135
1.Kо‘rgazmali qurollar va ularni tanlash.
Darsni tashkil etishda
kо‘rgazmali qurollar muhim о‘rin tutadi. Didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri
darsning kо‘rgazmaliligini ta’minlash. Ayniqsa, mehnat ta’limini о‘qitishda
kо‘rgazmali qurollardan foydalanish о‘quvchilarga iqtisodiy kategoriyalarni,
muammolarni о‘rganishda katta yordam beradi.
Kо‘rgazmali qurollar yordamida о‘quvchilar bir vaqtning о‘zida muhokoma
qilinayotgan savolni,
axborotni ham eshitish, ham kо‘rish orqali qabul qilishi
shubhasiz ularni puxta bilim olishlariga yordam beradi.
Kо‘rgazmali qurollar xilma-xil taraqqiyotning о‘zi bir tomondan, fanni
chuqur о‘zlashtirishni zarur qilib qо‘ysa, ikkinchi tomondan, dars berishning turli-
tuman yangi uslublari kо‘rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish,
ularni qо‘llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish,
qiziqarli
jarayonga aylatirishga yordam beradi. «Bilim olish ignada quduq qazish bilan
barobar» degan naql bejiz emas, chunki u nihoyatda mashaqqatli mehnat. Sabr-
toqatni talab qiladi. Tabiiy yoshlarda energiya kо‘p, sabr-toqat esa yetishmaydi.
Eng yuqori malaka, tajribaga ega о‘qituvchilar ham darsdan kо‘zlangan
maqsadga erishish, о‘quvchilarning mavzuni puxta о‘zlashtirishlari uchun doimo
auditoriyaga qarab, dars mashg‘ulotini ma’lum bir tartibda avvaldan qanday tarzda,
qaysi metodlarni qо‘llab о‘tkazishini о‘ylab qо‘yishi, rejalashtirishi kerak.
Darsni tuzilishi psixologik va pedagogik tamoyillarga kо‘ra tashkil etilishi
va darsda vaziyatni о‘zgarishi, о‘quvchilarning tayyorgarligi va boshqa sabablarga
kо‘ra moslashish imkoniyatini beradigan tarzda bо‘lishi kerak.
Darsni qanday
tashkil etishni rejalashtirish, yо‘l kо‘rsatuvchi yо‘llanma tarzidagina bо‘lishi
mumkin. U hamma eshikni ochadigan kalit emas. Sababi: birinchidan, о‘quv
xonalar, о‘quvchilarning darsga tayyorlanib kelishi, darsga faol qatnashish darajasi
bilan sinflar farq qiladi.
Ikkinchidan, mavzular bir-biridan farq qilib, masalaning
mazmunini ochib berishda turli usullar qо‘llashni toqazo etadi. Uchinchidan,
о‘quvchilar jonli mushohada yurituvchilar ekan, albatta bir dars ikkinchisidan farq
qiladi. Kutilmagan vaziyat sodir bо‘lishi
mumkinki, u ham albatta dars о‘tishga
136
ta’sir qiladi, dars tarkibini о‘zgartirishga olib keladi, Bunda о‘qituvchi mohir
dirijyor orkestrni boshqarganday auditoriyani boshqarishi kerak. Lekin
kо‘rgazmalilikni har qanday sharoitda ta’minlash mumkin.
Dars jarayonida sо‘z bilan о‘qituvchi tomonidan yodga tushirish,
о‘quvchilarning hayolida gavdalantirish mumkin bо‘lgan ichki, hayoliy
kо‘rgazmali qurollar: adabiyot, san’at
asarlari, badiiy film, badiiy asar
qahramonlari hayotda yuz beradigan turli voqea, vaziyatlardan odatda keng
foydalaniladi. Har bir darsni boshlaganda eng avvalo о‘qituvchi о‘tilgan mavzuni
о‘quvchilarning yodiga tushiradi. Yangi mavzuni boshlar ekan, о‘quvchilar
diqqatini
unga jalb qilish, fikrini yо‘naltirish uchun adabiyot, san’at asarlari yoki
hayotda yuz bergan voqeani gapirib berish mumkin. Bu yangi mavzuni о‘rganishga
о‘quvchilar ruhi, kayfiyatini tayyorlaydi.
Mashg‘ulot jarayonida kо‘rsatib izohlash mumkin bо‘lgan kо‘rgazmali
qurollar:
jadval, sxema, plakat, chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish
о‘quvchilarning bilimini puxtalashtirishda muhim rol о‘ynaydi.
Darsda doskani ishlatish kо‘p vaqtni oladigan, boshqa texnik vositalardan
foydalanishga imkoni yо‘q auditoriyalarda plakat,
chizmalardan foydalanish
maqsadga muvofiq. Jadval, sxema, grafik, diagrammalardan foydalanish universal:
- avvaldan slayd plyonkalarga chizib, texnik vositalar yordamida
kо‘rsatilishi;
- vatman qog‘ozga chizib, texnik vositalardan foydalanish uchun sharoiti
yо‘q auditoriyada foydalanish;
- kserokopiyadan chiqarib, tarqatma material sifatida foydalanish;
- disketga kiritib, kompyuter orqali kо‘rish, tahlil qilish mumkin.
Xullas, kо‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday
tarzda, qanday maqsadda foydalanish о‘qituvchiga bog‘liq.
О‘qituvchi kо‘rgazmali qurol tanlar ekan, albatta, avvalo, ma’ruzami yoki
seminar darsimi ekanligini hisobga oladi. Ikkinchidan, qaysi mavzu, bu mavzuda
о‘quvchilar oldiga о‘qituvchi nima vazifa qо‘ymoqchi, maqsadi nima, muhokama
137
qilinayotgan muammoni yechishda kо‘rgazmali qurol qanday yordam berishi
mumkinligini hisobga olib tanlashi kerak.
Masalan, jadval raqamlaridan ma’ruzada biron gipotezani, ilgari surilayotgan
fikrni tasdiqlash maqsadida foydalaNilsa, seminar darsida masala yoki mashq
bajarganda foydalanish mumkin. Bunda ham kо‘rgazmali qurollardan foydalanish
darajasi о‘qituvchining mohirligi, fantaziyasiga bog‘liq.
Keyingi paytda darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng
qо‘llanilmoqda. Tarqatiladigan materialning
muhim ijobiy tomoni shundaki, u
bevosita о‘quvchining qо‘lida bо‘lib, uzoqdan kо‘rsatiladigan kо‘rgazmali
qurollarga xos kamchiliklardan xoli.
Kо‘rgazmali qurollarning afzalligi shundaki, uni dars о‘tishning barcha
shakllari, metodlarida qо‘llash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish
qilinadigan materiallarsiz, kо‘rgazmali qurollarsiz о‘tib bо‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: