Molekulyar tuzilishli moddalar – kristal panjara tugunlarida molekula joylashgan bo’ladi. Ularda molekulalar orasidagi tortishish kuchi kichik bo’ladi. Shu tufayli ular qattiq modda holida oson suyuqlanadigan, suyuq modda holida oson bug’lanadigan bo’ladi.Barcha gazlar, suyuq moddalar barcha organik birikmalar (polimerlardan tashqari) J2, P4, naftalin quruq muz
Nomolekular moddalar – kristal panjara tugunlarida atom, ion, va Me+ joylashgan bo’ladi. Ularda atomlar orasidagi tortishish kuchi ancha kotta, shu sababli ular asosan atomlardan tarkib topgan.Ular asosan kristal moddalar bo’lib qiyin suyuqlanadi va qaynaydi.Ular juda yuqori temperaturada gaz holatiga o’tishi mumkin.
Valentlik(EduartFranklend) – 1 element atomi boshqa element atomining muayyan sondagisini biriktiribolish imkoniyati. 1 element atomi boshqa element atomi bilan hosil qilgan bog’larsoni.
– valentli – H,F,Li,Na,K,Rb,Cs,Fr I va II valentli – Cu, Ag, Hg
– valentli - O,Be,Mg,Ca,Sr,Ba,Zn II va III valentli – Fe, Co, Ni
– valentli – B,Al,Ga,In,Tl II va IV valentli – C, Si, Sn, Pb III va V valentli – P, As, Sb II,III va VI valentli – Cr
II,IV va VI valentli – S, Se, Te I,II,III,IV valentli – N I,III,V,VII valentli – Cl, Br, J II, III, IV,VI,VII valentli – Mn
Kimyoviy formula – bu moddaning sifat va miqdor tarkibini kimyoviy belgi, indeks va koeffisiyentlar yordamida ifodalashning shartli usulidir.Kimyoviy formulalar moddaning nomini, oddiy yoki murakkabligini, uning tarkibi qanday elementlardan tashkil topganligini, moddaning molekulyarmassasini ko’rsatadi.
Kimyoviy formulalar valentlik asosida tuziladi va ular quyidagi ko’rinishga ega: