41
4-mavzu: Tayyorlov guruhi bolalarini maktabda o‘qishga tayyorlash
Reja:
1.
Maktabda o‘qishga tayyorlashning ahamiyati.
2.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning shakl va
usullari.
3.
1- sinf o‘quvchisining ijtimoiy-psixologik qiyofasi
Tayanch so‘z va iboralar:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti, maktabgacha yosh, ilk
bolalik, faoliyat, maktabga tayyorlov.
Maktabda o‘qishga tayyorlashning ahamiyati
Bolalarni
maktabda
o‘qishga tayyorlash
hozirgi maktabgacha ta’lim
muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining butun sistemasi orqali amalga
oshiriladi. Tayyorlov guruhi bolalarini maktabda o'qishga tayyorlash muhim o‘rinni
egallaydi. U maktabgacha bolalikni yakunlaydi va maktabda o‘qishga o‘tuvchi
bosqich hisoblanadi. Ayni shu davrda bolalar xulq-atvori, faoliyatida ularning aqliy,
ma’naviy-irodaviy va ko‘tarinki sohalariga aloqador keyingi o‘qitishlar uchun
muhim bo‘lgan xususiyatlar faol shakllanib boradi. Tayyorlov guruhi
tarbiyachisining asosiy e'tibori barcha bolalarning maktabgacha ta’lim dasturida
nazarda tutilgan mazmunni to‘liq egallab olishlariga qaratiladi, chunki bu maktab
ta’limiga to‘laqonli tayyorlashning majburiy sharti hisoblanadi. Bolalarni maktabga
tayyorlash vazifalaridan kelib chiquvchi katta guruhlardagi pedagogik jarayon
o‘ziga xosdir. Bu o‘ziga xoslik maktabning ta’lim-tarbiya ishlaridan nusxa
ko‘chirishgina emas, balki bolalarning ularda maktabda muvaffaqiyatli o‘qitish
uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni og‘ishmay shakllantirishga yo‘llangan faoliyat va
xulq atvorlarini maxsus tashkil etilishidadir.
42
Tayyorlov guruhiga kelganda bolaning har xil faoliyatlarida: o‘z-o‘ziga xizmat
qilishda, navbatchilikda, tabiat qo‘ynidagi mehnatida mustaqil namoyon bo'la
boshlaydi. Boladagi mustaqillik va tashkilotchilik qobiliyati tarbiyachining bevosita
rahbarligida ularning hamma faoliyatlarida shakllantirilib boriladi. Jismoniy tarbiya
dasturini bajarish umumiy vazifalarni amalga oshirish bilan bir qatorda, bolalarda
ertalabki badantarbiya va jismoniy mashg'ulotlarni bajonidil bajarish, o‘z
harakatlarini takomillashtirishga xohish tarbiyalanadi. Shuning uchun bolaning
jismoniy, aqliy faolligini va ish qobiliyatini o‘stiruvchi harakat faolligini
rivojlantirish kerak. Bu guruhdagi bolalarni jismoniy mashqlarning sport turiga
(suzish va shunga o'xshash) jalb qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalarning
asosiy harakatini o‘stiruvchi, jamoatchilikni, javobgarlikhis etishni, chidamlilikni,
mustaqillikni, uyushqoqlikni tarbiyalovchi harakatli o‘yinlar kun tartibidagi katta
o‘rin egallaydi. Harakatli o‘yinlarni boshqa mashqlar bilan almashtirib borish
hamma harakatlarni rivojlantirishning asosiy shartidir. To‘g‘ri tashkil etilgan sayr
bolalarning jismoniy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Tarbiyachi bolalarning
normal uxlashi va ovqatlanishini ta’minlash bo’yicha g‘amxo‘rlik qilib boradi.
Ta’limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyati hozirgi zamon ta’limiga xos
prinsipdir. Bu bolalardagi bilimga qiziqish va bilish jarayonlarini rivojlantiradi.
Buning uchun bolalarga beriladigan bilim, malaka, ko‘nikmalar ma'lum izchillik
bilan takomillashtirilib boriladi. Natijada bolalar kattalarning ko‘rsatmasi va
namunasi bo‘yicha ishharakatlarni bajarishga, oldin egallagan bilimlarini yangi
faoliyatda qo‘llashga, o‘zining xulqi, ishi, xatti-harakatini nazorat qilish va to‘g‘ri
baholashga o‘rganib boradilar. Bolalarda topshiriqqa ongli munosabat shakllanadi.
Tarbiyachining tushuntirish va ko‘rsatmalarini diqqat bilan tinglash, o‘z ishida
yaxshi natijaga intilishi, ma’lum tezlik va izchillikda diqqat bilan ishlash malakasi
shakllanadi, ish qobiliyati ortadi. Tarbiyachi mashg‘ulot paytida har bir bolaning
diqqati, tafakkuri, xotirasi, bilim va malaka darajasidagi o‘ziga xos xususiyatlarni
e’tiborga oladi. Ta’lim jarayoniga alohida yondashish aqliy vazifalarni, ularni
bajarish usullarini murakkablashtirib borishni sekin-asta amalga oshirishni taqozo
etadi. Masalan, bola biror narsani o‘zicha hikoya qilib bera olmasa, tarbiyachi unga
mavzuga doir reja beradi, keyinchalik ishni mustaqil bajarishni topshiradi. Alohida
yondoshish orqali tortinchoq, sust bolalar faollashtirib boriladi, materialni yaxshi
o‘zlashtiradigan bolalarga topshiriq murakkablashtiriladi. Maktabga tayyorlov
guruhida qo‘llaniladigan metodlarning o‘ziga xos tomoni bor. Ko‘rgazmali metodlar
bu yerda faqat harakat usulida ishlatilmay, shu bilan birga bolalarning fikrlash
faoliyatini faollashtirish uchun ham qo‘llaniladi. Masalan, manzarali rasm chizish
mashg‘ulotida namunani ko‘rsatishdan mashg‘ulotning boshida xotirani, xayol
obrazini jonlantirish uchun foydalaniladi, mashg‘ulotning oxirida esa o‘zining
bajargan ishini, rasmni to‘g‘ri bajarganini tekshirish uchun namuna bilan taqqoslab
43
ko‘rish maqsadida foydalaniladi. Bilimlarni bolalar puxta o‘zlashtirib olishlari,
ta‘lim jarayonini faollashtirish maqsadida amaliy va o‘yin metodlarini ko‘rgazmali
metod bilan to‘g‘ri qo‘shib olib borishda og‘zaki metod katta ahamiyatga ega. O‘yin
metodlari, ayniqsa, didaktik o‘yinlar metodi ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Chunki ta’lim o‘yinlar, ayniqsa, didaktik o‘yinlar orqali olib borilgan bolalar o‘quv
vazifasini yaxshiroq anglab oladilar, bu ulardagi ixtiyoriy diqqatni oshiradi,
faoliyatni faollashtirib, bilishga qiziqishni kuchaytiradi. Rivojlantiruvchi ta'lim
prinsipini amalga oshirishda tarbiyachining bolalar faoliyatiga rahbarlik va uni
to‘g‘ri baholab borishi ham muhim ahamiyatga ega. Chunki bunda faqat ishning
natijasigina baholanmay, balki bu ishni bajarishda bolalarning aqliy faoliyati,
mustaqilligi, ishtiyoq bilan, jon-dildan harakat qilganliklari ham e’tiborga olinadi.
Tarbiyachining bolalar ishini baholashga pedagogik nazokat bilan yondashishi
natijasida ular o‘zlarining yutuq va kamchiliklarini tushunib oladilar va kelgusida
yaxshiroq natijalarga erishish uchun harakat qiladilar. Bajarilgan ishni bolalar bilan
birgalikda tahlil qilish: solishtirish, taqqoslash, nazorat qilib borish o‘quv faoliyati
uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan malakalarni shakllantiradi. Tarbiyachi
bolalarni bajarilgan ishlarni tahlil qilishga o‘rgatar ekan, avvalo, o‘zi namuna
beradi, keyin reja tuzib beradi va shundan keyin bolalar o‘zlari va o‘rtoqlarining
ishini mustaqil tahlil qilib, uni baholaydigan bo‘lib qoladilar. Bolalardagi o‘z-o‘zini
tekshirish malakasini tarbiyalash uchun tarbiyachi bolalarga o‘rtog‘i ishni qanday
bajarganligini gapirib berishni taklif etadi va yo‘l-yo‘lakay “Sen uning ishni qanday
bajarganini qayerdan bilib olding?” “Nima uchun shunday deb o‘ylaysan?” kabi
savollarni berib boradi. Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning mashg‘ulotda
uyushqoqlik bilan shug'ullanishlariga talab ortadi. Bolalarning ish joyini tayyorlab
olish, kerakli materiallarni to‘g‘ri joylashtirish, ishni ma’lum ketma-ketlik bilan
bajarish kabi malakalarni egallab olishlari aqliy mehnat malakasini shakllantiradi.
Shuning uchun bolalarni bo‘lajak faoliyat uchun zarur bo'ladigan ana shu ishlarga
o‘rgatib boriladi. Bolalarni mashg‘ulotlardagi xulqiga ham talab ortadi. To‘g‘ri
o‘tirish, o‘zini batartib tutish, diqqat bilan quloq solish, boshqalarning gapini
bo‘lmaslik, o‘rtoqlarining javobini to‘ldirish va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Bu yoshdagi bolalarga axloqiy va mehnat tarbiyasi berish dasturi murakkablashadi;
o‘z tengdoshlari va kattalar bilan munosabati shakllantiriladi, insoniy hislarni
tarbiyalash kuchaytiriladi. Xulq normalari qoidalarini egallab olishlariga, kundalik
hayotda uchrab turadigan odob, axloq doirasidagi vazifalarni hal qilishga e’tibor
beriladi. Bolalarni maktab va o‘quvchilar hayoti bilan tanishtirish. Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi va MTTning tayyorlov guruhi tarbiyasi tayyorlov guruhi bolalarini
maktab bilan tanishtirish bo‘yicha ekskursiya uyushtiradilar. Bunday ekskursiyalar
yil davomida 3 marta o‘tkazilishi mumkin. Ekskursiya paytida katta va tayyorlov
guruhi bolalari maktab o‘quvchilari bilan tanishadilar, ular MTT bolalariga
44
o‘zlarining maktabdagi o‘qishlari, ishlari to‘g‘risida gapirib beradilar; o‘quvchilar
xonasini qanday bezaganliklari, tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni qanday
parvarish qilayotganliklari, ustaxonada qanday ishlarni bajarayotganliklarini
ko‘rsatadilar.
Bolalarni maktab va o‘quvchilar hayoti bilan tanishtirishning ish shakllari: -
sinfda “Rasmga qarab so‘zlab berish” mavzusidagi dars - mashg'ulotni birga
o‘tkazish;
- sport maydonchasida yoki sport zalida maktabdagi jismoniy tarbiya
mashg‘ulotini birga bajarish;
- birinchi sinf o‘quvchilari va tayyorlov guruhi bolalari ishlagan rasmlarning
birgalikdagi ko‘rgazmasini tashkil etish;
- maktab ustaxonasida o‘quvchilarning mehnat mashg‘ulotini kuzatish.
O‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan o‘yinchoqlarni bog‘cha bolalariga sovg‘a qilishadi;
- maktabda o‘qiyotgan bolalar o‘z bog‘chasiga kelishadi;
- “Maktab” o‘yinini tashkil etish.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi va boshlang”ich sinf o‘quvchisi
faoliyatida izchillik yaqqol namoyon bo‘ladi. Biri bolalarni tarbiyalash va ta’lim
berishni boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi. Maktab bilan MTT o‘rtasidagi aloqa
mustahkam bo‘lgandagina bola tarbiyasidan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |