t - x argumentning oxirigi qiymati, t=2. 10 DIM Y0(2), Y1(2),Y(2) 20 INPUT N, H,X,Y0(1),Y0(2),T 30 PRINT X,Y(0)Y0(2) 40 GOSUB 1000 50 X=X+H 60 IF X>T GOTO 80 70 GO TO 30 80 STOP 90 END 1000 REM «EYLER METODI» QISM DASTURI 1010 FOR 1= 1 TO N Y(I)=Y0(I): NEXT I 1020 GOSUB 2000 1030 FOR 1= 1 TO N 1040 Y0(I)= Y0(I) + H*Y1(I) 1050 NEXT I 1060 RETURN 2000 REM DIFFERENSIAL TENGLAMALARNING OlNG TOMONINI 2010 REM HISOBLASH QISM DASTURI 2020 Y1(1)=Y(2) 2030 Y1(2)=3*Y(2) - 2*Y(1)+ 2*X -3 2040 RETURN ELEKTR YURITMANI AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMLARINI SONLI METODLAR YORDAMIDA MODELLASHTIRISH Elektr yuritmani modellashtirishda uning harakat tenglamasidan foydalaniladi. Uning harakatini esa algebraik va oddiy differensial tenglamalar tizimi ifodalaydi. Adabiyotlarda ko‘riladigan ko'pgina misollar asosan chiziqsiz masalalarni yechishga bag‘ishlanadi. EHMda elektr yuritmani avtomatik boshqarish tizimlarini (ABT) hisoblash va loyihalashda, tadqiqotlar o‘tkazishda masalaning qo‘yi- lish xususiyatlariga qarab ratsional metod aniqlanadi va tanlab olinadi. Sonli metodlarning EHMda analiz yoki sintez masalalarini yechishda qo‘llanilishi asosiy xususiyatlardan biri bo‘lib, bu metodning aniqligi, sonli turg‘unligi, hisoblashlarni bajarish uchun ketgan vaqti va algoritm strukturasi hisoblanadi.