odamlarning subyektiv bahosini anglatuvchi sifatlar: bayok(ulugʻ), yalkau ( yalqov).
“Turkman tili grammatikasi” da sifatning quyidagi ma’no turlari beriladi.25 1.Rang bildiruvchi sifatlar: oq, chok. Holat-xususiyat bildiruvchi sifatlar: yaxshi, yesh.
Inson va hayvonlarning xarakter-xususiyatlarini bildiruvchi sifatlar: chapgir, bilgir.
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar: suyji, ani.
Oʻlchov-hajm bildiruvchi sifatlar: uli, kichi.
Predmet joylashuvini bildiruvchi sifatlar: mektepdeki diz.
Vaqt tushunchasini bildiruvchi sifatlar: anshanchi, ertirki.
Oʻzakdan anglashilgan ma’noga ega emaslikni ifodalovchi sifatlar: chagasiz.
Predmetlarning oʻxshash xususiyatlarini ifodalovchi sifatlar: klasdom ogʻlan, pikirdosh odam.
“Ozarbayjon tili grammatikasi”da sifatlarning rang bildiruvchi (girmizi, gara), hajm-oʻlchov bildiruvchi (dar, derin), inson va hayvonlarning fizik va fiziologik xususiyatlarini bildiruvchi (chovon, chocha) ma’naviy xarakterxususiyatlarini bildiruvchi (chogach, tenbel), baholash sifatlarini bildiruvchi sifatlar
(jaman, jaxshi) kabi ma’no turlari tasniflanadi.27 Turk tilidagi sifatlar ma’nosiga koʻra quyidagicha tasniflanadi:
Integratsiya muammosini didaktik jihatdan tadqiq etish uni ta’lim prinsipi sifatida talqin etish talab etadi. Yuqorida turkiy tillardagi sifatning ma’no guruhlari tasnifining oʻzbek tili grammatikasida sifatning ma’no turlari tasnifi bilan qiyoslash, oʻxshash va farqli jihatlarini topish oʻquvchi uchun qiziqarlidir.
Metodik nuqtayi nazardan olib qaraganda, bir tilni boshqa til bilan qiyoslab integratsiyalash ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtiruvchi hamda koʻzlangan natijani kafolatlovchi shart-sharoit va usuldir, desak xato boʻlmaydi.
.
.