oynavand;
ish-harakat, holat bildiruvchi sifatlar: yopiq, pishiq;
vaqtga munosabat bildiruvchi sifatlar: bugungi, abadiy;
oʻringa munosabat bildiruvchi sifatlar: olis, uzoq;
5. Tabiat hodisalariga xos belgini anglatuvchi soʻzlar quyidagicha guruhlanadi:
oʻsimlik dunyosiga xos belgini ifodalovchi sifatlar: dumbul;
ob-havoga oid belgini ifodalovchi sifatlar: ayoz;
Jamiyat hodisalariga xos xususiyatni izohlovchi sifatlar: jahonshumul;
Abstrakt tushunchalarga xos belgi-xususiyatni bildiruvchi sifat: ajoyib.
I. Hamdamova oʻz tasnifida maza-ta’m, hajm-oʻlchov, makon-zamon kabi sifatlarni ma’no tur sifatida talqin qilmasa-da, narsaning belgi-xususiyatini bildiruvchi sifatlar zamirida ifodalaydi.Oʻzbek tilshunosligida oid adabiyotlarda, biz biladigan maktab va akademik litsey oʻquvchilari uchun yaratilgan darsliklarda, oʻquv qoʻllanmalarda ham M.Sodiqovaning keltirilgan sifatning ma'no guruhlari tasnifi asos sifatida keltirilgan.10M.Sodiqova oʻzbek tilidagi sifatlarni quyidagi ma’no guruhlarini farqlaydi:xarakter-xususiyat va holat bildiruvchi sifatlar; rang-tus bildiruvchi sifatlar;
shakl bildiruvchi sifatlar;hajm-oʻlchov bildiruvchi sifatlar; maza-ta’m bildiruvchi sifatlar; hid bildiruvchi sifatlar; vazn bildiruvchi sifatlar; oʻrin-paytga munosabat bildiruvchi sifatlar.11 Keltirilgan tasniflardan ayon boʻldiki, olimlarning oʻzbek tilidagi sifatning ma’no turlari tasnifi borasidagi fikrlarida yakdillik yoʻq. Afsuski, bu xususdagi fikr va gʻoyalar xilma-xilligi hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. 1.2. Ta’lim bosqichlari ona tili darsliklarida sifatlarning ma’no turlari tasnifi Tilshunoslikda mustaqil soʻzlarni turkumga ajratish tamoyillarida ularning leksik xususiyatlariga alohida eʻtibor qaratiladi. Predmetning belgisini bildiruvchi mustaqil soʻzlar sifat deyiladi. Sifatlar shaxs va narsa-buyumlarni ta’riflashda, nutqning ta’sirchanligini oshirishda gʻoyat muhim ahamiyatga egadir. Shu bois oʻquvchilar nutqini oʻstirishda “Sifat va uning ma’no guruhlar” mavzusi oʻrganuvchidan diqqat-e’tiborli boʻlishni, oʻqituvchidan esa katta mahoratni talab qiladi. Sifat va uning ma’no turlari haqidagi dastlabki ma’lumotlar 3-4- sinflarda berilsada, soʻz turkumi sifatida 5-6 –sinflarda oʻrgatiladi. 4-sinf ona tili darsligida sifat ma’no guruhlari toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot berilgan: Sifat shaxs va narsalarning rangini,mazasini, shaklini va hajmini va xil-xususiyatini bildiradi.12 Ushbu qoida keltirilar ekan, sifat ma’no guruhlari 5 ta boʻlib bular quyidagilar: Rang-tus, maza-ta’m, hajm, shakl, xil-xususiyat bildiruvchi sifatlar, mazmunidagi umumlashma fikr keltirilmagan.Darslikda “Sifatning ma’no guruhlari” mavzusida 17 ta mashq, qiziqarli she’rlar, topishmoqlar, ertak va matnlar berilgan. Mashqlar uchun matnlar oʻquvchini yoshiga mos tanlangan boʻlib, ba’zi mashqlar matnlari va topshiriqlari asosida oʻqituvchi tasviriy san’at, adabiyot va lingvokulturologiya fanlari bilan integratsiyali dars tashkil qila oladi. Masalan: 290-mashqda “Temur bobom”, “Jayronlar” kabi she’rlar keltirilgan boʻlsa, 292-mashqda “4-sinf “Oʻqish kitobi”dagi Oybekning “Alisherning yoshligi” asarini oʻqing. Alisherga va kiyikka xos boʻlgan xususiyat bildirgan sifatlarni koʻchiring”13topshirigʻi beriladi.5-sinf ona tili darsligida sifat soʻz turkumini oʻrganish uchun ushbu sinf oʻquvchilari saviyasiga mos ravishda aniq va qisqa ta’rif berilgan:Qanday?, qanaqa? Soʻroqlariga javob boʻlib, narsa-buyumning belgisini bildirgan soʻzlarga sifat deyiladi. Belgi deganda, rang-tus, maza-ta’m, shakl-hajm, xil-xususiyat kabilar tushuniladi.14 Bu darslikda “Sifatning ma’no guruhlari” degan tushuncha umuman qoʻllanilmagan. Ammo, 247-mashqda shunday topshiriq beriladi: Sifatlarga misollar toping va ularni quyidagi jadvalga joylashtiring.15 Oʻrganuvchi shu orqali sifat ma’no guruhlari haqida ma’lumot olishi mumkin, qachonki, oʻqituvchi quyidagilar sifatning ma’no guruhlari tarzidagi ma’lumotni bersa, yoki yozuv taxtasiga toʻrtta misol yozib, shu misollar asosida oʻquvchilarga sifat ma’no guruhlari haqida tushuncha berishi lozim boʻladi.
Darslikda 4 ta topshiriq, 4 ta mashq berilgan. 246-mashqda Rizouddin ibn Faxruddin qalamiga mansub fikr keltiriladi:
Ey hurmatli qizlar! Ey izzatli qarindoshlar! Sizlarga ma’lumdirki, goʻzal xulqli qiz bola butun oila uchun ulugʻ boylik va saodatdir.
Oʻqimishli, xulqini tarbiya qilgan qiz bola oltindan qimmatli, injudan qadrli bir boylikdirki, bu kabi qizlarning ismlari eng yiroq qarindosh-u tanishlarga qadar yetadi.16 Ushbu matn asosida 2 ta topshiriq beriladi. Oʻqituvchi bundan mohirona foydalanib, lingvokulturologiya fani bilan bogʻlab integratsiyali dars tashkil qilishi mumkin. Bunda oʻzbek qizlariga xos boʻlgan goʻzal xulq, odob-axloq, ibo-hayo kabi xislatlarni oʻquvchi yoshlarga singdirishi lozim. Oʻqituvchi oʻquvchilarga matn mazmunidan kelib chiqib quyidagi savollarni berishi mumkin:
Qadrli oʻquvchilar, bobo-buvilarigiz, ota-onangiz va oʻqituvchilaringiz sizlarga oʻzbek qizi qanday xislatlarga ega boʻlishi lozim, deya nasihat qilganmi?
Ularning nasihatlari yodingizdami?
Demak, Oʻzbek qizi qanday xislatlarga ega boʻlishi kerak ekan?
Shuningdek, oʻqituvchi dars jarayonida boshqa fanlar bilan ham
integratsiyani amalga oshirish uchun, qoʻshimcha topshiriqlar ishlab chiqsa boʻladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mavzu uchun tanlangan mashqlar matni sifat ma’no guruhlarining barchasini qamrab olmagan. Mashqlar tarkibida maza-ta’m, shaklhajm sifatlari umuma uchramaydi. Oʻqituvchi qoʻshimcha topshiriq ishlab chiqishga ehtiyoj sezadi. Mashqlar uchun matn tanlashda istiqlol, hur respublikamiz ravnaqi hamda mehnatkash xalqimiz haqidagi matnlarga oʻrin ajratish zarur. Darslikda mavzuga oid rasmli mashqlar koʻproq boʻlsa, oʻquvchilarning nutqini oʻstirish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish borasida oʻqituvchiga keng imkon yaratiladi.
6-sinf ona tili darsligi bu borada ancha mukammal ishlangan boʻlib , unda oʻqituvchi sifat ma’no guruhlarini oʻrgatishi uchun qulayliklar mavjud. Masalan, sifat ma’no guruhlari alohida mavzu sifatida berilgan, tasnif ham toʻla amalga oshirilgan. Sifat ma’no guruhlaridan xususiyat, hajm-oʻlchov, makon-zamon sifatlariga alohida, rang-tus, maza-ta’m va hid sifatlariga alohida mavzu sifatida oʻtiladi. Ammo, darslikda 11 ta mashq berilgan boʻlsa, ularning deyarli barchasining sharti “Sifat ma’no guruhlarini aniqlang” koʻrinishida boʻlib, bu oʻquvchini ancha zeriktirib qoʻyadi. Shu sababli, oʻqituvchi adabiyot, tasviriy san’at, psixologiya fanlari bilan integrativ tarzda topshiriqlar ishlab chiqishi kerak.
Darslikda narsa-buyumlarning belgilari ma’no jihatidan har xil boʻlishi, chunonchi, rangi (koʻm-koʻk osmon), shakli (dumaloq stol), hajmi (katta uy), harorati (iliq shabada), maza-ta’mi(achchiq shoʻrva), tashqi koʻrinishi (semiz qoʻy) tarzida berilgan. Shular qatorida shaxsning belgi-xususiyatini ifodalovchi yoqimtoy bola, ziyrak qiz, dilkash ulfat, badjahl odam kabi sifatlar berilsa, oʻquvchilar dunyoqarashi yanada kengayar, soʻz boyligi oshar edi.
Akademik litseyning II bosqich talabalari uchun yaratilgan Hozirgi oʻzbek adabiy tili darsligining 23-darsida “Sifat va uning uslubiyati” mavzusi yoritilgan. Unda sifatning ma’no guruhlariga alohida toʻxtalinmagan. Biroq, darslikda mavzu boʻyicha oʻtilganlarni mustahkamlash uchun 6 ta mashq berilgan. Darslik mashqlarini bajartirishda integratsiyadan foydalanish mumkin. Masalan, 2topshiriqda Shavkat Rahmon ijodidan she’riy namuna keltirilgan boʻlib, uni adabiyot bilan bogʻliqlikda, 245-mashqda “Ranglar jilosi” nomli matn berilgan boʻlib, uni psixologiya bilan integrativ tarzda, 246-mashqda xalq maqollari va hikmatlaridan namuna keltirilgan boʻlib, uni lingvokultrologiya bilan integrativ tarzda bajartirish lozim.
Akademik litsey oʻquvchilarini yosh xususiyatini, bilim darajasini va dunyoqarashini hisobga olsak, ularga faqat darslik bilan chegaralanmasdan, qiyosiy integratsiyadan foydalangan holda oʻqituvchi topshiriq ishlab chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ularni izlanuvchanlikka, topqirlikka oʻrgatish maqsadida “Sifat ma’no guruhlari qardosh xalqlar tillarida qanday tasniflanar ekan?” tarzidagi savollarni uyga vazifa qilib berish kerak.Yuqoridagi darsliklardan koʻrinib turibdiki, oʻzbek tilida sifat ma’no guruhlari tasnifida har xilliklar mavjud. Bu qarashlar tilimizda noaniqlikni vujudga keltirdi. Bu esa oʻzbek tili grammatikasini oʻrganayotgan har bir oʻquvchi yoki abuturiyentga birmuncha qiyinchiliklarni vujudga keltirmoqda.Ona tili ta’limini takomil darajasiga yetdi, deb aytolmayman, hali ona tili grammatik talqinlarida mukammallik yetishmaydi. Bu borada oʻquvchilarni chalgʻitmaslik, oʻquv predmetidan bezdirmaslik, koʻnglini qoldirmaslik uchun bir toʻxtamga kelish kerak. 17Darhaqiqat, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 1997-yil qabul qilingan boʻlsa, shu bilan birga ta’lim tizimida “Uzluksiz ta’lim”ga asos solindi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida birinchi prezidentimiz Islom Karimov soʻzlagan nutqida ta’lim-tarbiyaning uzluksizlik masalasiga ham toʻxtalib shunday degan edilar: “ Barcha amaldagi oʻzgarishlar va tadbirlar asosan yuzaki boʻlib, ta’lim-tarbiya va oʻquv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bogʻlash, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bergan emas”.Darsliklardagi har xilliklar oʻzining salbiy ta’sirini oʻtkazib, oʻrganuvchilarda “ona tili qiyin fan”, “har xilliklarni eslab qola olmayman” va “baribir oʻrgana olmayman” kabi tushunchalarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa, oʻqituvchi darsga qoʻygan maqsadlariga yetishiga toʻsqinlik qilmoqda. Ayni shu oʻrinda, nazariy qoidalardan biroz chekinib, oʻqituvchi integratsiyali ta’limga murojaat qilishi lozim. Shundagina, dars qiziqarli oʻtilib, oʻquvchilar e’tibori darsga qaratiladi, dunyoqarashi kengayib, mavzuni atroflicha oʻrganadi.
Xususan, bizning uzluksiz ta’lim tizimizda, oʻzbek tilshunosligi ona tili darsi sifatida oʻrta ta’lim maktablarida 1-sinfdan 9-sinfgacha, akademik litseylarda “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” darsi sifatida I,II va III kurslarda oʻtiladi. Afsuski, hozirgi kunda umumta’lim maktablari oʻquvchilari uchun yaratilgan “Ona tili” darsliklari va akademik litsey oʻquvchilari uchun yaratilgan “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” darsligi oʻrtasida ma’lum tafovutlar borligini koʻrishimiz mumkin. Birgina, “Sifatning ma’no guruhlari” haqida 4,5,6-sinflarda oʻquvchilarga ma’lumotlar beriladi. E’tiborli jihati shundaki, ta’limning ushbu uch bosqichida sifat uch xil koʻrinishda ma’no guruhlariga tasniflanadi.
4-sinf “Ona tili” darsligida sifat quyidagi ma’no guruhlariga ajratiladi:
Rang-tus bildiruvchi sifatlar.
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar.
Hajm bildiruvchi sifatlar.
Shakl bildiruvchi sifatlar.
Xil-xususiyat bildiruvchi sifatlar.18
Ushbu tasnifda, makon-zamon ma’nosini bildiruvchi sifatlar oʻrin olmagan.
Darslikdagi mashqlar matnida ham bu turdagi sifatni uchratmaymiz.
5-sinf “Ona tili” darsligida sifatning ma’ni guruhlari 4 ga ajratiladi:
Rang-tus sifatlari
Maza-ta’m sifatlari
Shakl-hajm sifatlari
Xil-xususiyat sifatlari19
Bu darslikda keltirilgan sifatning ma’no guruhlari, mavzuni toʻla ochib bera olmaydi. Sababi, hid, makon-zamon sifatlari oʻz aksini topmagan.
6-sinf ona tili darsligida esa sifat ma’no guruhlari 6 ga boʻlib tasniflanadi.
Bular quyidagilar:
“Sifatlar qanday belgini ifodalashiga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi20:
Yuqorida aytib oʻtganimizdek, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litsey darsliklari oʻrtasida uzviylik va izchillik deyarli yoʻq. Darsliklardagi qoidalar bir-birini takrorlashi bilan birga, ba’zilarida bir-birini inkor etishi, har xil ma’lumotlar keltirishi oʻqituvchi uchun noqulaylik keltirsa, oʻquvchilarni chalgʻitadi. Yuqorida keltirganimiz sifat ma’no guruhlari tasnifidagi har xilliklardan tashqari darsliklarda:
Fe’lning ma’noviy guruhlari 6-sinf ona tili darsligida 4ta, II akademik litsey HOʻAT da 7 ta;
Sifat darajalari 6-sinf ona tili darsligida 4ta, II akademik litsey HOʻAT da
2 ta;
3. Fe’l mayllari 6-sinf ona tili darsligida 3 ta, II akademik litsey HOʻAT da 4 ta;
Zero, Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz majburiy ta’lim tizimining “Davlat ta’lim standartlari” da: “Ona tli ta’limining asosiy vazifasi oʻquvchilarning fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini oʻstirish, oʻzini, oʻzgalarni va borliqni til vositasida anglashni hamda fikr va his-tuygʻularini ona tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishni oʻrgatishdan iborat”21- tarzida ta’kidlab oʻtilgan.
Respublikamizda ta’lim sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda, barcha fanlar qatorida ona tili fanidan ham yangi darsliklar yaratilayotganligi barchamizga ma'lum. Afsuski, darsliklar oʻrtasidagi bunday uzluksizlik va izchillikning buzilishi esa bir necha nashrlarda ham bartaraf etilmagan. Oʻyamizki, darsliklardagi uzviylik va uzluksizlikning yoʻqolganligi, keyingi nashrlarda bartaraf etiladi. 1.3. Sifatlarning ma’no turlarini oʻrganishda integratsiyaning oʻrni Biz oʻquv faoliyatimiz davomida har xil sohaga oid fanlarni oʻrganamiz. Ularni oʻrganish davomida shunga amin boʻlamizki, har qanday oʻquv fanlarining oʻz oldiga qoʻygan maqsad va vazifalari bir-biridan jiddiy farq qiladi. Xususan, ona tili ham boshqa fanlar bilan maqsad va vazifasi jihatidan tafovutlanadi. Shunga qaramay, ona tili oʻquv predmeti shu vazifalarning umumiy tomonlarini birlashtirish imkoniga ega. Sababi, har bir fanga xos boʻlgan muayyan bilimlarni berish tizimi ona tili orqali reallikka aylanadi. Demak, ular oʻquvchilarning bilish faoliyati omili sifatida alohida oʻrin tutadi. Shunday ekan, ona tili oʻqitishning samarali boʻlishi uchun uni boshqa fanlar bilan bogʻlab, integrativ tarzda oʻqitish maqsadga muvofiqdir.Integratsiya Farididdin Attorning quyidagi fikrlariga hamohangdir. Bu roʻyi zaminda mayda narsaning oʻzi yoʻq, hamma narsa bir-biriga bogʻliq va bir-birini toʻldiradi22.Integratsiya jarayonining ildizi uzoq oʻtmishdagi klassik pedagogikaga va psixologiyaga borib taqaladi hamda fanlararo bogʻliqlik gʻoyasi bilan ifodalanib, oʻquv materialini mazmunini oʻrganish, tabiatni yaxlit bir butun sifatida talqin qilishni nazarda tutadi.Integratsiya shaxsni har tomonlama kamol topishini ta'minlashning muhim prinsipi sifatida maydonga keldi. Shu sababli, integratsiyalashgan ta'lim shaxsni intellektual va madaniy rivojlantirishning bosh omili boʻlib qoldi. Fransuz olimi Dj.Dyuinning fikricha, “Ayni paytda ta'limda uning ogʻirlik markazini siljitishga qaratilgan oʻzgartirishlar boshlandi. Bu oʻzgarishlar, Kopernikning tabiatshunoslikda olam markazini yerdan Quyoshga siljitgan inqilobga juda oʻxshab ketadi. Bizni misolimizda bola (oʻquvchi) Quyosh kabi, uning atrofida esa ta'lim vositalari girdikapalak boʻlib aylanadi. Bola, atrofida shakllantirilayotgan vositalarning markazidir”, deb qaraladi.Sh. Yusupova integratsiya jarayonlarining oʻzi yangi pedagogik texnologiya talablariga uygʻunligini tasdiqlaydi. Uning koʻrsatishicha:” Integrativ darslarni tashkil qilish orqali munozara qildirish, fantaziya qila olishga oʻrgatish, guruhlararo musobaqa, savol-javoblar tashkil qilish mumkin. Bunday zamoaviy dars turlarini qoʻllashdan asosiy maqsad oʻquv jarayonida tinglovchilar faoliyatini faollashtirish, oʻquv materialini oʻzlashtirishning yuqori darajasiga erishishdan iborat”23 Oʻqituvchi qachon va qanaqa fanlarni integrallash mumkin yoki integrallash shartligini bilishi muhim ahamiyatga egadir. Shundagina, oʻqituvchi integrallashda koʻzlagan maqsadiga erisha oladi.
Pedagogikada integratsiya hodisasining ikki turi qayd etiladi:
Ichki integratsiya
Tashqi integratsiya
Ichki integratsiyaga tilshunoslikning morfologiya va sintaksis, leksikologiya va fonetika boʻlimining integratsiyasi tushunilsa, tashqi integratsiyaga tilshunoslikning boshqa sohalar bilan, masalan, adabiyot, fizika, psixologiya bilan integratsiyasi tushuniladi. Biz ushbu tadqiqot ishimizda, mustaqil soʻz turkumlaridan biri sifatning ma’no turlarini oʻrganishda va oʻrgatishda tashqi integratsiyadan foydalanishning ahamiyatini yoritdik.
Sifatlarning ma’no turlarini oʻrganishda boshqa tillar qiyoslab, solishtirib, shuningdek, integrative tarzda oʻrganish ham mumkin. Bu asosan kasb-hunar kollejlar, akademik litsey hamda oily oʻquv yurtlari oʻquvchi va talabalariga ushbu mavzu oʻrgatilyotganda ahamiyatlidir. Sifat soʻz turkumining maʻno turlaridan maza-ta’m, hid bildiruvchi sifatlarni oʻrganishda biologiya fani bilan, rang-tus sifatlarini esa psixologiya, adabiyot, tasviriy san’at fanlari bilan uygʻunlikda (integrative) oʻrganish bir tomondan qiziqarli boʻlsa, ikkinchi tomondan oʻrganuvchi dunyoqarashni kengaytirishga yordam beradi.
Zehn rivojlanishida ijod qilish muhim rol oʻynaydi. Integrativ darslarni tashkil qilishda ijod qilish orqali oʻquvchilarning zehnini rivojlantirish mumkin. Fanlararo aloqa darslaridagi koʻpgina mashqlar oʻquvchini izlashga, fikrlashga, til va adabiyot, rasm, milliy istiqlol gʻoyasidagi hodisalarni taqqoslashga, ijodiy kashfiyot qilishga oʻrgatadi. Demak, integratsiya ijodiylik, zukkolik, xotirani mustahkamlash, izlanish, tasavvur hosil qilish demakdir. Tasavvur hosil qilish natijasida ijodkorlik ruhi paydo boʻladi, ijodkorlik esa tafakkur rivojiga turtki beradi. SHuning uchun ham oʻquv fanlari orasidagi aloqani bilish, ta’lim jarayonida ana shu qonuniyatlarga asoslanish muhimdir.
Fanlarni integratsiya qilib dars oʻtilganda quyidagilarga e`tibor berish kerak.
har bir dars muayyan maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
fanlararo aloqalarga oid tanlangan qoʻshimcha material oʻtiladigan mavzu bilan bogʻlanishi shart.Sinf oʻquvchilari faolligini oshirish maqsadida ular bilan ishlash yoʻllarini aniqlash mumkin.
Dars faqat ta`limiy boʻlib qolmasdan, oʻquvchilarni insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan boʻlishi kerak. Integrativ darslarni tashkil qilish orqali munozara qildirish, fantaziya qila olishga oʻrgatish, guruhlararo musobaqa, savoljavoblar tashkil qilish mumkin. Bunday zamonaviy dars turlarini qoʻllashdan asosiy maqsad oʻquv jarayonida tinglovchilar faoliyatini faollashtirish, oʻquv materialini oʻzlashtirishning yuqori darajasiga erishishdan iborat. Ana shunday texnologiya oʻquvchilarda dunyoni oʻzgacha tasavvur qilishga oʻrgatadi, amaliyotni hayot bilan bogʻlashga, nazariy qoidalarni soʻzma-soʻz yodlamaslikka, shaxs va jamiyat uygʻunligini anglashga, fikrlar rang-barangligiga erishishga, nostandart tafakkur qilishga, shuningdek, oʻz-oʻzini rivojlantirish yoʻllarini tushunishga imkon yaratadi.
Axborotlar koʻlamining ortishi, talabalarga beriladigan bilimlar hajmining koʻpayishi oʻqitiladigan fanlar miqdorining ortishiga olib kelmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, talabalarga psixologik va fiziologik jihatdan ularning fanga boʻlgan qiziqishlarini susaytirishga, bilimlarni oʻzlashtirish darajasining pasayishiga sabab boʻlmoqda. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etish uchun oʻquv fanlarini integratsiyalash muammosini muvaffaqiyatli hal etish zarurati vujudga keldi.24 Har xil darsliklar tahlili va oʻquvchilar bilimi monitoringi natijalaridan ma’lum boʻlmoqdaki, oʻquvchilar oʻrganadigan oʻquv materiallarining koʻlami keng va murakkab, ularning batafsil bayon etilishi oʻquvchilarni ortiqcha zoʻriqishga olib keladi, keng hajmdagi ma’lumotlarni eslab qolishga undaydi, shu bilan birga, zamonaviy fan asoslari, texnik va ishlab chiqarish texnologiyasidan orqada qolishga olib keladi. Buning oldini olish, oʻquvchilarga har bir darsni qiziqarli esda qoladigan qilib oʻtish uchun tillarni qiyoslash usuligan oʻqituvchi mohirona foydalansa boʻladi. Ayniqsa, tilni oʻziga qardosh boʻlgan, bir oilaga mansub tillar bilan qiyoslash yaxshi samara beradi. Sababi, har qanday tilda ham, sifat ma’no turlariga oid soʻzlar badiiy tasvir ta’sirchanligini oshirib, obrazlilikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Masalan, oʻzbek tili turkiy tillar oilasiga mansub. Tilimizni ushbu oilaga kiruvchi tatar, turkman, qozoq, turk kabi tillari bilan qiyoslagan holda oʻrganish mumkin. Quyida ozarbayjon, qozoq, turk, tatar, turkman tillarida sifat ma’no guruhlarining tasnifini keltiramiz:
Xususan, Tatar tilida sifatning quyidagi ma’no turlari ajratiladi.25 Bular:
rang bildiruvchi sifatlar: aq, qizil;
odamlarning tashqi koʻrinishi, xarakteri, psixik xususiyatlarini, predmet xususiyatlarini ifodalovchi sifatlar: yaxshi, yomon;
holat darajasi, oʻlchov-hajm bildiruvchi sifatlar: ozin, tor;
hid-maza bildiruvchi sifatlar: achi, eche;
odam, hayvonlarning fizik va jismoniy xususiyatlarini bildiruvchi sifatlar: