Молия бозори статистикаси фани якуний назорат саволлари


Олий молиявий ҳисоб-китобларни хал қиладиган вазифалар турларини айтиб беринг



Yüklə 92,09 Kb.
səhifə28/29
tarix03.12.2023
ölçüsü92,09 Kb.
#171819
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Молия бозори ста жавоблари

36.Олий молиявий ҳисоб-китобларни хал қиладиган вазифалар турларини айтиб беринг.
Oliy moliyaviy hisob-kitoblar hal qiladigan vazifalar turlicha:
- oshgan qiymatni hisoblash;
— umumiy natijada operatsiyani har bir qatnashchining manfaatini aniqlash;
— foizlaming turli stavkalarini tahlil qilish;
— diskontlash metodlarini qo‘llash;
— to‘lovlar va stavkalarning ekvivalentligini ta’minlash;
— moliyaviy operatsiyalarni bajarish rejalarini ishlab chiqish;
— operatsiya va bitimlarning oxirgi natijalarini va ularning
parametrlari o‘rtasidagi bogiiqlikni o‘lchash;
— moliyaviy operatsiya va bitimlar samaradorligini o'rganish.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar vaqt o‘tishi bilan o'zgaradi.
Zamonaviy amaliyot yangi-yangi vazifalarni ko'ndalang qilib
qo‘yaveradi. Oliy moliyaviy hisob-kitoblaming qo'llanilishi diapazoni muntazam kengayib borgan.
Moliyaviy hisob-kitoblar kapitalizm paydo bo'lishi davrlarida
boshlangan, degan fikmi juda ko‘pchilik tasdiqlaydi. Fanning alohida tarmog‘i sifatida XIX asrda paydo bo'lgan. 0 ‘sha paytlarda ular
“tijorat hisob-kitoblari” deb atalardi. XIX asrning oxiridagi ayrim
g‘arb davlatlarida iqtisodiyotning tez o‘sishi tijorat hisoblashlarining
ortishiga va hatto kadrlar tayyorlashning ko‘payishiga olib keldi. Bu
ishga savdogar bilan bir qatorda shahar va hatto hukumat organlari
aralashadigan bo'ldi. 0 ‘sha yillarda faqat Germaniyada “tijorat
arifmetikasi”ni o'rgatishga asoslangan 24 ta oliy tijorat bilim yurti
faoliyat ko'rsatgan.

37.Фоизлар назарияси ёритиб беринг.
Foizli pullar yoki qisqacha foizlar deganda pulni (ssuda,
tovarni kreditga sotish, pulni depozit schyotiga joylashtirish, qimmatli qog'ozlarni ayrim turlarini sotish, olish va boshqa shakllar)
qarzga berib va undan olingan daromad summasi tushuniladi. Demak, foizlar qaysi shakl va paydo bo‘lish turiga ega bo'lmasin, ular
doimo ssuda foizi iqtisodiy kategoriyasining aniq namoyon bo'lishidir.
Moliyaviy bitim va kredit kelishuvini tuzishda tomonlar foiz
stavkasi haqida kelishib olishadi. Foiz stavkasi deganda qayd qilingan vaqt oralig'idagi nisbiy daromad hajmi tushuniladi va u foiz
daromadini qarz summasiga bo'lish bilan aniqlanadi. Foiz stavkasi
tijorat, kredit va investitsiya shartnomalarining eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, o‘nlik yoki oddiy kasrlarda o‘lchanadi. Oddiy kasrlarda o‘lchansa, aniqlik 1/16 yoki 1/32 qayd qilinadi.
Hisob-kitoblami amalga oshirishda foiz stavkalari, odatda, o‘nlik
kasrda o'lchanadi. Foiz stavkasi davri bir yil deb qabul qilingan.
Kelishuvga binoan foizlar ustama shaklda har yili to'lanishi yoki
boshlang‘ich summaga qo'shib borilishi mumkin. Boshlang‘ich summaga foizlarning qo‘shilib borishi bilan boshlang‘ich summaning
ortish jarayoni moliya bozorida foizni kapitalizatsiya qilish deyiladi.
Foiz stavkasi hajmi bir qancha obyektiv va subyektiv omillarga
bog'liq (pul-kredit bozori holati, bitim turlari, qarz va kredit muddati va razmeri, qarz oluvchining xususiyatlari va boshqalar) va u
qarz summa bo'yicha oshgan qiymat summasi hisoblashda faqat instrument hisoblanmay, xohlagan moliyaviy, kredit, investitsion yoki tijorat operatsiyasi, bitimi yoki faoliyatining daromadliligi darajasining o‘lchovi sifatida ham qo‘llaniladi. 0 ‘tgan asr adabiyotlarida
foiz stavkasi joylashtirish stavkasi deb yuritilgan. Bu noto‘g‘ri fikr
emas. Hozirgi kunda ham millionlab tijoratchilar o‘z kapitalini omadli
joylashtirish ustida bosh qotirishadi. Zamonaviy moliya bozorida foizlaming xilma-xil turlari va ulami kapitalizatsiya qilishning turli usullari
uchraydi. Foizlaming farqlanuvchi qator belgilarini ajratish mumkin.


Yüklə 92,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin