Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi



Yüklə 159,93 Kb.
səhifə5/14
tarix28.11.2023
ölçüsü159,93 Kb.
#168620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Fayziyeva Azizaxonning

Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. BMI Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakultetining “Oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi” kafedrasi yigʻilishida muhokama qilinib, himoyaga tavsiya qilingan. Tadqiqot natijalari boʻyicha Toshkent farmaseftika instituti akademik litseyi “Ona tili va adabiyot” fanidan ochiq dars oʻtkazildi (darslar ishlanmalari ilova qilinadi). Shuningdek, mavzuda oid bitta maqola Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil qilingan “Metodist” ilmiy-metodik toʻplamda nashr etildi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi uch bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, BMIda qoʻllangan terminlarning oʻzbekcha-inglizcha lugʻati va ilovalardan iborat. Ishning umumiy hajmi 84 sahifani tashkil qiladi.
I BOB. SIFATLARNING MA’NO TURLARI TALQINI 1.1. Sifatning ma’no guruhlarini tasniflashga oid ilmiy qarashlar
Ta’lim tizimidagi rivojlanish jamiyat taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Buning uchun muntazam tarzda boshlangʻich ta’lim tizimida qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalarni oʻzlashtirish, shu orqali oʻquvchilarning kompetensiyalarni egallash jarayonlarini jadallashtirish, ularni rivojlanayotgan jamiyat talablariga moslashtirish taqozo etiladi. Sifatli ta’lim olish ehtiyojining kuchayishi Oʻzbekiston fuqarolarining muhim hayotiy qadriyati sifatida tobora dolzarblashmoqda. Chunki sifatli ta’lim ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va haqqoniylikning asosiy omilidir.
“Farzandlarimizni mustaqil fikrlashga, zamonaviy bilim va kasb-hunarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi”,4 deb oʻz ma’ruzalarida ta’kidlab oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ana shu soʻzlari biz, ta’lim sohasi ishtirokchilari uchun ham dasturulamaldir, ham ustuvor vazifa boʻlib hisoblanadi.
Ma’lumki, til ijtimoiy hodisa sifatida har doim jamiyat bilan birgalikda, uning taraqqiyot qonun-qoidasiga muvofiq rivojlanadi. Shu bilan birga, jamiyat ijtimoiy ongi, milliy tafakkur rivojiga ham ta’sir koʻrsatadi. Jamiyat taraqqiyoti esa uni oʻrganuvchi fan oldiga ham davr talabini qoʻyadi. “Har bir davr oʻz fani oldiga muayyan maqsad va aniq talablar qoʻyadi. Fanlarning taraqqiyoti shu davrning ilgʻor falsafiy fikri, davr uchun yetakchi boʻlgan fan sohalarining yutuqlari bilan uzviy bogʻliqdir. Turli fanlarning manbalari koʻp qirrali boʻlganligi sababli davrning yetakchi falsafiy fikri fanlardan oʻrganish manbaining qaysi tomonlariga alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy kategoriyalarda q a y u s u l d a aks ettirish yoʻllarini belgilab beradi. Falsafaning metodologik ahamiyati ham, uning boshqa fanlarga bevosita ta’siri ham ana shundan iborat.”5
Xususan, milliy fan sifatidagi tilshunoslikka ma’naviyat muammosi globallashuvi jarayonining tezlashuvi kuchli ta’sir koʻrsatadi hamda uning oldiga ulkan va kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarni qoʻyadi. Bu, ayniqsa, bugungi kunda mustaqilligini oʻzi mustahkamlayotgan Oʻzbekiston uchun yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, toptalgan ma’naviy qadriyat, poymol etilgan axloqiy ustunlarimizning tiklanishi va kamol topishiga mustaqillik yillarida poydevor yaratilganligi ta’kidlanadi. Masalan, ona tilimiz mavqeining tiklanganligi, uning davlat tili maqomiga ega boʻlganligi shular jumlasidandir. Shu boisdan birinchi Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ona tili va milliy ruh, milliy ma’naviyat, davlat tili madaniyati tushunchasiga e’tibor konseptual xarakterga ega va boshqa fanlar qatori tilshunosligimizning dolzarb muammolariga yana bir karra e’tiborni jalb qiladi. Alohida e’tirof etish kerakki, oʻzbek tilining davlat tili maqomini olishi ma’naviyatimiz rivojida ulkan ahamiyatga ega.
Lekin shu zaminda yashab, hatto oʻzbek boʻla turib, unga bee’tibor qarayotganlar, voqelikka bepisand munosabatda boʻlayotganlar yoʻq emas. Shu masalaning oʻziyoq koʻtarilayotgan muammo – ma’naviyat masalasining yanada dolzarbligini koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi va buni Prezidentimiz: “Oʻzbek tili mustaqil davlatimizning bayrogʻi, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi”6, – deya e’tirof etdi. Bugungi kunda ona tili, oʻzga tillarga hurmat muammosi bilan birga davlat tili madaniyatini yuksaltirish asosiy vazifadan boʻlsa, iste’molga kirayotgan davlat tili madaniyati tushunchasi esa axloqiy, ma’naviy kategoriyadan biri sifatida namoyon boʻlmoqda. Bu esa tilning milliy tabiati yaqqol aks etadigan grammatik qonuniyatlarni ana shu metodologik asoslarga tayangan holda chuqur tahlil qilish, muammoga til va tafakkur, til va ma’naviyat, til va madaniyat mushtarakligidan kelib chiqqan holda munosabatda boʻlishni taqozo qiladi.
Tilshunoslarimiz M.Mirtojiyev va N.Mahmudov oʻzlarining «Til va madaniyat» risolasida «har bir til oʻz soʻz boyligiga, bu soʻzlar esa ma’lum fonetik qurilishiga, izchil grammatik qonuniyatlariga ega boʻladi. Uning shu tomonlariga putur yetib borar ekan, til inqirozga yuz tutadi»7, - deydilar. Tilshunos olim Gʻ.Zikrillayevning ta’kidlashicha, «milliy adabiy tilning ahvoli ana shu ma’nodagi milliy ruhga bogʻliq boʻladi». Milliy ruh esa milliy tafakkur va milliy tuygʻu bilan uzviy bogʻliqdir.
Oʻzbek tilshunosligi tom ma’nodagi mustaqil fan sifatida oʻzbek tilining oʻzbekona tabiatini ochiq-oydin oʻrganib, uni milliy gʻoya va milliy mafkurani targʻib qilishning tarkibiy qismiga aylantirdi. Bugungi kunda morfologiyada grammatik kategoriya va shakllarning, soʻz turkumlarining yangicha tasnifi va ularni ta’lim oluvchilarga oʻrgatish borasidagi ta’limga olib kirilayotgan ilmiy yangiliklar – interaktiv metod, texnologiya, integratsiya kabi tushunchalarning kirib kelishi fikrimizning dalilidir.
Xususan, morfologiya boʻlimini oʻrganish, nafaqat soʻz turkumlari, balki ularning ma’no guruhlari tasnifi haqidagi tilshunoslarimiz tomonidan aytilayotgan turli fikrlar, tilimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshmoqda. Oʻzbek tilida sifatni ma’no jihatdan guruhlash masalasiga turlicha yondashuvlar mavjudligini ham e’tibordan chetga qoldirmaslik kerak. Avvalo, oʻzbek tilshunosligida sifat ma’no guruhlari tasnifi masalasiga toʻxtalamiz.
Sifatlar oʻz navbatida bir qator maʻno turlariga ajratiladi. Oʻzbek tilshunosligida sifatni ma’no guruhlarga ajratish, dastlab, A.Kononov tomonidan amalga oshirilgan. U sifatni ma’no jihatdan yetti turga ajratadi8:

  1. rang-tus anglatuvchi soʻzlar;

  2. maza-ta’m anglatuvchi soʻzlar;

  3. hajm-shakl anglatuvchi soʻzlar;

  4. kishi va hayvonning xususiyatlarini ifodalovchi soʻzlar;

  5. umumiy xususiyatlarni anglatuvchi soʻzlar;

  6. xarakter-holat anglatuvchi soʻzlar;

  7. kishi va hayvonlarning jismoniy kamchiligini ifodalovchi soʻzlar;

Shundan soʻng koʻplab tilshunos olimlarimiz sifatning ma’no guruhlari haqida ilmiy-izlanishlar olib borishdi. I.Hamdamova, M.Sodiqova, A.Hoshimov, F.Najmiddinov shular jumlasidandir.Tilshunos I. Hamdamova ham sifat ma’no guruhlarini mantiqiy tamoyil asosida yetti guruhga boʻladi:

  1. Rang-tus bildiruvchi sifat.

  2. Insonga xos xususiyatni bildiruvchi sifatlar.

  3. Hayvonot dunyosiga xos sifatlarni bildiruvchi sifatlar.

  4. Narsa-predmetlarga xos belgi, xususiyatni koʻrsatuvchi sifatlar.

  5. Tabiat hodisalariga xos belgini namoyon qiluvchi sifatlar.

  6. Jamiyat hodisalariga xos belgini ifodalovchi sifatlar.

  7. Abstrakt tushunchaga xos xususiyatni bildiruvchi sifatlar.9

Tilshunos ayni guruhlarni oʻz ichida ma’nosiga koʻra yanada kichikroq guruhlarga ajratiladi. Bundan maqsad sifatlar anglatgan ma’nolarni toʻlaroq, izchilroq koʻrsatish ekani ta’kidlanadi:
1. Rang-tus bildiruvchi sifatlar quyidagicha tasniflanadi:

  1. axromatik rang: oq, qora, kulrang;

  2. xromatik rang: qizil, sariq, yashil;

d) spektr rang: bugʻdoyrang, jigarrang;
2. Insonga xos xususiyat, belgini bildiruvchi sifatlar quyidagicha guruhlanadi:

  1. aql va xarakterga xos sifatlar: vazmin, dono;

  2. turli holatni bildiruvchi sifat: boʻydoq, aybdor;

d) tashqi qiyofani ifodalovchi sifat: garang, gung;

  1. aqliy ojizlikni bildiruvchi sifat: ahmoq;

  2. biror hodisa yoki predmetga munosabat bildiruvchi sifat.

3. Hayvonot dunyosiga oid belgi-xususiyatni bildiruvchi soʻzlar quyidagicha tasniflanadi:

  1. otlarning zotiga koʻra turlari: arabi, qalmoqi;

  2. tashqi koʻrinishga va jismoniy kamchiligiga koʻra belgilarni ifodalovchi

sifat: qilichboʻyin;

  1. xulq-atvoriga koʻra sifat turlari: yoʻrgʻa, tepongʻich;

  2. qoramol va echkilarga xos xususiyat bildiruvchi: suzongʻich, suzagʻon;

  3. itlarga xos xususiyatni ifodalovchi sifatlar: qopagʻon;

4. Narsa-xususiyatlarga xos belgini ifodalovchi sifatlar quyidagicha guruhlarga ajratiladi:

  1. narsa-predmetlarni xarakterlovchi sifatlar: butun, baland;

  2. sezgi organlari vositasida xis qilish sifatlari: achchiq, nordon;

  1. predmet materiali va tashqi belgi-xususiyatlarni bildiruvchi sifatlar: devoriy,


Yüklə 159,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin