39
o‘qishdagi muvaffaqiyatsizliklari sababini o‘qituvchidan so‘rash orqali ham aniqlab
boradi. Bular hammasi tarbiyachini bolalar bilan olib borgan ta’lim tarbiyaviy
ishidagi yutuq va kamchiliklarni bilib olishga imkon yaratadi.
Tarbiyachi va o‘qituvchilar ilg‘or tajribalarni tarqatish, tashviqot, targ‘ibot
qilish maqsadida shahar, rayon konferensiyalarida qatnashib fikr almashadilar.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan maktab o‘rtasidagi uzviy aloqa samarali bo'lishi
uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim. MTT bilan maktab o‘rtasidagi aloqa
izchil amalga oshirib borilishi, u uzoq muddatga mo'ljallangan bo‘lishi, amalga
oshiriladigan ishlar, hal etiladigan masalalar rejali tusda bo‘lishi zarur. Hamkorlik
asosini birgalikda ishlash bo‘yicha tuzilgan istiqbol rejasi tashkil etib, unda o‘zaro
aloqaning bosh vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar
shaxslar ko‘rsatilishi lozim. Maktab bilan MTT yil davomida mana shunday aloqa
o‘rnatib borishi natijasida ta’lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi. Bolalarni
maktab o‘quvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham xilma-xil: maktabga ekskursiya
uyushtirish, maktab muzeyiga, sinf xonasiga, kutubxona, ustaxonaga borish,
birgalikdagi mashg'ulotlar, bayram ertaliklari, musiqa-badiiy kechalar o‘tkazish,
rasmlar hamda loy plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar ko‘rgazmasini tashkil etish va
boshqalardir.
Rejalar aniq, mazmunli bo‘lsa va og‘ishmay amalga oshirib borilsa,
birgalikdagi ishlar bo‘yicha istalgan natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
Bu esa bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay o‘qib
ketishlarida yaxshi samara beradi.
Dostları ilə paylaş: