Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а
I. Tarixiy mavzudagi romanlar. Ularni roman syujetida qaysi davr tarixi aks etganligiga ko‘ra ham ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi:
1. Yurtimizning uzoq tarixi aks ettirilgan romanlar. Bularga hozirgi o‘zbek romanchiligi namunlaridan Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasi (2010 y.), Omon Muxtorning “Alisher Navoiy va rassom Abulxayr” (2001), SHahodat Isaxonovaning “Bibixonim” (2011), To‘lqin Hayitning “Vafo malikasi”, Risolat Haydarovaning "Javzo” (2007), Pahlavon Mahmud (Asad Dilmurod “Pahmlavon Mahmud” (2006), Sa’dulla Siyoyevning “Yassaviyning so`nggi safari” kabi asarlari mansub bo‘la oladi.
Hozirgi tarixiy romanlarda yurtimiz o‘tmishiga oid haqiqatlar, moziyning yashirin qatlarida qolib ketgan yoki mafkuraviy ta’sirlar oqibatida shaxsiga biryoqlama yondashib kelinayotgan iste’dod sohiblari bo‘lgan ajdodlarimiz merosiga xolisona munosabat namoyon bo‘ldi. Natijada adabiyotimiz sahifalarida Amir Temur va temuriylar (Muhammad Ali “Ulug‘ saltanat”, To‘lqin Hayit “Vafo malikasi”, Shahodat Isaxonova “Bibixonim”, Risolat Haydarova “Javzo”, Poyon Ravshanov “Amir Temur sullolasi”), Mahmud Tarobiy (Asad Dilmurod “Mahmud Tarobiy”), Ahmad Yassaviy (Sa’dulla Siyoev “YAssaviyning so‘nggi safari”), Alisher Navoiy (Omon Muxtor “Navoiy va rassom Abulxayr”) kabi tarixiy siymolar obrazlari yaritildi, ular to‘g‘risidagi tarixiy haqiqatlar badiiy haqiqatga aylantirildi,ular hayoti va ijodiy faoliyati atrofidakechgan voqealar misolida xalqimiz o‘tmishining eng muhim va diqqatga sazovor, zalvorli manzaralari yorqin aks etdi, ular faoliyatiga oid ibratli qirralar yoritildi.
2. Sho‘rolar davri tarixi yoritilgan romanlar. Ushbu siraga mansub romanlarning ko‘pchiligida yurtimizning yaqin o‘tmishida millatdoshlarimiz boshidan kechirgan murakkab va ziddiyatli kechmish aks etgan bo‘lib, bunda yurtdoshlarimizning matonati, sabr-bardoshi va ulug‘ fazilatlari haqida hikoya qilingan. O‘tgan asrda amalda bo‘lgan ijtimoiy tuzum qoidalari, uning inson manfaatlari, qismatiga, millatning qadriyatlarigа salbiy ta’siri va oqibatlari Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, Nurilla Abbosxonning “Sho‘rqishloq” (2010 y.), Normurod Norqobilovning “Dashtu dalalarda” (2009), Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor” (2000), Erkin A’zamning “Shovqin” (2011), Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” (2005), Omon Muxtorning “Ming bir qiyofa", Murod Mansurning “Judolik diyori”, Qamchibek Kenjaning “Palahmon toshlari” kabi romanlarida ayniqsa yortqin aks etdi.