Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi
samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi 2019 yil 28 yanvardagi Farmonining asosiy mazmuni
nimalardan iborat?
2. Stata12 dasturidan makroiqtisodiy tahlilda foydalanishning afzalliklari.
3. Funksional va statistik bogʻliqliklar deganda nimani tushunasiz?
4. Yalpi korrelatsion-regression tahlilni oʻtkazish bosqichlari nimalardan
iborat?
5. Regression tahlil nimani aniqlashdan iborat?
24
4-BOB
MAKROIQTISODIY TAHLILDA MILLIY
HISOBLAR TIZIMI AXBOROT BAZASI SIFATIDA
4.1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasining mohiyati va
uning makroiqtisodiy o‘lchamlari
Milliy hisoblar tizimi ijtimoy soha va iqtisodiyot, jamiyatdagi
institutsional sektorlar va tarmoqlar uchun ham statistik ma’lumotlarni
olish va tahlil qilish imkoniyatini nazarda tutadi. U jamiyatda ro‘y
berayotgan o‘zgarishlarni miqdoriy o‘lchash, qiyosiy va sifat
ko‘rsatkichlarini tahlil qilish imkonlarini yaratadi.
Milliy hisoblar tizimi (MHT) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va
boyligi ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy darajada umumlashtirish va tahlil
qilish uchun konseptual va statistik asosni yaratadi. Asosiy hisoblar ishlab
chiqarish, iste’mol, sarmoyaning jamg‘arilishi, daromadlarning
taqsimlanishi va ulardan foydalanishni aks ettiradi. Aktivlar va passivlar
balansi milliy boylikning barcha tarkibiy qismlari – nomoliyaviy,
moliyaviy aktivlar va majburiyatlar, tabiiy resurslar va boshqalar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish imkonini beradi.
1953 yilgi MHT xalqaro darajada tan olingan dastlabki standart edi.
Keyinchalik u 1968 va 1993 yillarda yangilandi. Milliy hisoblar standarti
u yoki bu darajada majburiy bo‘lgan shartli qoidalarni o‘zida mujassam
etadi. Masalan, ishlab chiqarish chegarasi to‘g‘risidagi qoida undan uy
xo‘jaliklari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan
xizmatlarning ko‘rsatilishini istisno etadi; o‘z navbatida, aktivlar
chegarasi to‘g‘risidagi qoida ulardan uy xo‘jaliklari tomonidan ushbu
xizmatlarni ko‘rsatish uchun foydalaniladigan tovarlarni, hatto ulardan
ko‘p yillar mobaynida foydalanish mumkin bo‘lsa-da, chiqarib tashlaydi.
Shuningdek, aktivlar chegarasi to‘g‘risidagi qoida ushbu aktivlardan
innovatsiya, reklama, kadrlar tayyorlash xarajatlari kabi kelgusida
ulardan foyda olish kutilayotgan xarajatlarni ham chiqarib tashlaydi.
Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishi bilan ilgarigi shartli qoidalar
mos kelmay qoladi, metodologiya va nazariy konsepsiyalar,
foydalanuvchilar ehtiyojlarida o‘zgarishlar yuz beradi va shuning uchun
milliy hisoblar standartlari vaqti-vaqti bilan yangilanib turishi lozim.
1993 yilda MHT tubdan yangilanganidan keyin BMT Statistika qo‘mitasi
kichik, lekin tez-tez yangiliklar kiritishning maqsadga muvofiqligi
25
to‘g‘risida qaror qabul qildi, lekin bu qaror amalga oshirilmadi va shuning
uchun boshqa yirik yangilashni amalga oshirish zarurati tug‘ildi.
Ushbu zarurat so‘nggi 20 yil mobaynida iqtisodiyotda ishlab
chiqarish jarayonlarida axborot va kommunikatsion texnologiyalar
rolining oshishi bilan bog‘liq katta o‘zgarishlar yuz berganligi, nomoddiy
aktivlar va xizmatlar rolining oshganligi, milliy iqtisodiy tizimlarning
globallashganligi va ijtimoiy islohotlar tufayli yuzaga keldi. Mazkur
o‘zgarishlar tasniflash qismida ham, statistik tekshiruvlar va
makroiqtisodiy statistikani shakllantirish uchun konseptual asos sifatida
foydalaniladigan nazariy qoidalarda ham statistik ma’lumotlarni
shakllantirish sohasidagi tuzatishlarni talab qiladi.
1993 yilgi MHTni yangilash jarayoni rasman 2009 yilning mart
oyida nihoyasiga yetdi, o‘shanda yangilangan versiya BMT Statistika
qo‘mitasi tomonidan ma’qullandi. Unga «2008 yilgi milliy hisoblar
tizimi» nomini berish tavsiya etilgan.
O‘zgarishlar MHTning deyarli barcha bo‘limlarini qamrab oldi,
lekin asosan ular nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy xizmatlar va moliyaviy
vositalar, to‘lov balansi, davlat boshqaruvi sektori va davlat sektori bilan
bog‘liq bo‘limlarda jamlangan. Boshqacha aytganda, aksariyat tavsiyalar
iqtisodiyotning globallashuvi, moliyaviy vositalardagi innovatsiyalar,
boylik manbalariga hamda xususiy va davlat sektorining qarziga bo‘lgan
qiziqishning oshishini tavsiflovchi iqtisodiy birliklarga va operatsiyalarga
taalluqli. Tavsiyalar bir qismining amalga oshirilishi, ishlab chiqarish,
iste’mol, jamg‘arishning ayrim jihatlarini aks ettirishdagi o‘zgarishlar
munosabati bilan tizimining yalpi ichki mahsulot (YaIM) va omonat kabi
asosiy vositalarining o‘zgarishiga olib keladi. Boshqa tavsiyalar asosiy
ko‘rsatkichlarga daxldor emas, lekin ta’riflar va tasniflarni rivojlantirib,
ularga aniqliklar kiritgan.
Mamlakatni jahondagi o‘rnini real sektorning rivojlanish darajasi va
raqobatdoshligi belgilaydi.
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotni real sektoriga turlicha ta’rif
beriladi va quyida ularning bir nechtasi keltirilgan.
1. Iqtisodiyotning real sektori (IRS) (inglizcha – Real sektor of
economy) – iqtisodiy va qonuniy belgilanmagan iqtisodiy atama
hisoblanadi va ma’lum hududdagi faoliyati mahsulot ishlab chiqarishga
yo‘naltirilgan kichik, o‘rta va yirik (industrial) korxonalarni
birlashtiradigan iqtisodiyot sohasidir.
2. Iqtisodiyot real sektori – bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi
bo‘lib, u turli ishlab chiqarish sohalarini o‘xshash tavsiflar, iqtisodiy
26
maqsadlar, funksiyalari orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy
jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq qiladi.
3. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotni material-buyum
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi va
xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z ichiga oladigan soha. Real sektorga
moliya-kredit, birja faoliyati kirmaydi
6
.
4. Iqtisodiyotni real sektori kapitalni spekulyativ harakati istisno
qilgan holda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va iqtisodiy o‘sish
jarayonlarini birlashtiradigan soha.
5. Iqtisodiyotni real sektori – bu iqtisodiyotni muhim sektori bo‘lib,
to‘g‘ridan to‘g‘ri mahsulot ishlab chiqarish, daromad olish va budjet
daromadlari tushumini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish, mahsulot ishlab
chiqarish sohasi uning iqtisodiy atama sifatidagi sinonimlari hisoblanadi.
6. Iqtisodiyotni real sektori – kommersiyaga asoslangan seriyali va
yirik miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi, jumladan, bino
va inshootlarni qurish, aloqa, telekommunikatsiya, transport xizmatini
amalga oshiruvchi kichik, o‘rta va yirik korxonalar yig‘indisidir.
7. Iqtisodiyotning real sektori - iqtisodiyotning bevosita moddiy
ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi
bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va
boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini oladi
7
.
Iqtisodiyotda real sektorni samarali faoliyat yuritishida moliyaviy
sektor muhim o‘rin egallaydi.
Moliyaviy sektor – bu qarz olish va uni qaytarish bilan bog‘liq
bo‘lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to‘plamidir.
Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi.
Moliyaviy sektorga banklar, sug‘urta kompaniyalari, fond birjalari,
moliyaviy investitsion kompaniyalar, lombardlar va boshqa moliyaviy
institutlar kiritiladi.
Real sektorda YaIM ni asosiy qismi yaratiladi.
Butun real sektor iqtisodiyotining umumiy holatini tavsiflovchi
muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof
ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD) kabilar hisoblanadi
8
.
6
Комов А. Анализ системы кредитования реального сектора экономики России в 1 полугодии
2004 г. Русское Экономическое Общество. 2004. №141. С. 7-8.
7
I.A.Karimovning “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqorolik jamiyati barpo etish –
ustuvor maqsadimizdir” va “Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini
yuksaltirishdir” nomli ma’ruzalarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. –
2010. 60-bet.
8
Real sektor iqtisodiyoti va uni prognozlash. -R. Xasanov, X.Asatullayev, A. Suvonqulov,
X.Xakimov.Toshkent“IQTISOD-MOLIYA” 2013. 17 B.
27
Bu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi
barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini
qamrab oladi.
Shu sababli, real sektordagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni milliy
iqtisodiyot holatiga bog‘liq ravishda quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
1. Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar. Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yerosti
va yerusti boyliklari zaxiralari hamda tabiiy resurslari hajmini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
2. Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Bular bandlik, ishsizlik, inflatsiya, iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar
darajasi, narxlar darajasi va uning o‘zgarishi, savdo aylanmasi, to‘lov
balansi holati va boshqalar.
3. Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko‘rsat-
kichlar. Ishlab chiqarishning yillik hajmi (YaIM va uning harakat
shakllari).
4. Milliy iqtisodiyot natijalaridan foydalanish holatini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar. Bular YaIM da iste’mol va jamg‘arma nisbati, ish haqi va
boshqa omilli daromadlar darajasi, YaIM da investitsiyalar ulushi va
boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |