Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. ( 95-96-100 - betlar)



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

1
Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. ( 95-96-100 - betlar) 


92 
tezlikda ishlaydi. Uning maksimal ishlash tezligi sekundiga 25-30 metrni tashkil 
etadi.Shamol generatorlaridan foydalanishning afzalliklari: 
1. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi yoqilg‘i narxlarining 
o‘zgarishiga bog‘liq emas. 
2. Foydalanish xarajatlari past. 
3. Zararli chiqindilar chiqarmaydi. 
Shamol generatorlaridan foydalanishning kamchiliklari: 
1. Mustaqil ishlashi uchun zahira ta’minot manbai kerak bo‘ladi, ya’ni 
energiya ishlab chiqarish shamolning kuchiga bog‘liq. 
2. Boshlang‘ich kapital sarflanishi darajasi yuqori. 
3. Shovqin chiqarishi va vizual ta’siri katta. 
Biomassadan foydalanish. Chorvachilik va oziq-ovqat sanoatining organik 
chiqindilari biogaz ishlab chiqarish xom ashyosi hisoblanadi. Biomassani anaerob 
qayta ishlash paytida biogaz qurilmasida maishiy iste’molchilar tomonidan tabiiy 
yoki suyultirilgan neft gazi (LPG) o‘rniga foydalaniladi yoxud uni issiqlik yoki 
elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Ishlab chiqarilgan biogaz tarkibida 60-70 
foiz metan (CH4), 30-40 foiz uglerod oksidi (CO2) va 500 ppm (promill) vodorod 
sulfid (H2S) bor. Biogaz moslamalarida foydalaniladigan biomassaning 80-90 foizi 
go‘ngdan - sutchilik fermasi va qushxonlarning organik chiqindilari qo‘shilgan 
holda tayyorlanadi. Qoramollarning bir tonna go‘ngidan 25 m3 , parrandachilik 
go‘ngidan 190 m3 , sanoat chiqindilaridan 130 m3 biogaz ishlab chiqarilishi 
mumkin. Biogaz ishlab chiqarishda go‘ng yig‘ish uchun, odatda, qoramollarni 
fermalarda boqish talab etiladi. Biogaz moslamalaridan foydalanish quyidagi 
afzalliklarga ega: 
1. Biogaz CO2 ga qaraganda neytral yoqilg‘i hisoblanadi, undan 
foydalanish esa, atmosferada organik chiqindilarni achitishda yuzaga keladigan 
metan gazi miqdorining ko‘payishini oldini oladi. 
2. Achitilgan biomassadan olinadigan o‘g‘itlarning qiymati miqdori 
boshlang‘ich xomashyonikidan anchayuqori. 
3. Fermerlarga qarashli yerlarda oziqa moddalarini ekologik xavfsiz va 
iqtisodiy foydali uslubda, ikkilamchi qayta ishlash - qattiq biomassani biogaz olish 
uchun achitishning afzalligi hisoblanadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin