Mundarija. Kirish


O’qituvchining kirish so’zi. (1daqiqa)



Yüklə 391,09 Kb.
səhifə10/15
tarix02.06.2023
ölçüsü391,09 Kb.
#124140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Mundarija. Kirish

1. O’qituvchining kirish so’zi. (1daqiqa)
Darsning tashkil etilishi:
a) salomlashish, davomatni aniqlash;
b) o’quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
s) O’quvchi qoidalar bilan tanishtiriladi.
2. Guruhlarga bo’linish. (2 daqiqa)
O’quvchilar tanlagan emblemalari orqali 5 ta guruhga bo’linib, joylariga o’tirishadi.
1-guruh.Beruniy
2-guruh. Ibn Sino
3-guruh. Ulug’bek
4-guruh. Xorazmiy
5-guruh. Nur
3. O’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob ( 5 daqiqa).
O’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo’yilgan savol va topshiriqlarni guruhlar boshlig’i chiqib tanlab oladilar.
1-savol: Yorug’lik nuri deb nimaga aytiladi?
Javob: Shaffof bir jinsli muhitda to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Yorug’lik tarqalayotgan chiziq yorug’lik nuri deb ataladi.
2- savol: Yorug’likning qaytish qonunini tushuntiring.
Javob: Tushgan nur va nur tushgan nuqtaga o’tkazilgan perpendikular orasidagi burchak α tushish burchagi, qaytgan nur va perpendikular orasidagi burchak γ qaytish burchagi deyiladi. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng.
3- savol: Yorug’likning sinish qonunini tushuntiring.
Javob: Singan nur va nur tushgan nuqtaga o’tkazilgan perpendikular orasidagi burchak  sinish burchagi deyiladi. Yorug’lik tezligi katta bo’lgan muhitdan tezligi kichik bo’lgan muhitga o’tganda sinish burchagi tushish burchagidan kichik bo’ladi.
4- savol: Ko’zgu deb nimaga aytiladi?
Javob: Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastina. Plastina shakliga qarab, yassi, qavariq va botiq bo’ladi. Narsa , buyumlardan qaytgan yorug’lik ko’zguga tushadi va uning kumushlangan qatlamidan qaytadi.
5-savol: Yorug’lik tezligi nechaga teng va uni birinchi bo’lib kim aniqlagan?
Javob: Yorug’likning bir jinsli muhitda 1 sekundda bosib o’tgan yo’li. Vakuumda tng katta tezlik 300000 km/s ga teng. Boshqa muhitlarda undan kichik. Tabiatda birorta jism yoki zarracha yorug’likning vakuumdagi tezligiga teng yoki undan katta tezlikda harakatlana olmaydi. Yorug’likning tezligini birinch bo’lib 1676 –yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer o’lchagan.
Yangi mavzuda o’rganiladigan asosiy tushunchalar ancha ko’p bo’lganligidan o’qituvchi tomonidan "Faol ma’ruza" usulida o’tish maqsadga muvofiq.

Yüklə 391,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin