularda yaratilgan dramtik tur janrlarining har uchlasiga ham istiqlol davri adabiyotidan namunlar topiladi. Qolaversa, davr dramaturgiyasi namunalari davr hodisalariga hozirjavoblik, inson omilini yuksaklikka ko‘tarishga intilish, falsafiy teranlik va konfliktning chuqurligi bilan xarakterlanadi. Davr dramturgiyasi namunalari Izzat Sulton, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Erkin A’zam, Usmon Azim, Erkin Samandar kabi tajribali ijodkorlar tomonidan yaratildi va ularda tariximizning turli sahifalariga mansub yurtdoshlarimizning badiiy qiyofasi jonlantirildi.
Qadimgi madaniy davrdan to yurtimizda Islom diniy e’tiqodi qaror topgunga qadar kechgan voqealar Yo‘ldosh Muqimovning “Avesto” haqidagi “Mangu mash’al”, Komil Avazning “Avesto” – mehr farzandi”, Y.Muqimov va Hayitmat Rasulning Spitamen jasoratlaridan hikoya qiluvchi romantik ruhdagi “Muqaddas Taxtizar”, Nasrullo Qobulning Ibrohim alayhissalom tavalludiga bag‘ishlangan “Namrud”, Usmon Azimning “Alpomishning qaytishi” S.Sirojiddinovning “To‘maris” pesalarida ifoda etildi.
O‘zbekiston hududlarida o‘rta asrlarda bo‘lgan madaniy-ma’rifiy yuksalish davrlari va uning buyuk alloma, mutafakkir, donishmand, sarkarda zotlari haqidagi sahna asarlari sifatida Usmon Qo‘chqorning “Rasululloh kotibi”, Muhammadali Ergashevning “Saodat yo‘li”, Rustam Ma’dievning “Bir kechalik tush”, Sobir Ehsonning “Muhaddis”, Muhiba Hamidovaning “Buxoriy muhabbati” kabi Imom Buxoriy haqidagi, Ibrohim Rahimning “Ahmad al-Farg‘oniyning yoshligi”, Yo‘ldosh Sulaymonning “Osmonga sig‘magan muhabbat”, Nurilloxon Abdullaevning “Bashar allomasi”, Haytmat Rasulning “Piri koinot”, Jumaniyoz Jabborovning “Al-Farg‘oniy” nomli ulug‘ allomaga bag‘ishlangan hamda Erkin Samandarning “Jalolidddin Manguberdi”, Burhon Islomovning “Sarbadorlar” tarixiy dramalarini sanash mumkin.
Amir Temur va temuriy shahzodalar haqida yaratilgan pesalar miqdori yigirmadan ortiq ekanini aytdik. SHulardan e’tiborga moliklari Abdulla Oripovning “Sohibqiron”, Odil YOqubovning “Fotihi Muzaffar yohud bir parivash asiri”, Ma’ruf Jalilning “Sohibqiron” (“Amir Temur qissasi”), Qilich Abdunabievning “Amir Temur va Yildirim Boyazid”, To‘ra Mirzoning “Amir Temur”, Urfon Otajonning “Xumoyun qabul”, SHavkat Pardaevning “Jahongir”, Turob Akbarxo‘jaevning “Zamon o‘g‘loni”, Salohiddin Sirojiddinovning “Sohibqiron Temur”1, Nasrullo Qobulovning “Amir Muzaffar fojiasi”, Xurshid Davronning “Boburshoh” (“Sog‘inch”) tarixiy asarlari. SHu o‘rinda mazkur davriy chegara doirasida olinadigan yana bir necha dramalar borki, bular ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri hazrat Alisher Navoiy hayoti haqida yoki asarlari asosida yaratilgan tarixiy, tarixiy-falsafiy pesalardir. Xususan, CHori Avazning “Fuqaroning taxtsiz podshohi”, Abdulla A’zamning “Dugohi Husayniy”, SH.Rizaevning “Iskandar” asarlari o‘sha jumladan. YAna bir ma’lumotni mazkur mavzu doirasida qayd etmoq kerak. Bir necha avlod o‘zbek kitobxoni va tomoshabinlariga suyumli ham yod bo‘lib ketgan Uyg‘un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” pesasi garchi o‘tgan asr 40-yillari mahsuli bo‘lsa-da, istiqlol davrida Izzat Sulton tomonidan qayta ko‘rib chiqilib, zamonaviy g‘oyaviy talqinda yangitdan sahnalashtirildi. Asar mafkuraviy soxtaliklardan tozalanib, tarixiy haqiqatga muvofiqlashtirildi.
O‘lkamiz tarixida temuriylardan so‘ng bo‘liq iz qoldirgan atoqli shaxslar haqida ham ko‘plab tarixiy-biografik sahna asarlari yaratildi va turli teatrlarda turlicha talqinlarda tomoshabin hukmiga havola etildi. Bular Erkin Samandarning “Arab Bahodirxon”, Komil Avazning “Ogahiy”, “Feruz” (“Saqili navo”), Nasrullo Qobulning “Na falakman, na farishta” (“Mashrab”), A.SHalomaevning “Ahmad Donish”, Salohiddin Sirojiddinovning “Fig‘on” (Nodirabegim), Zulxumor Solievaning “Uvaysiy” kabi asarlaridir. YUqorida mualliflari va nomlari qayd etilgan sahna asarlari ayrimlarining adabiy matnlari e’lon qilingan, aksariyati, asosan, sahnalashtirilgan.
Abdulhamid CHo‘lpon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan asarlar ko‘p. Jumladan, Usmon Azimning “Kunduzsiz kechalar”, To‘lan Nizomning “CHo‘lpon”, Ziyo Najmiyning “Zanjirband sher” pesalari fikrimiz dalili. Undan keyin otashin shoir Usmon Nosir haqidagi Nodira Rashidovaning “Usmon Nosir” va Abdulla A’zamning “Usmon Nosir qaerda” asarlarini sanash mumkin.