Мавзу: Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек адабиёти тараққиётининг асосий босқичлари Режа



Yüklə 469,72 Kb.
səhifə45/55
tarix12.06.2023
ölçüsü469,72 Kb.
#129098
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Мавзу Янги ўзбек адабиётининг асосий хусусиятлари. Янги ўзбек а


22-ma'ruza: Tog’ay Murod ijodi


Togʼay Murod
1948 yil - 2003 yil
Surxondaryo
Tarjimai hol
Togʼay Murod (1948-2003) — uning asl ism-sharifi Togʼaymurod Mengnorov boʼlib, Togʼay Murod adabiy tahallusidir. U 1948 yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanining Xoʼja Soat qishlogʼida dunyoga kelgan. Oʼrta maktabni 1966 yilda tugatib, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakulьtetida tahsil olgan. 1994 yil yozuvchi Аbdulla Qodiriy nomidagi Respublika mukofoti sovrindori boʼlgan, 1999 yil unga “Oʼzbekiston xalq yozuvchisi” unvoni topshirilgan.
Togʼay Murod respublika radiosida muharrir (1972-1976), “Oʼzbekiston jismoniy tarbiyachisi” gazetasida tarjimon (1976-1978), “Fan va turmush” jurnalida boʼlim boshligʼi boʼlib ishlagan (1982-1984). 1985-1987 yillar Moskvadagi adabiyot institutida tahsil olgan.
Ilk qissasi – “Yulduzlar mangu yonadi” (1976) orqali kitobxonlar orasida yetuk, oʼziga xos yozuvchi sifatida tanilgan.
Togʼay Murodning har bir yangi asari respublikaning adabiy hayotida muhim voqeaga aylanadi: “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980) va “Momo Yer qoʼshigʼi” (1985).
“Oydinda yurgan odamlar” qissasi uchun Oybek nomidagi mukofotga sazovor boʼlgan. 1993 yil “Yoshlik” jurnalida “Otamdan qolgan dalalar” romani chop etilgan. Barcha gazeta va jurnallarda Togʼay Murod asarlarining oʼziga xos xarakteri haqidagi ajoyib taqrizlar, maqolalar chop etilgan.
Togʼay Murod Jek Londonning hikoyalarini va dramasini, Ye.Seton-Tompsonning mashhur “Yovvoyi yoʼrgʼa” kitobini oʼzbek tiliga tarjima qilgan.
2001 yil Togʼay Murodning ikkinchi romani “Bu dunyoda hatto oʼlim yoʼq” nashrdan chiqadi.
Togʼay Murodni, avvalam bor, davrning ijtimoiy masalalari, insonning axloqiy qiyofasi, mehnatga, insonlarga boʼlgan munosabati tashvishga soladi. Burch, majburiyat, mehnatkashlik, jasorat, haqqoniylik, samimiylik, mehribonlik – shular yozuvchi badiiy soʼz orqali ifoda etgan insoniy xislatlardir. Togʼay Murodning “Ot kishnagan tun” qissasining qahramoni – oddiygina choʼpon yigiti Ziyodilla ham shunday hislatlarga ega boʼlgan.
Ijod namunalari
“Ot kishnagan oqshom” (1979)
“Oydinda yurgan odamlar” (1980),
“Momo Yer qoʼshigʼi” (1985)
Togʼay Murod (taxallusi; asl ism-sharifi Mengnorov Togʼaymurod) (1948.3.2, Surxondaryo viloyati Denov tumani Xoʼjasoat qishlogʼi — 2003.27.5, Toshkent) — Oʼzbekiston xalq yozuvchisi (1999). Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972).
Respublika radiosida muharrir (1972—75), «Oʼzbekiston fizkulьturachisi» gazetasida (1976—78), «Fan va turmush» jurnalida (1982—84) adabiy xodim boʼlib ishlagan. 1984—86 yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida oʼqigan.
Dastlab kichik hikoyalari, ocherklari eʼlon qilingan. Birinchi yirik qissasi — «Yulduzlar mangu yonadi» (1976). «Ot kishnagan oqshom» (1979), «Oydinda yurgan odamlar» (1980), «Momo Yer qoʼshigʼi» (1985) qissalarida qishloq hayotiga xos manzaralar aks etgan. Ularda halol, oqkoʼngil, toʼgʼrisoʼz, mard oʼzbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. Oʼzbek adabiyotining yutugʼi sifatida eʼtirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi.
«Oydinda yurgan odamlar» qissasi qahramonlari Qoplon va Oymomo farzand orzu-ilinjida kun, oy, yillarni bir-biriga ulab yashashadi. Hali tugʼilmagan bolaning bobosi, momosi boʼlib, zurriyotni, bir-birlarini ardoqlashadi. Аsar qahramonlari fojeasi umid va yorugʼlikka toʼla mungli, hazin qoʼshiq qilib kuylanadi. Mazkur asar uchun adib Oybek mukofotiga sazovor boʼlgan.
«Momo yer qoʼshigʼi» qissasi oʼz gʼoyasi va uslubi bilan oʼzga qissalardan ajralib turadi. Unda milliy zamindan oyogʼi uzilgan, Vatan tuprogʼida yashab, yuragida yurt tuygʼusi boʼlmagan kishilarning obrazlari gʼarb adabiyoti sigʼindi bandasi boʼlib qolgan ijodkor misolida oʼzbekona kinoya bilan tasvir etiladi.
Togʼay Murod oʼzbek va jahon adabiyotining eng yaxshi anʼanalarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan. «Otamdan qolgan dalalar» (1993) romanida Oʼzbekistonning mustamlakaga aylanishi va tunu kun mehnat qilib, yashayotgan oʼzbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi ogʼir hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy chizib berilgan. Аsardagi Dehqonqul oʼzbek mehnatkashlarining umumlashgan obrazi darajasiga koʼtarilgan. U boshiga yogʼilgan minglab musibatlarga chidab yashashga majbur boʼlsa-da, oʼz insoniy shaʼni, qadrqimmatini baland tutadi, mustamlakachilarning yugurdaklarini ayovsiz fosh etadi. Аsar asosida badiiy filьm yaratilgan (2001). Yozuvchi 1994 yil “Otamdan qolgan dalalar” romani uchun Аbdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
«Bu dunyoda oʼlib boʼlmaydi» romanida ham oʼz ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolgʼon eʼtiqodlar, soxta shiorlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan sobiq firqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy boʼyoqlarda tasvirlagan.
Vafotidan soʼng “Tanlangan asarlar”i (1-jild, 2008; 2-jild, 2012) chop etilgan.
Togʼay Murod Jek Londonning «Boyning qizi» dramasi va hikoyalarini, E. Seton-Tompsonning «Yovvoyi yoʼrgʼa» qissasini oʼzbek tiliga tarjima qilgan.

Yüklə 469,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin