Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/24
tarix16.04.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#55568
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
bolalar jismoniy tarbiyasida milliy va harakatli oyinlarning tarbiyaviy ahamiyatini ilmiy-amaliy asoslari

O’yinning  qoidasi:  o’qituvchining  birinchi  signaliga  binoan 

o’ynovchilar  o’z  toshlarini  oldilariga  tashlaydilar  va  doira  markaziga  orqa 

o’girib  o’tiradilar.  Ikkinchi  signalga  muvofiq  keskin  ravishda  dastlabki 

xolatga  buriladilar  va  har  bir  o’yinchi  o’z  toshini  olishga  harakat  qiladi. 

Toshni olib ulgurmagan o’yinchi yutqazgan hisoblanadi va o’yin boshqatdan 

boshlanadi. Eng epchil, chaqqon va tez xarakat qiladigan, o’z toshini vaqtida 

oladigan o’yinchi g’olib sanaladi.  

O’yinchilarning  toshini  bekitishga  yoki  ularni  bosib  olishlariga 

ruxsat  etilmaydi.  O’yinning  boshlanishida  sanash  yo’li  bilan  tosh 

berilmaydigan  o’quvchi  aniqlanadi.  O’yin  boshlangandan  keyin  toshni 

olishga ulgirmaydigan va toshsiz qoladigan o’yinchi paydo bo’ladi.  

O’yin bolalarda egiluvchanlik sifatini rivojlantiribgina qolmay, ularni 

uyushib  xarakat  qilishga  da’vat  etadi,  demakki,  uyushqoqlik,  bahamjixatlik 

ruxida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. 

Kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchilar  rivojlanishining  yosh 

xususiyatlari. 

Mashg’ulot  yuqori  ko’rsatkichlarga  erishish  uchun  o’qituvchi 

boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  rivojlanishining  yosh  xususiyatlarishi  juda 

muhimdir.  

Avvolo  shuni  ta’kidlab  o’tish  kerakki,  bolaning  rivojlanishi  atrof 

muhitga,  hayotning  qanday  tashkil  etilishiga,  tarbiyasiga,  shu  jumladan, 



 

35 


jismoniy  tarbiyasiga  to’g’ridan-to’g’ri  bog’liqdir.    Bo’yiga  o’sish  kichik 

yoshdagi maktab bolalari uchun xosdir.  

Bolalarni  jismoniy  tarbiyasini  asosi  bo’lib  sog’liqni  mustahkamlash 

va to’g’ri jismoniy rivojlantirish hisoblanadi. 

Jismoniy 

tarbiyaning 

sosiy 

vazifalari 



o’quvchilarni 

sog’lomlashtirish,  ularni  jismoniy  rivojlaniishi,  harakat  malakalari  tizimiga 

ega  bo’lishi  va  jismoniy  sifatlarning  rivojlanishini  yaxshilashdan  iborat.  Bu 

vazifalarni  hal  etish  uchun  o’quvchilarning  yoshiga  qarab,  kichik  maktab 

yoshilagi bolalar, o’smiralar va yoshlar bilan har-xil usulda ish olib boriladi.  

YOshiga  qarab  davrlarga  bo’lish  hozirgi  paytlarda  kp  tarqalgan, 

uning  ichida  yangi  tug’ilgan,  bog’cha,  maktabgacha  va  maktab  yoshidagi 

davrlari,  o’z  navbatida,  kichik,  o’rta  va  katta  maktab  yoshiga  bo’linadi, 

bolalar muassasa tizimining tez yuzaga kelishiga ta’sir etadi. 

Fiziologiyada  mavjud  bo’lgan  bolalar  va  o’smirlar  yosh  davrlariga 

bo’lish  tizimi,  rivojlanishning  aloxida  davr  bo’limlari  maktab  yoshdagi 

bolalar uchun asos bo’lib hisoblanadi. Pedagogikada maktab  yoshi kichik 7-

10  yoshga,  o’smirlik  11-14  yoshga  va  o’spirinlik  15-17  yoshlarga  bo’lish 

qabul qilingan. 

Bolalarni  o’z  vaqtida  hayotiy  muhim  bo’lgan  harakat  malakalariga 

o’rgatish,  eng  asosiylari  yurish,  yugurish,  sakrash  va  uloqtirish  malakalari 

hisoblanadi. 

Kichik maktab yoshidagi bolalar bilan jimoniy tarbiya darslarini olib 

borishdagi  asosiy  yo’nalish  hyoatiy  zarur  jarayonlar:  yurish,  yugurish, 

sakrash,  uloqtirish,  qomatni  to’g’ri  saqlay  olish,  tezkorlik,  chaqqonlik, 

mushak  tezliklarini  tahlil  qilish  qobiliyatlarini  tarbiyalashga  qaratib,  ularni 

shakllantiradi.  



 

36 


Maktab  yoshidagi  bolalar  bilan  jismoniy  mashg’ulotlar  tizimini 

to’g’ri olib borish bola organizmining o’sishi va rivojlanishini kuchaytiradi, 

fiziologik jarayonlarni jonlantiradi.  

Jismoniy  tarbiyani  tarkibiy  qismi  o’rgatish  bo’lib,  bu  jarayonda, 

o’quvchilar  turli  xil  malaka  va  harakatlarni  bilish  murakkabligini 

o’zlashtirishadi. 

Jismoniy tarbiya darslarida bolalarni o’rgatishda vosita va uslublarni 

tanlash,  har  xil  yoshdagi  o’quvchilarning  jismoniy  imkoniyatlariga  qat’iy 

to’g’ri kelgan holda amalga oshirilishi kerak. 

6  yoshli  bolalarda  harakat  ko’nikmasi  va  malakalari  tez  shakllana 

boshlaydi.  Ularda  bo’y,  mushak  kuchi  o’sadi,  harakat  koordinatsiyasi 

yaxshilanadi,  harakat  amplitudasi,  tezligi,  yo’nalishi,  maromi,  sur’ati, 

baholash  malakasi  takomillashadi,  hakrakatni  tahlil  kilish,  undagi  ayrim 

fazilatlarni  jarata  olish  qobiliyati  rivojlanadi.  bolA  harakat  natijalari  uning 

bajarish  sifatlariga  bog’liqligini  tushuna  boshlaydi,  so’ng  yaxshi  natijalarga 

erishish maqsadida, harakatlarni chidam, bardosh bilan bajarishga kirishadi.  

Bularning  hammasi    asosiy  harakatlarni  gimnastik  va  jismoniy 

mashqlarni  bajarish  texnikasini  o’rganishga  imkon  yaratadi.  6-7  yoshdagilar 

va  9-10  yoshdagi  bolalarni  o’pka  massasi  oshadi,  alveolalar  soni 

kattalarnikiga  yaqinlashadi,  o’pkaning  tuzilmaviy  o’zgarishi  uning  tiriklik 

sig’imining oshishiga olib keladi. SHuningdek o’pkaning tiriklik sig’imi1.40-

1.60 l da 2.20-2.50 l gacha oshadi.  

Tashqi  naafas  olishning  oshishi  bilan  biraglikda  yuroq-qon  tomir 

tizimining  tinch  holatda  ham  va  jismoniy  ish  vaqtida  ham  kislorodga  talabi 

ko’rsatkichlarning  oshishi  kuzatiladi.  Bu  o’zgarishlar  orqali  mushaklarning 

kislorod  bilan  ta’minlnish  xususiyati  ortadi,  energiya  almashinishi  jarayoni 

takomillashadi.  



 

37 


Tayanch-harakat apparati, markaziy va perefirik nerv tizimida hamda 

ichki  organlarda  morfologik  va  biokimyoviy  o’zgarishlar  jismoniy  sifatlar 

rivojlanishining tuzulmaviy xususiyatlari bilan bog’liqdir.    

Bolalar va o’smirlarda fiziologik tomonidan chidamlilik sifati har xil 

siklik mashqlar turlaridan iborat bo’lib organizmda aerob ishlab chiqarilishini 

oshiradi.  Mutaxasislarining  hisoblashicha,  kichik  maktab  yoshidagi 

bolalarning  umumiy  chidamliligini  oshirish  uchun  3  km  dan  45  km  gacha 

kros  yuugurishi  tavsiya  etiladi.  SHu  maqsad  bilan  birgalikda  darslarda 

harakatli o’yinlar va o’yin mashqlarini qo’shish taklif etiladi.  

Kichik  maktab  yoshida  tezkor-kuchni  rivojlatirishning  samarali 

vositasi 15 m dan 30 m gacha qisqa vaqtli yez  yugurish charchashni keltirib 

chiqarmaydi. 10-11 yoshdagi o’quvchilarda ish bir necha bor bajarilsa, tezkor 

qobiliyati oshadi. 

Kichik 


maktab 

yoshidagi 

o’quvchilarda 

egiluvchanlikna 

tarbiyalashda  bir  qancha  yo’nalishlar  bor.    Bular,  birinchi  navbatda  tayanch 

apparatining  morfologik  xususiyatlari:  mushaklar  va  bo’g’inlarning  yuqori 

cho’ziluvchanligi,  umurtqaning  harakatchanligidir.  7-10  yoshdagi  bolalarda 

egiluvchanlikning yuqori rivojlanganligi kuzatiladi. 

Harakat malakalarini  egallashga  yo’naltirilgan darslarda  o’quvchilar 

muvaffaqiyatga  erishish  uchun  bolalarning  yosh  xususiyatlarning  har 

tomonlama hisobga olish kerak.  

Milliy  va  harakatli  o’yinlarni  harakat  sifatlarini  tarbiyalashga 

yo’naltirish  bo’yicha  tanlash  yoshni  hisobga  olgan  holda  amalga  oshiriladi. 

Kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchilarda  epchillik,  tezkorlik,  harakat  aniqligi 

va koordinatsiyalari yuzaga kelishi xarakterlidir.  

Ta’limning  asosiy  savollari  va  bolalarda  shartli  reflekslar,  harakat 

malakalarining  fiziologik  asosini  tashkil  qilish  xozirgi  vaqtda  chuqur 

o’rganilgan va jismoniy tarbiya hamda sportning asosini tashkil qiladi.  




 

38 


YUqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  milliy  harakatli  o’yinlarni 

yig’ish,  ularni  turkumlarga  ajratish  jismoniy  tarbiya  darslari,  sifatini 

oshirishda,  zichligini  ko’tarishda  bolalarda  qiziqish  uyg’otishda  muhim 

vosita  bo’lib  hisoblanadi.  SHu  sababli  ularni  o’rganish  kunning  dolzarb 

masalalaridan biridir. 

 

Kichik  maktab  yoshidagi  bolalarning  jismoniy  tarbiya  vositalari 



o’quvchilarning jinsiga, yoshiga qarab jismoniy tayorgarligini hisobga olgan 

holda aniqlandi. 

        O’quvchilarda  jismoniy  tayyorgarlikni  aniqlash  uchun  1-jadvalda 

keltirilgan testlar qo’llanildi:        



1-jadval 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin