34.Пул муомаласи статистикасидаги асосий категориялар, классификациялар, кўрсаткичлар тизими Umumiy ta’rifga binoan pul maxsus tovar boiib, u barcha to varlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Hamma to varlar singari pul ham qiymatga va iste’mol qiymatiga ega. Pul muomala vositasi, jamg‘arma vositasi va qiymat oichovi funksiyalarini ba jaradi. Bu uch funksiyani hamma olim va amaliyotchilar tan oladi. Lekin iqtisodiy adabiyotdan bizga ma’lumki, pul yana ikki (to‘lov vajahonpuli) funksiyani bajaradi.
Pul muomalasi konsepsiyasi iqtisodiy nazariyaga asoslanadi. Vaqt o'tishi bilan iqtisodiy nazariya ham takomillashdi. Hozirgi nazariyaning asosi Irvin Fisheming pulning miqdoriy rivojlanishi nazariyasi hisoblanadi. Unga muvofiq, pul miqdori va tovar oqimlari
miqdori o'rtasidagi bogiiqlik berk quvur tizimidagi suv miqdori va shu quvur ichida oquvchi suv oqimi o'rtasidagi bogiiqlikka o'xshashdir. Ayrim davrlar uchun suv harakati hisobidan oqim quvurdagi suv zaxirasidan ko‘p boiishi mumkin. Oqim miqdori va suv zaxirasi miqdori o‘rtasidagi bogiiqlik uning harakat tezligi bilan aniqlanadi. Iqtisodiy tizimdagi pulning roli quvurdagi suv zaxirasi bilan bir xil. Pul belgilari aylanish funksiyasini bajarib, doimo aylanib turadi, ular yordamida tovar va xizmatlar harakati amalga oshadi. Lekin pul oqimining umumiy yoki yillik pul aylanmasi miqdori tizimdagi pul miqdoridan ancha ko‘p, negaki m aium bir davr
ichida har bir pul birligi bir martadan ko‘p sarf qilingan boiishi mumkin. Iqtisodiy tizimda pul harakatsiz qolmasligi munosabati bilan pul aylanmasi miqdori uning tizimdagi hajmi va aylanish tezligiga bogiiq. Pul tizimi —mamlakatda pul muomalasini tashkil etish shakli. Pul tizimining unsurlari: pul birligi, naqd pulni emissiya qilish tar- tibi va turlari, pul aylanmasini tashkil etish, pul zaxiralarini tashkil etish, yaroqsiz pullarni yo‘qotish, kurslar va almashtirish jarayon- lari, chetdan valutaning kirib kelishi va chiqib ketishi jarayoni, pul kupyuralari mavjudligi va h.k. Pul islohoti —pul muomalasini tartibga solish va mustahkam- lash maqsadida pul tizimini to‘liq yoki qisman o‘zgartirishni ifodalaydi. Pul islohotlari juda ko‘p o'tkazilgan. Lekin ularni o‘tkazish maqsa di va metodi o‘sha vaqtdagi iqtisodiy holatga bog‘liq bo‘lishi kerak.
Pul tizimini optimal tashkil etish, pul islohotlarini oqilona o‘tkazish, pul muomalasi bo'yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun pul tizimi va pul muomalasining hozirgi holati ha- qida tasawurga ega boiish kerak. Buning uchun ularni aniq va o‘z vaqtida hisoblangan parametrlari zarur. Parametrlarni hisoblash bi lan statistika shug'ullanadi. Pul bozoridagi operatsiya va bitimlaming samaradorligini tavsif- lovchi ko'rsatkichlami hisoblash va tahlil qilishni o‘rgatuvchi me todlar yig‘indisi pul muomalasi statistikasining predmetini tashkil qiladi. 0 ‘rganish obyekti — rasmiy pul birligi, pul massasi va ha rakati, pul emissiyasi tartibi va turlari, pul muomalasini boshqa- rishning metodlari va tashkiliy shakllari hisoblanadi.
Pul bozori statistikasining maqsadlari:
1) o'quvchiga statistik metodlar yordamida pul bozorini tahlil qilishni va xulosalar chiqarishni o‘rgatish;
2) pul-kredit siyosatini yaratish va realizatsiya qilish bilan shug'ullanuvchi organlami pul tizimi holati bo'yicha ishonchli axborot bilan ta’minlash.