99
9-MAVZU: ATMOSFERA VA UNI MUHOFAZASI
Reja
1.Atmosfera tarkibi.
2.Atmosfera tuzilmasi.
3.Atmosferai floslanishi va tabiiy tozalanishi.
4
.Atmosferani muxofazasi.
Tayanch so’zlar:
Atmosfera, energetik komplekslar, tabiiy ifloslanish,
Atmosfera havosi ko’rinmas va elementlarga to’liq bo’lib,
atrof muhitning
abiotik omili sifatida ahamiyatga ega. Havo o’z ichiga 78 % azot, 21 % kislorod,
0,94 % argon, 0,03 % karbonat angidrid va boshqa gazlarni oladi. Karbonat
angidrid gazi fotosintez jarayonini amalga oshirishda qatnashadi. Fotosintez
karbonat
angidrid, suv va quyosh nuri ta’sirida borib, uning mahsuloti glyukoza,
kislorod va suv bug’idan iborat. Inson faoliyati karbonat angidrid gazini
atmosferaga tashlanishini orttirib yubormoqda. Gaz, ko’mir va boshqa isitish neft
mahsulotlari million yil oldin yashagan organizmlarning qoldiqlari bo’lib, ularning
zahirasi kamayib bormoqda. Bu yoqilg’ilar ishlatilishi
natijasida atmosferaga
chiqsa, CO
2
gazini miqdorini orttiradi va bu gaz bir qator muammolarni olib
keladi. CO
2
gazini miqdorini atmosferada oshishi avvalo, Yerda global isishga olib
keladi. AQShdagi eng issiq iqlim Kaliforniyadagi O’lik vodiyda 1913
yil iyul
oyida kuzatilgan. Yuqori harorat 57
0
C ni tashkil qilgan. Rekord darajadagi eng
sovuq temperatura Antarktikada kuzatilib, - 89
0
C ni tashkil qilgan.
1-rasm. Ozon molekulalarining kislorod atomlaridan tashkil topganligi.
Ular quyosh nuri va kislorod orasidagi kimyoviy
jarayonlar natijasida
shakllanadi.
100
Global isish
1895- yildan 1995 - yilgacha Yerdagi o’rtacha kun harorat 100 yillik
davr mobaynida 1
0
C ga ko’tarilgani aniqlandi. Hech kim buning sababi
insonlar
faoliyati natijasi, yoki Yerning tabiiy ob- havosi natijasi ekanligini
aniq aytolmaydi. Global isish qanday o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin?
Bo’ron soni oshishi mumkin. Muz qutblarining erishi boshlandi,
bular
dengiz suvi sathini ko’taradi va qirg’oqbo’yi hududlarini suvga g’arq qiladi.
Ob-havoning isishi tropik kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, misol uchun
bezgak kasalligi ko’p tarqalishi kuzatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: