Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


- «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvarag’i bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə76/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   102

4610 - «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» hisobvarag’i bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi








Hisobvaraqlar korrespondentsiyasi



Xo’jalik muomalalarining mazmuni




Debet

Kredit

1.

Ustav kapitaliga ulushlari bo’yicha ta’sischilar qarzlarining tashkil etilishi

4610

8310, 8320, 8330

2.

Ta’sischilar qarzlarining asosiy vositalar tarzida to’lanishi

0110 - 0190

4610

3.

Ta’sischilar qarzlarining nomoddiy aktivlar tarzida to’lanishi

0410 - 0490

4610

4.

Ta’sischilar qarzlarining pul mablag’larini berish yo’li bilan to’lanishi

5010, 5110, 5210

4610

5.

Ta’sischilar qarzlarining boshqa aktivlar tarzida to’lanishi

1010 - 1090, 2910

4610

10.3. Qo’shilgan kapital hisobi


Korxonada qo’shilgan kapital hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
8410 - «Emission daromad»;
8420 - «Ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha kursdagi farq».
Ushbu hisobvaraqlar passiv bo’lib, ular oddiy va imtiyozli aktsiyalar bo’yicha nominal qiymatdan yuqori bahoda olingan summalarni va ularning harakatini umumlashtirish uchun mo’ljallangan.
Korxonada qo’shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida vujudga kelishi mumkin:

  • emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatdan yuqori bahoda aktsiyalar birlamchi sotilishida;

  • kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali korxonalar ustav kapitalini shakllantirish paytida.

Misol. Nominal qiymati 600 so’m bo’lgan aktsiyalar 850 so’mga sotildi.
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 850 so’m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha muassislar qarzlari» - 600 so’m
K-t 8410-«Emission daromad» - 250 so’m.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, 8410-«Emission daromad» hisobvarag’i krediti bo’yicha faqatgina aktsiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa foyda solig’iga tortish ob’ekti bo’lib hisoblanmaydi.
Sotish bahosidan past narxlarda sotib olingan aktsiyalarni sotishda va summalar kamomadida 8410-«Emission daromad» hisobvarag’ida zarar aks ettiriladi.
Misol. 200 so’mlik nominal qiymatli, dastlab 240 so’mdan sotilgan aktsiyalar 260 so’mdan sotib olindi, keyin esa ikkinchi marta 200 so’mdan sotildi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 200 so’m
D-t 8410-«Emission daromad» - 40 so’m
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» - 20 so’m
K-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalar» - 260 so’m.
Qo’shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish paytidagi va ustav kapitaliga amalda valyuta va valyuta boyliklariga oid badallarni kiritish paytidagi valyuta kurslarining farqlanishi natijasida kursdagi tafovut yuzaga keladi.
Misol. Ta’sis shartnomasiga muvofiq qo’shma korxonaning ustav kapitalida chet ellik muassisning ulushi 200 ming dollardan iborat. Hujjatlarni ro’yxatda olish paytida 1$ 300 so’mga teng bo’lganligini hisobga olgan holda, uning ulushi 60000 ming so’m, deb baholandi. Biroq pul mablag’lari bilan badallar to’lash paytida 1$ 310 so’mga teng bo’lgan. Bu esa korxona so’m hisobida 200 ming dollarni olib, 60000 ming so’m emas, balki 62000 so’mga ega bo’ladi, degan ma’noni anglatadi. Bu tafovut 2000 (62000 - 60000)ming so’m qo’shimcha sarmoyaga kiritiladi:
D-t 5210-«Mamlakat ichkarisidagi valyuta mablag’lari» - 62000 ming so’m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha muassislar qarzlari» - 60000 ming so’m
K-t 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq» - 2000 ming so’m.
Biroq keyinchalik xorijiy valyutadagi pulga oid moddalar har bir hisobot davri yakunlanadigan sanada qayta baholanadi, bu qayta baholash natijasi kelgusi davrlar daromadi yoki xarajatlariga o’tkaziladi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin