125
(hududlarga optimal о‘t о‘simliklar ekish) qayta ishlash masalasini,
organik
о‘g‘itlarni qо‘llash, yerlarni qayta ishlashni mukammallashtirish,
kaliforniya
chuvalchangi bilan organik chiqindilarni qayta ishlash, gumusning optimal holatini
tiklashni talab etadi.
Yaylovlarda fitomelioratsiya ishlarini olib borish.
Bunda agrotexnik
tadbirlar, shuningdek mavjud о‘simliklarning hosildorligini oshirishda о‘g‘itlardan
fydalanish, begona о‘tlarni yо‘qotish, toshlardan tozalash, suv rejimini boshqarish
talab etiladi. Bu tadbirlarni qо‘llash hisobiga, yaylov va pichanlar hosildorligi 1,5
- 2,5 marta oshadi.
Yaroqsiz holga kelgan yerlarni rekultivatsiya qilish yо‘nalishlari:
1.
Rekreatsion yо‘nalish –
obodonchilik, hovuzlar,
sport maydonlari, о‘yin
maydonlari, bolalar maydonchalari qurish.
2.
Qishloq xо‘jaligi yо‘nalishi – yaylov, bog‘, uzumzorlar yaratish.
3.
Sanitar-gigiyenik yо‘nalish – biologik yoki texnik yо‘l bilan yaroqsiz yerlarni
atrof-muhitga ta’sir qilmaydigan sharoitda konservatsiya (buzilmaydigan holga
keltirish) qilish.
4.
О‘rmon xо‘jaligi yо‘nalishi – turli tipdagi о‘rmonzorlar barpo qilish.
5.
Baliqchilik yо‘nalishi – baliqchilikni rivojlantirish shart-sharoitlariga amal
qilgan holda suv havzalarini barpo etish.
Dostları ilə paylaş: