BOB. QOZONXONALARNING YOQILG'I XO'JALIGI Energetik yoqilg’i.Yoqilg’i turlari
Tayanch iboralar: koks,qatron (smola), gaz generatorlari Asosiy tarkibiy qismi ugleroddan iborat bo'lgan yonuvchan moddaga YOQILG'Ideyiladi.Yoqilg'i agregat holatiga ko'ra - qattiq, suyuq, va gazsimon bo'ladi.Hosil bo'lishiga ko'ra - tabiiy va sun'iy yoqilg'ilarga bo'linadi. Tabiiy yoqilg'ilar sifatida kondan olinadigan (antrasit, tosh va ko'ng'ir) ko'mirlar, neft, gaz, yonuvchi slaneslar, torf, o'tin, o'simlik chiqindilaridan ko'proq foydalaniladi, Sun'iy yoqilg'igaesa domna pechlarining kokslari, motor yonilg'ilari, koks, generator gazlari va boshqalar kiradi. Yoqilg'i - organik modda bo'lib, kislorod bilan birikish natijasida katta issiqlik ajratib chiqaradi. Yoqilg'idan energetikada foydalanish uchun, u arzon va maqsadga muvofiq bo'lishi kerak. Hozirgi vaqtda asosiy yoqilg'ilar neft, tabiiy gaz va ko'mirdir. Dunyo bo'yicha ishlab chiqariladigan energiyaning 47% neft, 30% ko'mir va 17% gazdan olinadi. Energiyaning qolgan 6% esa energiya manbalarining boshqa turlaridan (boshqa yoqilg'ilar, gidro- va atom elektr stansiyalarida olingan energiya, quyosh, shamol, dengiz suvining ko'tarilishi (pasayishi) va boshqa energiya hosil qiluvchi manbalardan) hosil qilinadi. Yoqilg’ilarning kimyoviy tarkibi
Qattiq va suyuq yoqilg'ining asosiy kimyoviy tarkibiy qismlari: uglerod С, vodorod Н kislorod O, kam miqdorda azot N va S oltingugurtdir. Bularning hammasi organik massa tarkibiga kiruvchi moddalardir. Bundan tashqari bu massaga suv H2O /W/ va nihoyat yonish jarayonidan keyin qoladigan noorganik qoldiq - kul A kiradi. Namlik va kul yokilg'ining texnik tavsifi deb ataladi. Amaliy hisoblarda, yoqilg'ilar har-xil massalar orqali ifodalanadi: ishchi, quruq yonuvchi va analitik massalar. Agar ishchi massadan namlik va mineral moddalarni olib tashlasak, u holda quruq va yonuvchi massalar hosil bo'ladi. Bu massalarga kiruvchi elementlar miqdori foiz hisobida 100% ga teng va quyidagi tenglamalar shaklida yoziladi:
Ci + Hi + Oi + Si + Ni + Wi + Ai = 100%; Cq+ Hq+ Oq + Sq + Nq + Aq= 100%; Cyo+ Hyo + Oyo + Syo + Nyo = 100%.
(2.1) (2.2) (2.3)
Berilgan massa orqali boshqa massani aniqlash uchun quyidagi 2.1 - jadvaldan foydalanish mumkin. 2.1 - j a d v a l
Massa
Ishchi
Yonuvchan
Quruq
Ishchi
I
100 100 -(А+ W1)
100 100 - Wl
onuvchan
100 -(А - W1) 100
I
100 - Aq 100
Quruq
100 - Wq 100
100 100 - Aq
I
Tabiiy gazning asosan 86-95% metan СН4 dan tarkib topgan. Tarkibida ancha (9 - 4%) og'ir uglevodorodlar CmHn (etan, propan, butan va boshqalar), azot N2 (5 - 1%) va karbonat angidrid (ular umuman foydasiz, lekin zarari ham yo'q), suv bug'lari, geliy va boshqa inert gazlarning qo'shimchalari bo'ladi. Tabiiy gazning energetik qiymati uning tarkibidagi uglevodorodlarning miqdori bilan aniqlanadi va uning foiz tarkibi quyidagiga teng bo'ladi: