Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
SHUKUR XOLMIRZAYEV (1940)
Shukur Xolmirzayev 1940 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topdi. U o‘rta 
maktabni tugatib, Toshkent dorilfununida tahsil ko‘rdi. Ijodi o‘quvchilik yillaridan boshlandi. 


Shukur Xolmirzayev hozirga qadar kitobxonlarga juda ko‘p hikoyalar, bir necha qissa va 
romanlar taqdim etdi. Uning ilk qissasi «Oq otli» tog’ bolalari hayotidan hikoya qiladi. 
Shukur Xolmirzayevning talabalikda yozilgan «To‘lqinlar» (1963) povesti zamondoshlarimizning 
murakkab taqdirini qalamga olinishi va o‘ziga xos mahorati bilan Abdulla Qahhorning e’tiborini 
tortgan va ulkan adib student Shukurga maktub bitib, uni qutlagan edi. 
Yozuvchining «O’n sakkizga kirmagan kim bor?» (1965), qissasi avlodlar qismatiga, aniqrogi o‘z 
avlodi — tengqurlari hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, voqelik ilk muhabbat iztiroblari tarixida 
tasvirlanadi. 
Muallifning keyingi ijodi — «Olis yulduzlar ostida» «Hayot abadiy», «Og‘ir tosh ko‘chsa...» 
hikoyalar to‘plami, «So‘nggi bekat», «Qil ko‘prik» «Yo‘lovchi», «Olabo‘ji» romanlaridir. 
Shukur Xolmirzayev ijodining alohida xususiyati shundaki, bu adib o‘zbek milliy hikoyachilik 
san’atini ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘tardi. Uning povest va 
romanlari hech qolishga sig‘mas, tesha tegmagan obraz, xarakterlarga boyligi bilan ajralib 
turadi. 
San’atkor dramaturgiyaga qo‘l urib, «Qora kamar» asarida bosmachi tamg‘ali o‘zbek 
vatanparvarlarini ilk bor ulug‘ ozodlik, mustaqillik g‘oyasi uchun qahramonona kurash olib 
borgan fidoyi millatparvarlar qiyofasida haqqoniy badiiy aks ettirib berdi. 
Shukur Xolmirzayev asarlari turli tillarga tarjima qilingan. 
Keyingi yillarda adibning «Bodom qishda gulladi» (1968), «So‘nmas olov» (1985)' «Toglarga qor 
tushdi» (1987) asarlari yaratildi. Yaqinda esa uning «Olabo‘ji» romani nashr etildi. U 1989 yilda 
Hamza nomidagi Davlat mukofotiga, 1991 yilda O’zbekiston xalq yozuvchisi upvoniga 
musharraf bo‘lgan. 
Shukur Xolmirzayev o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 
san’atkorlardandir. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin