49
Tayanch so‘z va iboralar:
oila, maktab, mahalla, maktabgacha ta’lim tashkiloti,
tarbiya, ta’lim.
Bola tarbiyasida oilaning o
‘
rni haqida mutafakkirlar qarashlari
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o‘z
ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim
degan g‘oyani ilgari surgan edilar, Bu g‘oya fransuz
xayoliy sotsalistlari Sen
Semon, Shari Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan
asosan davlat shug‘ullanishi kerak, degan g‘oyani ilgari surganlar. Ammo sharq
mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug‘ullanishi kerak,
degan
xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar.
Rizouddin ibn Fahriddinning “Oila” nomli risolasida bola tarbiyasi yomon niyat va
qo‘pollik bilan emas, balki sabr-toqat, matonat, mehribonlik, chidamlilik, shafqat-u
sezgirlik bilan bo'lishi kerak. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go‘dakni
nazoratsiz tutish ulug‘ xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik o‘rtasida
adolat bilan tarbiya qilmoq kerakligi haqida fikrlar berilgan (Rizouddin ibn
Faxriddin. Oila. - Т.: Mehnat, 1991).
Ma’lumki, bola 2-3 yoshidan boshlab, o‘z ehtiyojlari,
fikr va talablarini
birmuncha aniq ifoda etadigan bo'lib qoladi. U ko‘ziga ko‘ringan, aqli yetgan
narsalarni so‘ray va ularni sinchkovlik bilan tekshira boshlaydi. Ota-onalar milliy
fazilatlarimizga
muhabbat bilan qarash, razolatlardan nafrat qilish yo‘llarini
bolalarga o‘rgatadilar. Xalqimiz orasidagi buyuk odamlarning kamolotlari
to‘g‘risida so‘zlab beradilar. Bolalarni kamtarlik va donolikka o‘rgatishda buyuk
o‘zbek mutafakkiri Abu Ali ibn Sino kabi olimlarimizning
hayot namunalari va
bizga meros qilib qoldirgan durdona fikrlarini asos qilib olish foydalidir. U
manmanlik, maqtanchoqlik va o‘zidagi bilimga ortiqcha baho berish kabi
xususiyatlarni kishining axloqi past ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar deb ta’kidlaydi.
Uning fikricha, oilada bola yoshligidan boshlab faqat yaxshi odatlarga o‘rgatilishi
kerak. Bu esa unda mustahkam xarakter shakllanishiga zamin yaratadi.
Ibn Sino yosh bolalarni yaxshi axloqli jismoniy sog‘lom
qilib yetishtirishda
ko‘pgina foydali usullarni ko‘rsatib beradi. U tarbiya jarayonida shaxsiy namuna
bo‘lish usuli g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligi qayta-qayta uqtirib o‘tgan. Ibn
Sino oilaviy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarning chuqur mazmunini va amaliy
ahamiyatini uning quyidagi so‘zlaridan bilib olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: