Mundarija Kirish I bob bolalarda miqdoriy tasavvurlarning o’ziga xosligi


Bolalarda miqdoriy tasavvurlarni shakllantirishda maktbagacha ta’lim tashkilkotlarida olib boriladigan o’yinlar



Yüklə 57,92 Kb.
səhifə5/6
tarix16.12.2023
ölçüsü57,92 Kb.
#182241
1   2   3   4   5   6
Ii bob 3-4 yoshli bolalarda miqdoriy tasavvurlarning o’ziga xosl-fayllar.org (1)

2.2. Bolalarda miqdoriy tasavvurlarni shakllantirishda maktbagacha ta’lim tashkilkotlarida olib boriladigan o’yinlar
bola maktabga borguniga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quv-tarbiya ishlari bir-biri bilan uzviy
bog‘liq ravishda ish olib boriladi. Fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan
bugungi davrda bolalarning turli sohalardagi tajribalarni sodda holda o‘rganishi va
ulardan amaliyotda foydalana olishi uchun ularning maktabgacha yoshdan kerakli
va zarur bilimlarni egallashlariga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Ayniqsa, matematik bilimlar bola hayotida, uning har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mustahkam bo‘lishi bolalar tafakkurining, ulardagi analiz va sintez, mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo‘lishini ta’minlaydi. Bizga ma’lumki, sodda matematika orqali maktabgacha yoshdagi bolalar son va sanoq, geometrik shakllar, vaqt va fazo haqida, kattaliklar haqida boshlang‘ich bilimlarni oladilar. Bu bilimlar yordamida bolalar idrok qilinadigan obyektlarning xususiyatlarini analiz va sintez qilish, taqqoslash va umumlashtirishning eng sodda bog‘lanishlari hamda ular orasidagi munosabatlarni tushunib oladilar. Ilk sodda matematik tasavvurlarni shakllantirish natijasida bolalarda:
- geometrik shakllar va predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlar
shakllantiriladi;
- fazoviy munosabatlarni tushunish va fazoda mo‘ljal olish ko‘nikmasi hosil
qilinadi;
- vaqt haqida tasavvurlar shakllantiriladi;
- miqdor (kattalik) haqida tasavvurlar hosil qilinadi;
- son va sanoq haqida bilimlar berilib, birinchi va ikkinchi o‘nlik
ichida miqdoriy munosabatlar haqida tushunchalar hosil qilinadi.
Ta’limiy faoliyatlar mavzusi, maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar,
kerakli jihozlar, ta’limiy faoliyatning borishi to‘liq yoziladi. Ta’limiy faoliyatlar
davomida mavzular bolalarga sodda holda tushuntirilib, amaliy ishlar va turli interfaol o‘yinlar yordamida mustahkamlanadi. Har bir ta’limiy faoliyatning oxirida bolalarning bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar beriladi. Ta’limiy faoliyatlar davomida bolalar mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarib, turli interfaol usullar yordamida topshiriqlarni yechib, o‘yinlarni o‘ynab, ijod qilgan holda yangi matematik tushunchalarni o‘rganib, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab boradilar. Agar bola masalani yechishdagi yangilikni, masalani qiziqarli yechish
uslubini, doim qo‘llab kelgan an’anaviy uslublaridan voz kechib, masalaning yangi
yechimlarini, muammoning asosiy bog‘lanish mohiyatini anglash va uni yechish
uchun turli usullarni topish, amaliy masalalarni yechish, muammolardan chiqish,
oldindan aytib berish qobiliyatlariga ega bo‘lsa, unda matematik tushunchalar
rivojlangan hisoblanadi. Matematik bilimlar bolalarga ma’lum tizim va izchillikda berilishi, bunda yangi bilim kamroq miqdorda, ya’ni bolalar o‘zlashtirib oladigan darajada bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham bir vazifa bir qancha mayda qismlarga bo‘linib, ular birin-ketin o‘rganib boriladi. Tarbiyachi har bir yosh guruhining dasturi qanday tuzilganini bilishi lozim. Bu unga o‘z guruhidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash uchungina emas, balki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda boshlang‘ich matematik tasavvurlarni o‘stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar tizimida har bir ta’limiy faoliyatning qanday muhim rol o‘ynashi va o‘rin egallashini ko‘z oldiga keltirish uchun ham imkon beradi. Zero, ta’lim-tarbiyani izchil rivojlantirish ona Vatanga sadoqatli, bilimli, chinakam komil insonlarni voyaga yetkazishning asosiy shartidir. Davlat talablari ko‘rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog‘lomligi, qobiliyati, ehtiyoji va imkoniyatlari, ya’ni bola shaxsining ustuvorligi nazarda tutilgan.

Xulosa
Matematika mashg‘ulotlarida sanoqqa o‘rgatish uchun doiralar, uchburchaklar va boshqa narsalardan ko‘rsatma material sifatida foydalaniladi. Bolalar shakllar miqdorini aniqlab, ularni aytishadi.Mashg‘ulotlarda bolalarni doira, kvadrat, uchburchakning ba’zi belgilari bilan keyinroq esa, to‘g‘ri to‘rtburchakning belgilari bilan tanishtirish, shakllar har xil o‘lchamli va har xil rangli bo‘lishini ko‘rsatish kerak. Bolalar tarbiyachi bilan birga katta o‘lchamli (diametri 15 sm) shakllarni qarashadi, kichik o‘lchamdagi xuddi shu shakllarni ko‘rsatishadi.
Bolalarga o‘z konvertlaridagi shakllarni ajratish va ular qanday shakllar ekanini va qanchaligini aytishtaklif qilinadi.Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bolalar shakllarning kattaliklari bo‘yicha ortib va kamayib borish tartibida joylashtiradilar, har xil shakllarning miqdorlarini taqqoslab, qaysi shakllar kam, qaysi shakllarning miqdori barobar ekanini aniqlaydilar. Birinchi mashg‘ulotda bolalarga shakllarning bir xil komplekti beriladi, keyingi mashg‘ulotlarda esa har qaysi bola shakllarning shunday komplektini oladiki, unda shakllarning miqdori, rangi va o‘lchami har xil bo‘ladi.Tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan, bolalar shakllarni ikki poloskali kartochkalarga shakli, rangi, kattaligi bo‘yicha joylashtiradilar, so‘ngra poloskalarning har qaysisidagi shakllar miqdorini taqqoslaydilar.
Shunday mashg‘ulotlar o‘tkaziladiki, ularda bolalar kvadratlar bilan to‘g‘ri to‘rtburchaklarni taqqoslaydilar va ularning ba’zi xususiyatlari bilan tanishadilar. Masalan, tarbiyachi bolalarga kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak olishni, navbati bilan ularning konturlaridan barmoqlarini yuritib chiqishni va ular nimalari bilan farq qilishini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi. Bolalar kvadratni to‘g‘ri to‘rtburchak ustiga qo‘yib, shakllarni taqqoslashadi va to‘g‘ri to‘rtburchak uzun ekanini, u shunisi bilan kvadratdan farq qilishini ko‘rishadi.Bolalar sanashni o‘rganib olishganidan keyin, ular tanish shakllarniig elementlari bilan, ya’ni tomonlari va burchaklarining mavjudligi hamda ularning miqdori bilan tanishtiriladi.
Tarbiyachi kvadratning bir uchidan ikkinchi uchigacha barmog‘ini yuritadi va bu kvadratning tomoni ekanini aytadi. Kvadratning hamma tomonini ko‘rsatadi.
Shuni kuzatish kerakki, bolalar “burchak” so‘zini burchakning uchi bilan, ya’ni burchakni hosil qiluvchi nurlar (tomonlar) chiqadigan nuqta bilan bog‘lamasinlar. Shuning uchun burchak ko‘rsatilayotganda, qo‘lni burchak tekisligida bir tomondan ikkinchi tomongacha surib borib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar o‘z kvadratlari va to‘g‘ri to‘rtburchaklarining tomonlarini topishadi, so‘ngra esa burchaklarini topishadi, tomonlar va burchaklar miqdorlarini sanashadi, kvadrat va to‘rtburchakning to‘rttadan burchagi va to‘rttadan tomoni borligini aniqlashadi.
Navbatdagi mashg‘ulotda ular uchburchaklarni ham xuddi shunday tekshirishadi, hamma uchburchakda uchtadan burchak va uchtadan tomon borligini aniqlashadi. Bunday mashqlarni bolalar shakllarni tekshirib, ko‘yilgan savolga javobni mustaqil izlab topa oladigan qilibtuzish kerak.Geometrik shakllar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi bolalarga oldin gugurt cho‘plaridan shakl tuzishni, so‘ngra ornament hosil qilishni taklif qiladi.Shakllarni farq qilish va aytnsh bo‘yicha mashq qildirish uchun “Nima o‘zgardi?”, “Nima yo‘q bo‘ldi?”, “Shakllar dominosi”, “Xuddi shunday shaklni ko‘rsat” kabi didaktik va harakatli o‘yinlardan foydalaniladi. Masalan, tarbiyachida disk bo‘lib, unga doira bo‘ylab har xil geometrik shakllar joylashtiriladi. U disk strelkasini surish bilan goh u shaklni, goh bu shaklni ko‘rsatadi, bolalar esa, o‘z shakllari orasidan xuddi shunday shakllarni topishadi, ko‘rsatishadi va nomini aytishadi.“O‘z uychangni top” o‘yinida polga chizilgan yoki chilvirdan "tuzilgan doiralar, kvadratlar, uchburchaklar va boshqa shakllar uycha bo‘lishi mumkin. Katta o‘lchamli shakllar shaklini aniqlash bolalarga qiyinlik qilishkni hisobga olib, bunday o‘ychalar o‘lchamlarini tobora kattalashtirib borish maqsadga muvofiq.Individual mashqlar uchun “Juftini top”, “Kartochkaga mos shakl tanla” va boshqa o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bolalar shakllarning rangli va kontur tasvirlarini mos qo‘ynshadi, shaklga mos shakl tanlashadi.Yil oxirida bolalar sodda geometrik shakllarni nafaqat farq qilishadi va aytishadi, balki ularning ba’zi belgilari bo‘yicha oriyentir oladigan bo‘lishadi. Bolalarni buyumlar shaklini geometrik shakllar bilan taqqoslashga o‘rgatish mumkin. Shu maqsadda maxsus mashqlardan foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi stolga geometrik shaklni qo‘yadi, bolalar esa shu shakldagi buyumlarni tanlashlari kerak. Geometrik shakl — namuna shakl ayrim bolalarga berilishi ham mumkin, ular shaklni va o‘zlari tanlagan buyumni ko‘rsatishadi.Mashqlarni “Xuddi shu shakldagi buyumni top”, “Men nimani aytsam, shuni top”, “Topshiriq” va boshqa o‘yinlar shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiq. Tarbiyachi har qaysi shakldagi buyumdan ikki-uchtadan tanlaydi. Asta-sekin ularning miqdorini to‘rt-beshtaga yetkazish mumkin Olti yoshli bolalar ung va chap tomonni boshxa odamga nisbatan anixlashni xuddi uziga nisbatan ung va chap tomoini anixlagandek anixlashini yaxshi tushunib olmoxlari kerak (chap tomon ung xul turgan tomonda; ung tomon chap xul turgan tomonda). Anixlashning samarali usuli xayolan urtogining orxasiga turishdan iboratdir. SHunday xilib; “yuzi bilan orxasiga” boshlangich xolatidan, ya’ni bola urtogining orxasida turgan xolatida boshxa odamga nisbatan ung va chap tomonni anixdash kerak; shundan keyin “yuzma-yuz” xolatida, ya’ni boshxa bola xarshisiga turib, “ung-chap”ni farxlash kerak.Keyinrox esa xar xanday boshlangich xolatda, xatto urtogi orqasi bilan turganda xam, “ung-chap” tomonlar anixlanadi.


Yüklə 57,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin