3.2. Transport xizmatlarining rivojlanishi
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan transportning rivojlanishiga katta ahamiyat berildi. Transportning barcha turlari : temir yo‘l, avtomobil transporti, havo yo‘llari transporti rivojlandi. YAngi temir yo‘l liniyalari qurildi, eskilari modernizatsiya – elektrofikatsiya qilindi. Avtomobil transportida Asakadagi engil avtomobillar, Samarqanddagi avtobus, avtomashinalar zavodlarining qurilib ishga tushirilishi O‘zbekistonni avtomobillar ishlab chiqaruvchi, mamlakatlar safiga qo‘shdi. Havo transportida ham aerodromlar zamonaviy tarzda ta’mirlandi, samolyotlar parki yangilandi. Bu o‘zgarishlar transport xizmatlari ko‘rsatkichlarining rivojlanishiga olib keldi.
3.3-jadval
Transport turlari bo‘yicha yuk tashish hajmi dinamikasi
|
y i l l a r
|
Jamiga nisbati,
%
|
2013 yil 2003 yilga nisbatan,
%
|
2003
|
2004
|
2010
|
2013
|
YUk tashish hajmi, mln. tonna
|
703,2
|
714,9
|
1173,2
|
1387,1
|
100,0
|
197,3
|
SHu jumladan
|
|
Temir yo‘l transporti
|
45,1
|
45,4
|
56,9
|
63,7
|
4,7
|
141,2
|
Avtomobil transporti
|
592,8
|
601,8
|
1062,6
|
1258,3
|
90,7
|
212,3
|
Quvur yo‘llari orqali
|
65,3
|
67,7
|
53,7
|
65,0
|
4,6
|
100,0
|
Havo transportida
ming tonna
|
5,9
|
5,6
|
29,4
|
22,0
|
0,0
|
372,9
|
3.4-jadval
Transport turlari bo‘yicha yuk aylanmasi dinamikasi
|
y i l l a r
|
Jamiga nisbati,
%
|
2013 yil 2003 yilga nisbatan, %
|
2003
|
2004
|
2010
|
2013
|
YUk aylanmasi, mlrd.t/km
|
63,3
|
64,5
|
75,8
|
83,7
|
100,0
|
132,2
|
SHu jumladan:
Temir yo‘l transporti
|
19,1
|
18,0
|
22,2
|
22,9
|
27,8
|
119,9
|
Avtomobil transporti
|
9,6
|
11,0
|
24,5
|
29,2
|
32,3
|
304,2
|
Quvur transporti
|
34,6
|
35,4
|
28,9
|
31,5
|
39,7
|
91,0
|
Havo transporti,
mln t/km.
|
95,3
|
117,3
|
168,0
|
116,3
|
x
|
122,0
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, yuklarni tashish xizmati bo‘yicha avtomobil transporti asosiy o‘rinni egallaydi. Mamlakat miqyosida xalqaro, Respublika ahamiyatidagi yo‘llarning kengaytirilishi va zamon talablariga javob beradigan tarzda qayta ta’mirlanish, mahalliy yo‘llarning qattiq qoplamalar bilan qoplanish, yangi yo‘llarning qurilishi yuk tashishni avtomobil transortida tashishni yaxshiladi. Avtomobil transportining yuk tashishdagi hissasi 2013 yil 90,7 % ni tashkil etgan. Mamlakat transportida yuk tashish hajmi yildan – yilga o‘sib bormoqda. Agarda Respublika bo‘yicha 2003 yilda 703,2 mln tonna yuk tashilgan bo‘lsa 2013 yilda bu ko‘rsatkich 1387,1 mln. tonnaga etgan, ya’ni 197,3 % ga oshgan. Jadval ma’lumotlari Respublikada barcha transport turlari bo‘yicha yuk tashish xizmati rivojlanganligini ko‘rsatadi. Lekin avtomobil va havo yo‘llari bo‘yicha yuk tashish xizmatlari yuqori sur’atlar bilan rivojlangan (tegishli ravishda 212,3% va 372,9 % ga). Bunday sur’atlarga yangi havo yo‘llarining ochilishi va avtomobil yo‘llarining qurilishi ham ta’sir qilgan, albatta.
Transport xizmatida yukni tashish bilan bir vaqtda, bu yuklarni qancha masofaga tashilgani ham muhimdir (transport vositalaridan foydalanish maqsadi ham yuklarni kerakli masofagacha tashib, manzilga etkazishdan iborat). SHuning uchun ham yukni tashilgan masofa bilan bog‘lab, ya’ni yuk aylanmasi ko‘rsatkichini (t/km) ko‘rib chiqamiz.
Transport xizmatlari yuk aylanmasi mutloq miqdorlarda muttasil ravishda oshib bormoqda. Agarda barcha transport turlari bo‘yicha yuk aylanmasi hajmi 2003 yilda 63,3 mlrd. t/km bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2013 yilga kelib 83,7 mlrd. t/km ga etgan, ya’ni 132,2 % ga o‘sgan. Transport turlari bo‘yicha yuqori sur’atlar bilan avtomobil transporti xizmatining o‘sayotganligini jadval ma’lumotlari ko‘rsatib turibdi. Bu transport xizmatlari ushbu davrda 271,8 % ga o‘sgan, ya’ni 2003 yilda 9,6 mlrd. t/km yuk aylanmasi bo‘lsa, 2013 yilga kelib 32,3 mlrd. t/km ga etgan. Bu albatta Mamlakatimizning hududlaridagi xalqaro, Respublika va mahalliy ahamiyatidagi yo‘llarning sozlanishi bilan bir vaqtda, Respublikamizda zamonaviy transport vositalarining ko‘payganligidan dalolat beradi. Transport turlari yuk aylanmasi tarkibiga nazar tashlasak, eng katta hissani (2013 yilda 39,7 % ni) quvur transporti tashkil etishini ko‘ramiz. Tashilgan yuklarda quvur transporti 4,7 % ni tashkil qilishga qaramasdan, yuk aylanmasida 39,7 % ni tashkil etishi, bu quvurlar bilan yuklar uzoq masofalarga etkazishligi bilan bog‘liq. Hozirgi paytda quvur transporti bilan tabiiy gaz va neft mahsulotlari tashish xizmatlari ko‘rsatiladi. Gazga boy bo‘lgan Buxoro viloyati va janubiy hududlardan tabiiy gaz O‘zbekistonning barcha viloyat hududlariga, hamda Qozog‘istonning janubiy viloyatlariga, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonga etkazib beriladi.
Transport turlarining bir qismi yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangandir. Ularga avtobuslar, engil mashinalar kabi transport vositalari kirib, xodimlarni ish joyiga, turli yo‘lovchilarni (mehmonga, xizmat safariga va boshqa yumush bilan safarga chiqqanlarni) manzillariga etkazib qo‘yishda yo‘lovchi tashuvchi transportlar muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, bu borada yirik shaharlarda (Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Navoiy, Buxoro kabi shaharlarda) xizmat ko‘rsatuvchi avtomobil, tramvay – trolleybus, Toshkent shahridagi metroning ahamiyati kattadir.
Yo‘lovchi tashuvchi transport xizmatlarining asosiy ko‘rsatkichlari qancha yo‘lovchiga (kishi) xizmat qilgani va ularni qancha masofaga olib borgani, ya’ni yo‘lovchi aylanmasi (yo‘lovchi kishi/km) bilan o‘lchanadi (ifodalanadi).
Transport vositalarining sonini va ularning turlarining ko‘payib borishi, hamda avtomobil, temir yo‘llarining ko‘payishi, ularning ta’mirlanib sifatining yaxshilanishi Respublikada yo‘lovchilar tashish hajmining yildan – yilga ko‘payib borishi bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: |