Bolaga yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuv bu bolaning yosh xususiyatlari,
qobiliyatlari, qiziqishlari, talab-ehtiyojlari, uning ta’lim maqsadlariga erishish uchun
yordam beradigan maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgunga qadar to‘plangan
tajribasi e’tiborga olingan ta’lim shaklidir. Bunda:
- Ta’lim jarayoni bolaning eng odatiy tarzda rivojlanishi va ta’lim olishiga doir
bilimlarga asoslanishi lozim;
- Ta’lim muvaffaqqiyatli pedagog tomonidan bolani rivojiantirish va o‘qitish uchun
va yo‘1-yo‘riqlariga oid bilimlarni qay darajada egallaganiga bog‘liq;
- Pedagogning asosiy vazifasi bolaning rivojlanishiga ko‘maklashishidir;
-Maktabgacha ta’limning o‘ziga xos xususiyati - bolaning qadrini tushunish va
vaqtidan oldin ulg'ayishiga undamaslik.
1- sinf o‘quvchisining ijtimoiy-psixologik qiyofasi 1-sinf o‘quvchisining ijtimoiy-psixologik qiyofasi Shaxsiy ko‘rsatkichlari.
-
Kompetentlik - bolaning ma’lumotliligi va olingan bilim ko‘nikmalarini hayotda,
ayniqsa o‘z qarorlarini qabul qilishda foydalana olish;
-
Ijodiy qobiliyatlar - bolaning atrof-muhitga boshqa kishilarga hamda o‘zgarishlar
va kashfiyotlar obyekt va subyekt sifatida o‘ziga munosabati;
-
Qiziquvchanlik - hayotdagi turli masalalarga qiziqish, yangi narsalarni o‘rganish
istagi, izlanishga qiziqish;
-
Tashabbuskorlik - mustaqillik, faoliyatni erkin tanlash, o‘z kuchiga ishonish,
boshqalarning fikri va bahosiga tolerantlik;
Ijtimoiy ko‘nikmalari: -
Kommunikativlik - o‘zining “Men”ga ega bo‘lish, o‘ziga va atrofdagilarga
ishonch, himoyalanganlik xissi, shaxs sifatida muloqot yurita olishga tayyor bo‘lish,
atrof - muhitga ijobiy munosabat, boshqalarni eshitish va tinglay olish;
- Ijtimoiylashuv - individning jamoa yoki jamiyatga kirishi;
46
- Ma’suliyat - boshlangan ishni oxiriga yetkaza olish, tegishli harakatlarni
muvaffiqiyatli bajarish, o‘z yutuqlarini tan olish, maqsad qo‘yish va unga intilish;