Obidjon karimov


Yomonlikdan yaxshilik ко 'ribdi kim



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/48
tarix29.07.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#137897
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Mumtoz she\'riyat janrlari. Karimov O

Yomonlikdan yaxshilik ко 'ribdi kim,
G ‘umay ekib, javdari о ‘ribdi kim?!
Ко ‘rma yomonlikni do ‘stingga ravo,
Do ‘st ко ‘ngli og ‘risa, topilmas davo.
MU AMMO
Muammo - (L«-o) arabcha so‘z bo‘lib, yashirilgan, berkitilgan 
ma'nolarini anglatadi. Adabiy termin sifatida bir (yoki ba'zan bir 
necha) so‘z - k o‘pincha ism yashirib berilgan kichiq lirik janrdir. 
Muammo, odatda, bir, ba'zan ikki baytdan tashkil topadi. U a-a yoki 
a-a, b-a shaklida qofiyalanadi. «Yashirin» so‘z shoiming turli- 
tuman ishoralari (ma'nodosh yoki shakldosh so‘zlarini topib olish, 
bir tildagi so‘zning ikkinchi bir tildagi ekvivalentini qoMlash
so‘zlardagi ma'lum harflarni tizib yangi so‘z yasash, abjad hisobini 
ishlatib, raqamlar asosida so‘z tuzish va boshqalar) asosida topiladi.
Masalan:
Chok bag ‘rim tarafin aylading ikki parkand,
Birini tashlabon oxir, birin ettingpayvand.
Bu muammoning birinchi misrasidagi «bag‘rim» 
so‘zi
chok etilib, bir harf «m» (f) tushirib qoldiriladi va o ‘rniga bir harf -
62


boshda kelgan «Ь» (ч->) oxiriga payvand qilinadi, natijada «g'arib» 
so‘zi kelib chiqadi.
Yoki:
Qasdi jonim g 'a chu mujgoni ikki s a f tuzdi,
Biri qosh yosi, biri g ‘amzang о ‘qin ко ‘rguzdi.
Bu muammoda «saf» so‘zi berilgan, lekin bu so‘z ikki marta 
qaytariladi, ya'ni «saf», «saf» bo'ladi. Muammoning ikkinchi 
misrasidagi ishoraga k o ‘ra birinchisiga 
(qosh yosi), ikkinchisiga 
g‘amza o ‘qi q o‘shiladi. N atijada «safi» ( u ^ ) va «safo» ( ^ ) so‘zlari 
kelib chiqadi.
M uammo janri 
XI-XIII 
asrlarda 
fors-tojik 
adabiyotida 
shakllangan bo'lsa ham, 
u XV asrga kelib Xuroson va 
M ovarounnahr adabiy muhitida keng tarqaldi. U hatto shoirlar va 
kitobxonlam ing bilimdonligini sinashda bir o ‘lchov vazifasini ham 
o'taydigan bo‘lib qoldi. Alisher Navoiy «Majolisun-nafois» asarida 
faqat muammo yozish bilan shug‘ullangan Mavlono Muhammad 
M uammoiy, Mavlono Muhammad Nomiy, Mavlono Arrun, 
Mavlono Nizom, Mavlono Darvesh Ali, M ir Husayn Muammoiy 
kabi bir qancha shoirlar haqida ma'lumot beradi.
M uammo janri XV asrda shu qadar keng tarqaldiki, natijada 
davm ing yirik ilm-ma'rifat namoyandalari Jomiy, Navoiy, Bodiiy 
Tabriziy, Sharafiddin Ali Yazdiy va boshqalar bu janm ing 
xususiyatlarini yoritib beruvchi maxsus asarlar yaratdilar.
Alisher Navoiyning o ‘zi ham davrining adabiy an'analariga amal 
qilib, muammo yozish va echish bilan ko‘p shug‘ullangan. Uning 
muammo bilan, muammoni tez yechuvchilar bilan, bu sohada yangi 
paydo bo‘lgan talantlar bilan juda qiziqqanini Zayniddin Vosifiy 
o ‘zining «Badoe’ul-vaqoe» asarida alohida ta'kidlagan.
Navoiy muammolari o'zining g ‘oyaviy - tematik xususiyatlari 
bilan ham, badiiy-poetik xususiyatlari bilan ham maroqlidir. Ularda 
biz yengil yumor, hazil-mutoyiba bilan birga, muhitining, ayrim 
kishilam ing illatlarini tanqid qilishni ham ko ‘ramiz. Navoiy o'zbek 
tilida 50 dan ortiq muammo yozgan va ulaming hammasini 
«Navodirush-shabob»ga kiritgan. Bu muammolar mazkur janm ing 
hamma talablariga javob beradigan eng yaxshi namunalar 
hisoblanadi.
63


Navoiy o ‘z muammolarida kishilarning jonli xarakterlarini nozik 
chiziqlarda aks ettirib, kitobxonga zavq va shavq bag‘ishlaydi, 
sun'iylik va bejamadorlikka berilmaydi.
Masalan:

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin